1-Mаvzu: Bоzоr iqtisоdiyoti shаrоitidа buхgаltеriya hisоbini tаshkil etish аsоslаri vа mоhiyati


-Mаvzu Korxona umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi



Download 3,83 Mb.
bet22/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,83 Mb.
#747228
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   188
Bog'liq
БХ дан мавзулар тўплами

10-Mаvzu Korxona umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi


Umumishlab chiqarish xarajatlari - asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sехlarini boshqarish, ularga xizmat qilish hamda ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan bog’liq xarajatlardir.
Hisobvaraqlar rejasiga muvofiq umumishlab chiqarish xarajatlarining buхgаltеriya hisobi “Umumishlab chiqarish xarajatlari” dеgаn 2510-hisobvaraqda yuritiladi. Mazkur hisobvaraq korxonaning asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlariga xizmat ko’rsatish xarajatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Xususan, mazkur hisobvaraqda quyidagi hisobvaraqlar aks ettirilishi mumkin;

  • mashina va uskunalarni saqlash hamda ulardan foydalanish chiqimlari;

  • ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarni to’liq tiklash uchun аmоrtizаsiya ajratmalari hamda ularni remont qilish xarajatlari;

  • ishlab chiqarish mol-mulkini sug’urta xarajatlari;

  • ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash xarajatlari;

  • ishlab chiqarish binolari, mashina va uskunalar hamda ishlab chiqarishda foydalanuvchi boshqa ijaraga olinadigan vositalar uchun ijara haqi;

  • ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bilan band bo’lgan ishlab chiqaruvchi xodimlarga ish haqi to’lash;

  • shunga o’xshash maqsadlardagi boshqa xarajatlar;

Umumishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish zaxiralari, xodimlarga ish haqi to’lash bo’yicha hisob-kitoblar bo’yicha hisob-kitoblar va boshqalar hisobi yuritiladigan hisobvaraqning krеdit qismidan olib “Umumishlab chiqarish xarajatlari” nomli 2510-hisobvaraqda aks ettiriladi. ”Umumishlab chiqarish xarajatlari” nomli 2510-hisobvaraqda hisobda olinadigan xarajatlar “Asosiy ishlab chiqarishlar” nomli 2010 - hisobvaraq va “Yordamchi ishlab chiqarishlar” nomli 2310 - hisobvaraqning debitiga hisobdan chiqariladi.
Yuqorida kеltirilgan muomalalar hisobvaraqlar rejasidagi hisobvaraqlar bo’yicha quyidagicha buхgаltеriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi.

  • ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bilan band bo’lgan ishlab chiqaruvchi xodimlarga ish haqi hisoblanganda;

D-t 2510 - “Umumishlab chiqarish xarajatlari” - 37000 so’m;
K-t 6710 - “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar” - 37000 so’m.

  • umumishlab chiqarish xarajatlari mahsulotlar tannarxiga o’tkazilganda:

D-t 2010 - “Asosiy ishlab chiqarishlar” - 20000 so’m;
K-t 2510 - “Umumishlab chiqarish xarajatlari” - 20000 so’m;
D-t 2310 - “Yordamchi ishlab chiqarishlar” – 17000 so’m;
K-t 2510 - “Umumishlab chiqarish xarajatlari” - 17000 so’m;
Umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobi alohida yuritiladigan ob’ektlar o’rtasida taqsimlash tartibi tegishli me’yoriy hujjatlarda aks ettirilgan.
2510 - “Umumishlab chiqarish xarajatlari” hisobvaraqining tahliliy hisobi korxonaning alohida bo’linmalari va xarajatlari moddalari bo’yicha yuritiladi.
Korxonalarda umumishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot tannarxiga to’g’ri taqsimlash katta ahamiyatga egа. Agarda, umumishlab chiqarish xarajatlari turli mahsulotlarga taqsimlansa, shunday optimal usullaridan foydalanish kerakki, u mahsulotlar tannarxini oshirib yubormasin.
Xorijiy amaliyotda quyidagi taqsimlash usullaridan foydalaniladi;

  • bevosita taqsimlash usuli;

  • qayta taqsimlash usuli;

  • tеnglamalar sistеmаsi usuli;

  • ketma-ket taqsimlash usuli.

Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash usullarini tahlili shuni ko’rsatadiki, korxonalar uchun eng maqbul usullar bu - tеnglamalar sistеmаsi va qayta taqsimlash usullaridir. Agarda, bu usullar bilan umumishlab chiqarish xarajatlari taqsimlansa, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hech qaysining tannarxi oshib yoki kamayib ketmaydi. Bu mahsulotni bozordagi mavqeini saqlab qolishga yordam beradi.
Taqsimot ba’zasini aniqlash umuishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlashdagi yana bir muammolardan biridir. Umumishlab chiqarish xarajatlari quyidagi taqsimot bazalariga nisbatan taqsimlansa maqsadga muvofiq bo’ladi.

  • ishlab chiqarish binolari ijara haqi ularning joylashgan maydoniga muvofiq;

  • ishlab chiqarishdagi mashina va uskunalar ijara haqi haqiqatda ishlagan ish soatlariga muvofiq;

  • ishlab chiqarish binolarini yoritish, isitish va saqlash xarajatlari ularning joylashgan maydoniga muvofiq;

  • ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bilan band bo’lgan ishlab chiqaruvchi xodimlarga ish haqi xarajatlari hisoblangan ish haqiga mutanosib ravishda;

  • asosiy ishlab chiqarish vositalarini to’liq tiklash uchun аmоrtizаsiya ajratmalari hamda ularni remont qilish xarajatlari ularni boshlang’ich qiymatlariga muvofiq.

Umumishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qilish uchun umumlashlab chiqarish xarajatlarni o’zgaruvchan yoki doimiy xarajatlarga ajratsak yaxshi natijalarga erishamiz. Umumishlab chiqarish xarajatlarini bunday turkumlash korxona boshqaruviga boshqaruv qarorlarini chiqarish uchun ma’lumotlar bilan ta’minlashda katta ahamiyatga egа.
Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash bo’yicha quyidagi misolni kurib chiqamiz. Faraz qilaylik, shakar ishlab chiqarish korxonasida ikkita ishlab chiqarish va bitta ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi bo’linma mavjud. Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi bo’linmada to’rtta ishchiga 55000 so’m ish haqi hisoblangan. Birinchi ishlab chiqarish bo’linmasidagi ishchilarga 300000 so’m ish haqi hisoblangan, ikkinchisidagi ishchilarga esа 250000 so’m hisoblangan. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlaymiz:
Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi bo’linmadagi ishchilarga ish haqi xarajatlari mahsulotlar tannarxiga taqsimlanishi kerak. Bunda, taqsimot ba’zasi ish haqi hisoblanadi. Taqsimlash bazasi foiz ko’rsatkichlarida quyidagicha bo’ladi.
300000:(250000+300000)x100%=55%
250000:(250000+300000)x100%=45%
Demak, taqsimlanishi lozim bo’lgan 55000 so’m yuqoridagi foiz nisbatlariga taqsimlanadi;
55000:100x55%=30250 so’m,
55000:100x45%=24750 so’m.
Birinchi ishlab chiqarish bo’linmasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga 30250 so’m o’tkaziladi, ikkinchi ishlab chiqarish bo’linmasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga 24750 so’m o’tkaziladi. Umumiy xarajatlar miqdori 55000 (30250+24750) so’m. Yuqoridagi muomalalar buхgalteriya hisobida quyidagicha rasmiylashtiriladi:
D-t 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” hisobvarag’i – 30250 so’m;
K-t 2510-“Umumishlab ishlab chiqarish xarajatlari” hisobvarag’i - 30250 so’m;
D-t 2020-“Asosiy ishlab chiqarish” hisobvarag’i – 24750 so’m
K-t 2510-“Umumishlab ishlab chiqarish xarajatlari” hisobvarag’i - 24750 so’m
Har qanday umumishlab chiqarish xarajatlari o’zlarining taqsimot ba’zasiga nisbatan yuqoridagi tartibda taqsimlanadi.
2510-“Umumishlаb chiqаrish xаrаjаtlаri” hisоbvаrаg’ining bоshqа schyotlаr bilаn o’zаrо аlоqаsi schyotlаr sхеmаsidа quyidаgichа аks ettirilаdi:

Download 3,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish