1-mavzu bozor iqtisodiyotida innovatsiya reja: Innovatsiyaning mazmuni va mohiyati Innovatsiyaning maqsadlari



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/116
Sana19.07.2021
Hajmi1,54 Mb.
#123145
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   116
Bog'liq
ИИБ маъруза матни (1)

 
18-MAVZU 
SAMARADORLIKNI BAHOLASH USULLARI 
Reja: 
1. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash zarurati va 
mohiyati 
2. Diskontlash, uning vazifalari va undan foydalanish 
3. Investitsiyalar samaradorligini baholashning statik usullari 
4. Sof joriy qiymat usuli 
5. Annuitet usuli 
 
1. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash zarurati va mohiyati 
Investitsiyadan  oldingi  tadqiqotlarning  eng  mas‘uliyatli  va  ahamiyatli 
bosqichlaridan  biri  investitsiya  loyihasining  iqtisodiy  samaradorligini  asoslab 
berish,  jumladan,  mavjud  barcha  texnik-iqtisodiy  va  moliyaviy  axborotlarni 
tahlil  qilish  va  integral  baholash  hisoblanadi.  Investitsiyalar  samaradorligini 
baholash  real  aktivlar  bilan  operatsiyalarga  mablag‘lar  kiritish  variantlarini 
tanlash va asoslab berish jarayonida markaziy o‘rinni egallaydi. 
Iqtisodiyotning  bozor  munosabatlariga  o‘tishidan  avval  kapital 
qo‘yilmalar va yangi texnikaning mutloq va solishtirma iqtisodiy samaradorligi 
usullari  keng  qo‘llangan.  Ularga  investitsiyalar  ob‘ektini  yaratish  va  amalga 
oshirish  natijasida  olish  mumkin  bo‘lgan  xalq  xo‘jaligi  samarasi  ko‘rsatkichi 
asos  qilib  olingan.  Mutloq  iqtisodiy  samaradorlik  foydaning  (tannarxning 
pasayishi  va  b.)  unga  sabab    bo‘lgan  potensial  qo‘yilmalarga  nisbati  sifatida 
hisob-kitob qilinadi. 
Solishtirma iqtisodiy samaradorlik keltirilgan xarajatlar usuli bilan hisob-
kitob  qilinadi.  Bu  usul  kapital  qo‘yilmalar  yoki  unga  teskari  ko‘rsatkich  – 
diskontlash va  keltirilgan  xarajatlarni hisoblash  uchun    har xid  ahamiyatga  ega 
bo‘lgan  samaradorlik  normativ  koeffitsientining  direktiva  asosida  belgilangan 
o‘zini qoplash normativ muddatidan foydalanishga asoslanadi. 
Kapital qo‘yilmalar va yangi texnika samaradorligini baholashning ilgari 
foydalanilgan  usullarining  roli  ijobiy  bo‘lganiga  qaramay,  ular  xo‘jalik 
yuritishningg  bozor  sharoitlarida  talab  qilinmay  qoldi.  Bozor  munosabatlari 
sharoilarida  investitsiya  loyihalarining  iqtisodiy  samaradorligini  hisob-kitob 
qilishning  asosida  boshqacha  ko‘rsatkich  va  usullar  yotishi  kerakligi  ma‘lum 
bo‘lib qoldi. 


115 
 
Investitsiya  loyihalari  samaradorligini  bazolash  bo‘yicha  uslubiy 
tavsiyalarda samaradorlikning quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi: 
 butun  loyiha  samaradorligi,  iqtisodiy  nuqtai  nazardan  texnik, 
texnologik  va  tashkiliy  loyiha  echimlarini,  loyihaning  qatnashchilar  uchun 
potensial  jozibadorligini,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  tijorat  samaradorligini  aniqlagan 
holda moliyalashtirish manbalarini izlab topishni tavsiflaydi; 
 loyihada 
qatnashish 
samaradorligi, 
korxonalarning 
loyihada, 
aksiyalarga 
investitsiyalashda 
ishtirok 
etish 
natijalarini, 
shuningdek, 
investitsiyalar  loyihasi  qatnashchisi  bo‘lgan  korxonalarga  nisbatan  yuqori 
darajadagi  tuzilmalarning  ishtiroki,  jumladan,  ayrim  mintaqalar  va  butun  xalq 
xo‘jaligi uchun mintaqaviy va xalq xo‘jaligi samaradorligini, xalq xo‘jaligining 
ayrim  tarmoqlari,  moliya-sanoat  guruhlari,  korxona  va  xolding  tuzilmalari 
birlashmalari uchun – tarmoq samaradorligini va barcha darajadagi daromad va 
xarajatlar  nuqtai nazaridan davlat ishtirokida  – byudjet samaradorligini qamrab 
oladi. 
Investitsiya  loyihasi  samaradorligini  asoslab  berish  ko‘rsatkichlari  eng 
katta  foydalilik  yoki  daromadlilik,  maqsadga  erishish  uchun  eng  kam  mehnat 
xarajatlari  va  joriy  xarajatlar,  bozor  ulushi,  mahsulot  sifati,  zararsizlik  va 
hokazolar bo‘lishi mumkin. Bunda pul oqimlari yo‘nalishini hisoblab chiqish va 
kuzatish  o‘ta  muhim  ahamit  kasb  etadi:  kapital  xarajatlar  –  er  maydoni  sotib 
olish  (ijaraga  olish)  va  maydonni  tayyorlash,  bino  va  inshootlar  g‘urilishi, 
mashina  va  asbob-usunalar  xarid  qilish  (loyihalashtirish,  tayyorlash), 
mutaxassislarni  o‘qitishga;  joriy  xarajatlar  –  xomashyo  va  materiallar,  yoqilg‘i 
va  energiya,  mehnatga  haq  to‘lash  va  hokazolarga;  daromadli  moddalar  – 
xarajatlarni tejash, royalti (muntazam to‘lovlar, litsenziya kelishuvi predmetidan 
foydalanish huquqi uchun mukofot), hukumat zayomlari va boshqalarga. 
Investitsiya  loyihasini  avvalo  uni  texnik  jihatdan  bajarish  mumkinligi, 
ekologik  xavfsizligi,  shundan  keyin  iqtisodiy  samaradorligi  nuqtai  nazaridan 
baholash lozim. 
Investitsiya  loyihasini  yaratish  va  amalga  oshirish  jarayoni  dinamik 
jarayon  ekanligi  sababli  uni  tavsiflash  uchun  kompyuter  texnikasi  yordamida 
amalga  oshiriluvchi  imitatsion  modellardan  foydalaniladi.  Bu  modellarda 
o‘zgaruvchilar  sifatida  investitsiya  loyihasining  texnik-iqtisodiy  va  moliyaviy 
ko‘rsatkichlari,  shuningdek,  tashqi  iqtisodiy  muhitni  tavsiflovchi  sotuv  bozori 
tavsifnomasi,  inflyasiya,  kreditlar  bo‘yicha  foizlar  kabi  ko‘rsatkichlardan 
foydalaniladi. 
Ushbu  modellar  asosida  daromadlar  va  xarajatlar  oqimi  aniqlanadi, 
samaradorlik  ko‘rsatkichlari  hisob-kitob  qilinadi,  ishlab  chiqarish  faoliyatining 
yillik balanslari tuziladi, ichki va tashqi omillarning loyiha faoliyati natijalariga 
ta‘siri tahlil qilinadi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda yirik sanoat va moliya 
korporatsiyalari  o‘z  rivojlanishi  va  kapitalni  sa  arali  joylashtirish  uchun 
matematik  modellarni  yaratadilar.  Matematik  modellashtirish  vositalaridan 
investitsiya  loyihalari  samaradorligini  mijozlar  buyurtmasi  bo‘yicha 
bajarayotgan turli maslahat firmalari ham keng foydalanmoqda. 


116 
 
Investitsiya  loyihalarini  tadqiq  etish  maqsadida  shaxsiy  EHMlar  uchun 
dasturlar  paketi  ko‘rinishida  amalga  oshirilgan  bunday  imitatsion  modellardan 
biri  BMT  sanoatni  rivojlantirish  tashkiloti  YUNIDO  (United  Industrial 
Development Organization) tomonidan ishlab chiqilgan KOMFAR (COMFAR-
Computer model for feasibility analysis and reporting) tizimi hisoblanadi. 
Tizim  sotuv  hajmi,  ishlab  chiqarish  xarajatlari,  foizlar  uchun  kabi  bir 
qator  boshlang‘ich  ma‘lumotlarni  variatsiyalashda  natijalar  haqidagi  grafik 
axborotni  olishga  imkon  beradi.  Bunday  dastur  keng  tarqalgan  bo‘lib,  sanoat 
rivojlanishini  moliyalashtiruvchi  banklar,  maslahat  muassasalari,  asbob-
uskunalar ta‘minotchilari va o‘quv muassasalari tomonidan foydalanilmoqda. 
KOMFAR  tizimi  mamlakatimizda  ham  birinchi  navbatda  chet  el 
investitsiyalarini jalb qilish va ulardan foydalanishga yo‘naltirilgan investitsiya 
loyihalarining  iqtisodiy  samaradorligini  tahlil  qilish  va  baholash  uchun 
qo‘o‘llanmib  kelmoqda.  Samaradorlik  hisob-kitobi  natijalari  va  chiqish 
axborotlarini  taqdim  etish  bu  tizimda  qabul  qilingan  xalqaro  standartlarga  mos 
keladi, bu esa, o‘z navbatida, chet ellik investorlar bilan muzokara jarayonarini 
muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarurdir. 
KOMFAR  tizimining  kamchiliklari  qatoriga  shuni  kiritish  mumkinki, 
undagi  boshlang‘ich  axborot  hisob-kitoblarni  bajarish  uchun  unchalik 
moslashtirilmagan  bo‘lib,  mamlakat  korxonalarida  qabul  qilingan  hisobot 
ma‘lumotlari  va  xarajatlarni  hisoblash  tuzilmasiga  to‘liq  mos  kelmaydi.  Soliq 
blokining mamlakatdagi soliqqa tortish shartlariga mos kelmasligi, boshlang‘ich 
ma‘lumotlar  cheklangan  holda  ularning  ro‘yxati  qat‘iy  belgilab    qo‘yilganligi, 
inflyasiyani  hisobga  olishning  qiyinligi,  paketning  «yopiq»  xarakteri  ham  shu 
qatorga kiradi. 
 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish