1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

3. Ishlab chiqarish rejasi 
Ishlab  chiqarish  rejasi  ishlab  chiqarish  faoliyatiga  yo‘naltirilgan 
investitsiya loyihalari uchun ishlab chiqiladi. Uning asosiy vazifasi - investorlar, 
kreditorlar va boshqa potensial hamkorlarga etarli hajmda va belgilangan sifatda 
mahsulot ishlab chiqarishning realligini ko‘rsatish hisoblanadi. 
Ishlab  chiqarish  rejasini  ishlabchiqishda  quyidagilar  tahlil  qilinishi 
mumkin: 
  qo’llanayotgan  texnika  va  texnologiyalar  -  qaysi  texnologiya  va 
texnikalarni  qo‘llash  rejalashtirilgan,  ularning  ushbu  investitsiyalash  ob‘ektida 
foydalanish  uchun  ochiqligi,  yangi  texnologiyalar,  asbob-uskunalar,  patentlar, 
litsenziyalar va nou-xau sotib olish xarajatlari hajmi va zarurati; 
  ishlab chiqarish bazasi – ishlab chiqarish yoki loyiha quvvatini yillar 
bo‘yicha,  istiqboldagi  ishlab  chiqarish  hajmini,  ularning  mavjud  asbob-


100 
 
uskunalar bilan ta‘minlanganligini hisoblash, ishlab chiqarish bazasini oshirish, 
moliyalashtirish manbalarini kengaytirish imkoniyatlarini aniqlash; 
  xomashyo, materiallar va energiya – xomashyo, materiallar, butlovchi 
qismlar, yoqilg‘i va barcha turdagi (vaqt ko‘rsatkichlari bo‘yicha) energiya bilan 
ta‘minlash bo‘yicha aloqalar va muayyan ma‘lumotlar, umumiy xarajatlar; 
  mahsulot  chiqarishni  ta’minlash  va  xarajatlarni  bashorat  qilish  – 
mahsulot  chiqarishning  bashorat  hajmini  ta‘minlash  uchun  resurslar  bilan 
ta‘minlash  va  uni  ishlab  chiqarish  uchun  jami  xarajatlarni  bashorat  qilishning 
prinsipial sxemasi beralida, mahsulotni takomillashtirish, uning sifatini oshirish 
bo‘yicha istiqboldagi chora-tadbirlar keltiriladi; 
  mehnat  resurslari  –  ishchi  kadrlar  mavjudligi  va  ularga  ehtiyoj, 
ularning malakasi, jalb qilish shakllari, o‘qitish xarajatlari; 
  doimiy va o’zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari – bu xarajatlarga 
kiruvchi  moddalar  aniqlashtiriladi,  hisob-kitoblar  keltiriladi  va  ularning 
o‘zgarishxarakteri ko‘rsatiadiya; 
  ekologik  xavfsizlik  –  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  bo‘yicha  chora-
tadbirlar, ularni bajarish xarajatalri va samaradorligi. 
Mahsulot ishlab chiqarishni bashorat qilish marketing rejasiga hamda fan-
texnika  taraqqiyotiga  sezuvchan  ishlab  chiqarish  tuzilmasiga  tayanadi.  Vazifa 
iste‘molchi  uchun  ishlayotgan  hamda  bozor  kon‘yunkturasi  va  xaridorlar 
so‘rovlarini hisobga oladigan ishlab chiqarishni qanday tashkil qilishdir. 
Ishlab chiqarish rejasini quyidagi bo‘limlarga taqsimlash tavsiya etiladi: 
  mahsulotni ishlab chiqarish va sotish rejasi; 
  ishlab chiqarish quvvatlari (binolar, inshootlar, texnologiyalar, asbob-
uskunalar); 
  moddiy-texnika ta‘minoti; 
  mahsulot ishlab chiqarish v sotish xarajatlari.  
«Mahsulotni  ishlab  chiqarish  va  sotish»  bo‘limi  marketing  tadqiqotlari 
asosida tuziladi. Unda quyidagi ko‘rsatkichlar o‘z aksini topadi: ishlab chiqarish 
quvvatlaridan  foydalanish,  mahsulot  ishlab  chiqarishning  natural  va  pul 
qiymatidagi  yillik  hajmi,  mahsulotni  sotishdan  pul  tushumi,  shuningdek, 
sotilgan  mahsulotning  sotuv  bozorlari  bo‘yicha  salmog‘i  (ichki  bozor,  yaqin 
xorij, uzoq xorij).  
Ishlab  chiqarish  quvvati  bu  –  belgilangan  sharoitlarda  vaqt  birligida 
korxonada  (uning  bo‘linmasida,  asbob-uskunalarida)  mahsulot  chiqarishning 
maksimal  hajmi.  Belgilangan  sharoitlar  quyidagilardan  iborat:  ishlab  chiqarish 
maydonlari  va  asbob-uskunalaridan  to‘liq  foydalanish,  yangi  texnika  va  ilg‘or 
texnologiyalarni,  potimal  ish  rejimlarini  joriy  qilish,  mehnat  va  ishlab 
chiqarishni ilmiy tashkil qilish, mashina va asbob-uskunalardan foydalanishning 
texnik  asoslangan  me‘yorlarini  qo‘llash,  xomashyo  va  materiallar  xarajatlari. 
Uni  hisob-kitob  qilish  ishlab  chiqarish  dasturini  asoslab  berish,  ishlab 
chiqarishni  kengaytirish  va  samaradorlikni  oshirishning  yangi  zaxiralarini 
aniqlash va hzokazolar hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish quvaati hajmi dinamik bo‘lib, ishlab chiqarish sharoitlari 
va  chiqarilayotgan  mahsulot  (bajarilayotgan  ish,  ko‘rsatilayotgan  xizmat) 


101 
 
xarakteri,  ishchi  kuchi  bilan  ta‘minnlanganlik  va  uning  malakasi,  korxonaning 
ish rejimi va boshqa omillarga qarab o‘zgarib turadi. U mahsulot nomenklaturasi 
va  assortimentidan  kelib  chiqib,  qoidaga  ko‘ra  bir  yilga  hisoblab  chiqiladi. 
Bunda mahsulot chiqarish rejalashtiriladigan, ba‘zida shartli birliklar yoki qayta 
ishlanayotgan xomashyo birligida bir xil o‘lcham birliklar qo‘llanadi. Sanoat va 
ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida korxona (sex, uchastka, agregatlar) ishlab 
chiqarish  quvvatini  hisob-kitob  qilish  uslubiyati  bir  qator  xususiyatlarga  ega 
bo‘lib, mos keluvchi yo‘riqnomalarda bayon qilinadi. 
Ishlab  chiqarish  quvvatini  korxonani  loyihalashtirish  tartibida  ko‘zda 
tutilgan,  amaldagi  hajmi  ishlab  chiqarish  dasturidan  katta  yoki  kichik  bo‘lishi 
mumkin,  lekin  ishlab  chiqarish  quvvatidan  kam  bo‘lmasligi  lozim  bo‘lgan 
loyiha  quvvatidan  ajrata  olish  lozim.  Korxona  faoliyat  ko‘rsata  boshlagan 
dastlabki  bosqichlarda  uning  ishlab  chiqarish  dasturi  qoidaga  ko‘ra,  texnologik 
jarayonlar  o‘zlashtirilib,  malakali  kadrlar  tarkibi  shakllantirilayotgan, 
kooperatsiyalangan aloqalar yo‘lga qo‘yilayotgan paytda, ayrim vaqt davomida 
loyiha  quvvatidan  past  bo‘ladi.  Bunday  davrlar  odatda  ishlab  chiqarishni 
o‘zlashtirish – loyiha quvvatini o‘zlashtirish deb ataladi. 
Ishlab  chiqarishni  o‘zlashtirish  davrlari  faqat  yangi  yaratilayotgan 
korxonalar  va  ularning  ishlab  chiqarish  bo‘linmalari  uchungina  xos  emas. 
YAngi  mahsulot  turlari  yoki  jarayonlarni  o‘zlashtirish  tufayli  undan  faoliyat 
ko‘rsatib  kelayotgan  korxonalarla  ham  bir  necha  bor  foydalanish  mumkin. 
Mahsulot  chiqarishni  o‘zlashtirish  davri  yakunlangcha,  uning  hajmi  loyiha 
quvvatiga etib oladi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish