1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари


Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash



Download 0,72 Mb.
bet83/108
Sana06.08.2021
Hajmi0,72 Mb.
#139758
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   108
Bog'liq
bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. Mustaqillik yillarida yangi davlat barpo etishda milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, mamlakatni modernizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo‗lidagi murakkab, keng ko‗lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‗lgan yangi avlod kadrlarini tayyorlash masalasi muhim printsipial va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‗ldi. Mustaqil va yangicha fikrlaydigan kadrlarga bo‗lgan ehtiyojni qondirish vazifasi mustaqillikka erishgan birinchi kunlardanoq o‗ta muhim va hal qiluvchi masalalarga aylangan edi. 1997 yili noyob Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinishi va uning amalga oshirilishi muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‗ldi. 2009 yildan boshlab yurtimizda 12 yillik majburiy ta‘lim joriy etildi.

Mamlakatimiz oliy o‗quv yurtlari huzurida tashkil etilgan akademik litseylar yoshlarga o‗zi tanlagan mutaxassislik bo‗yicha oliy ma‘lumot olish uchun yanada chuqur bilim olish, kollejlar esa maxsus fanlarni o‗zlashtirish bilan bir qatorda, mustaqil hayotga qadam qo‗yayotgan har bir bitiruvchi yigit-qizga o‗z qobiliyatini yuzaga chiqarish va jamiyatda munosib o‗rin topish uchun 2-3 mutaxassislik bo‗yicha o‗rta malakali kasb egallash imkonini bermoqda. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida xalqaro hamkorlikni yo‗lga qo‗yishga ham alohida e‘tibor qaratilmoqda. Misol uchun, o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarining 1200 nafarga yaqin pedagog kadrlari 1999-2007 yillar davomida Buyuk Britaniya, Germaniya, YAponiya, Daniya, Avstraliya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda bevosita malaka oshirib qaytdilar. YAponiyaning JICA agentligi loyihasi asosida 9 ta kasb-hunar kollejida malaka oshirish markazlari tashkil etilgan. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash,

tinglovchilar uchun xar tomonlama qulay sharoitlar yaratish ishlari ham izchil davom ettirilmoqda.

Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalari 82 ta laboratoriya xonasi, 16 ta lingafon sinfi, 988 ta zamonaviy kompyuter o‗rnatilgan 75 ta kompyuter sinfi, «O‗qituvchi 30 (60)» tizimi bilan jihozlangan 11 ta sinf, 17 ta elektron doska bilan ta‘minlandi.

Mustaqillik yillarida ta‘lim sohasida malaka oshirish tizimi yanada takomillashtirildi, uning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Surxondaryo, Sirdaryo, viloyatlari va Toshkent shahridagi malaka oshirish institutlari uchun o‗quv va yotoqxona binolari ajratildi.

O‗qituvchilar malakasini oshirish yo‗nalishidagi ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikdagi «Ta‘lim sektorini rivojlantirish dasturi» loyihasi doirasida Abdulla Avloniy nomidagi respublika malaka oshirish instituti, 14 ta hududiy malaka oshirish instituti va 70 ta (har bir viloyatda 5 tadan) tayanch maktab qoshida masofadan o‗qitishning ta‘lim-resurs markazlari tashkil qilindi. 215 nafar tizimdagi mutaxassis Germaniyada malaka oshirdi.

Bugungi kunda ta‘lim muassasasining buyurtmasiga asosan pedagogning toifasi, staji, kasbiy tayyorgarligini oshirishga bo‗lgan ehtiyojga mos holda, uning turlari va davriyligi qayta ko‗rib chiqilib, malaka oshirishning «rejali-majburiy» tizimidan «yo‗naltirilgan maqsadli» takomillashtirilgan tizimiga o‗tildi. Ta‘lim mazmunining tez sur‘atlarda yangilanib borayotgani munosabati bilan pedagoglarning malaka oshirish davriyligi 5 yildan 3 yilga tushirildi.

O‗zbekiston Respublika Prezidentining «Oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi qarori (2011 yil 20 may) bu borada dasturilamal bo‗ldi. Mamlakatimizdagi yosh, istiqbolli mutaxassislar dunyodagi yetakchi ilmiy va ta‘lim markazlarida bevosita malaka oshirmoqda. 2016 yilga qadar bu borada aniq chora-tadbirlar joriy etilmoqda. Xususan, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarning xorijda malaka oshirishi 1,5 marta, magistr hamda yosh o‗qituvchilar uchun esa 1,7 marta ko‗payadi. SHu ma‘noda, ta‘kidlash joizki, mamlakatimiz oliy ta‘lim muassasalari professor-o‗qituvchilari malakasini oshirish tizimi ham isloh etilyapti.

Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi ilmiy pedagogik kadrlar bilan ishlash bo‗limi boshlig‗i B.Rajabovning sharhlashicha, yurtimizda pedagogik kadrlar malakasini oshirish bo‗yicha 45 ta muassasa mavjud. endilikda ular 5 ta hududiy hamda 10 ta tarmoq malaka oshirish muassasasiga aylantiriladi. 2012 yildan boshlab, Toshkent shahrining o‗zida malaka oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadigan ilmiy-metodik bosh markaz ishga tushirilmoqda. Hududiy malaka oshirish muassasalarida bakalavriat va magistraturaning barcha yo‗nalishlarida o‗tiladigan ijtimoiy-gumanitar fanlar, ya‘ni o‗quv rejalarining birinchi blok fanlaridan hamda ikkinchi blok fanlaridan dars beradigan o‗qituvchilar malaka oshirishi mo‗ljallanmoqda. Tarmoq malaka oshirish muassasalari umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan dars beradigan o‗qituvchilarning malakasini oshirish uchun rejalashtirilmoqda. Ilmiy-metodik markaz esa ularning ishini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi. SHuningdek, u kadrlar tayyorlash masalasida xorijiy tajribani o‗rganib, umumlashtirib, malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayonlariga tatbiq etish bilan shug‗ullanadi. Islohotlar jarayonida pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimiga bir qancha yangiliklar joriy qilinishi ham kutilmoqda. Jumladan, mamlakatimizda birinchi marta oliy ta‘lim muassasalaridagi yordamchi o‗quv xodimlarining malakasini oshirish tajribasi yo‗lga qo‗yiladi. Dastur doirasida oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan ishlar qatorida ularni yangi o‗quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash hamda zamonaviy o‗quv laboratoriyalarini tashkil etish ko‗zda tutilgan. Demak, yordamchi o‗quv xodimlarining malakasi ham shunga yarasha bo‗lishi kerak. Pedagog kadrlarning malakasini oshirishda ularning: 1) kompyuter texnologiyalari; 2) ingiliz tilini chuqur o‗rganishiga alohida urg‗u beriladi. Yangi turdagi malaka oshirish muassasalari ishini tashkil etish bo‗yicha takliflar shakllantirilmoqda.

Dasturga muvofiq, 2011-2016 yillarda oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish bo‗yicha chora-tadbirlar majmui ham tasdiqlandi. Oliy

ta‘lim muassasalarida o‗quv-laboratoriya binolari, sport inshootlari va talabalarning turarjoylarini qurish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta‘mirlash va jihozlash shular jumlasidandir. Bundan tashqari, 14 ta oliy ta‘lim muassasasida zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari tashkil qilinib, yana 296 ta laboratoriya qayta jihozlanadi. Bu maqsadlarga jami 277 milliard so‗mdan ortiq mablag‗ yo‗naltirilgan.

Oliy ta‘lim sohasida ham tub islohotlar amalga oshirildi, bakalavr va magistrlar tayyorlashning yevropa tizimiga o‗tildi. Bugungi kunda mamlakatimizning 76 oliy o‗quv yurtida 850 yo‗nalish va mutaxassislik bo‗yicha 300 mingdan oshiq talaba bilim olmoqda.

Respublikamizdagi umumta‘lim maktablari orasidan zamonaviy kompyuter texnikasi va uning qurilmalari bilan jihozlangan, tajribali informatika fani o‗qituvchilariga ega bo‗lgan 2467 ta tayanch maktabi tanlab olinib, ularda 2011 yil davomida umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida faoliyat olib borayotgan barcha fan o‗qituvchilarining ushbu yo‗nalish bo‗yicha malaka oshirishi belgilangan edi. Bu boradagi ishlarning dastlabki bosqichida 2500 nafarga yaqin trener tayyorlandi. 72 soatlik (2 haftalik) o‗quv kurslariga yurtimiz bo‗yicha 411 mingdan ziyod (97,6 foiz) o‗qituvchi jalb etildi.

Ammo, ta‘lim muassasalarini zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlash, ularni ZiyoNET tarmog‗iga ulash bo‗yicha qilinayotgan keng qamrovli ishlarga qaramasdan, ayrim hududlarda yaratilgan imkoniyatlardan to‗g‗ri foydalanmaslik holatlari ham uchramoqda. Xususan, fan o‗qituvchilarining AKTdan foydalanish malakasini oshirish bo‗yicha belgilangan o‗quv reja Jizzax viloyatida 87 foiz, Qashqadaryo viloyatida 91 foiz, Sirdaryo viloyatida 92 foiz, Andijon viloyatida 95 foiz, Toshkent shahrida 95 foiz, Xorazm viloyatida 96 foizga bajarilgan bo‗lsa, yurtimiz bo‗yicha eng past ko‗rsatkichlar Toshkent viloyati Ohangaron tumani, YAngiyo‗l tumani, Navoiy viloyati Uchquduq tumani, Xorazm viloyati Xonqa tumani, Sirdaryo viloyati Sardoba tumani, Jizzax viloyati G‗allaorol tumanida kuzatilgan.

O‗tgan yillar mobaynida ta‘lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish bo‗yicha miqyosi va ko‗lamiga ko‗ra ulkan ishlar amalga oshirildi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko‗rsatayotgan maktablarning deyarli barchasi yangitdan qurildi, kapital rekonstruktsiya qilindi va zamonaviy o‗quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta‘minlandi. O‗quv jarayonini sifat va metodik jihatdan butunlay yangilash bo‗yicha ulkan chora-tadbirlar amalga oshirildi.

DTSlarini yanada takomillashtirish, oliy ta‘lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‗yicha ham yuqorida zikr etilgan dasturda aniq chora-tadbirlar belgilangan. YAqin 5 yil ichida oliy ta‘lim muassasalari uchun fan va texnologiyalarning eng so‗nggi yutuqlaridan foydalangan holda 400 ta yangi darslik, 800 ta o‗quv-uslubiy qo‗llanma yaratiladi. Bularga qo‗shimcha tarzda yaratiladigan 6 mingdan ziyod o‗quv-metodik komplekslar oliy ta‘lim jarayoniga multimediya o‗quv vositalari hamda masofadan turib o‗qitish usullarini joriy etish imkonini bermoqda.

2011-2012 o‗quv yilidan boshlab barcha oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilariga qat‘iy talab qo‗yilmoqda: 1) ular zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini; 2) xorijiy tillar, ayniqsa, ingliz tilini mukammal bilishi kerak. Bu jihatdan o‗quv dasturlarini har bir ta‘lim yo‗nalishining o‗ziga xosligidan kelib chiqqan holda qayta ko‗rib chiqish va takomillashtirish ko‗zda tutilgan.

Talabalarning xalqaro ta‘lim resurslaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida yaqin yillar ichida oliy ta‘lim muassasalari uchun bitiruvchi zamonaviy optik tolali yagona kompyuter tarmog‗i ishga tushiriladi. YUqori tezlikdagi Internetga ulanuvchi ushbu tarmoq yordamida mamlakatimiz hamda xorijdagi ta‘lim muassasalari bilan aloqa bog‗lash, video-konferentsiyalar o‗tkazish mumkin bo‗ladi.

2011 yilda umumta‘lim maktablarining moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlanib, xalq ta‘limi tizimida o‗quv-laboratoriya jihozlari bilan ta‘minlangan, 46 ming 300 dan ortiq o‗quvchiga mo‗ljallangan 166 ta yangi maktab qurilib, rekonstruktsiya qilingan. 151 ta maktabda kapital ta‘mirlash ishlari belgilangan muddatda va sifatli bajarilgan. Ta‘lim muassasalarida qurilish-tiklash ishlari sarhisob qilinib, 2012 yilda bu borada amalga oshirilishi ko‗zda tutilgan ishlar belgilangan. Jumladan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 22 sentyabrdagi

PQ-1620-sonli qarori bilan 2012 yilda jami 349 ta umumta‘lim maktabida qurilish-ta‘mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‗lib, ushbu maqsadlarga jami 155,3 milliard so‗m mablag‗ ajratish ko‗zda tutilgan.

Bundan tashqari, uy-joy massivlari hududida respublika bo‗yicha jami 14 ta umumta‘lim maktabining (12,3 milliard so‗m) yangidan qurilishi ham rejalashtirilgan. Mamlakatimizdagi 852 ta maktabda zamonaviy o‗quv kompyuter sinflari tashkil etilib, 9 ming 400 dan ziyod umumta‘lim maktabi yoki jami maktablarning 96 foizi ZiyoNET elektron axborot tarmog‗iga ulangan. Bu o‗z navbatida o‗quvchilarni internet tarmog‗idagi turli buzg‗unchi g‗oyalardan himoya qilish imkonini beradi.

Xalq ta‘limi tizimi uchun hukumatimiz tomonidan 2000 yilda byudjetdan 168 milliard 660 million so‗m mablag‗ ajratilgan bo‗lsa, 2010 yilda bu ko‗rsatkich 3,3 trillion so‗mni tashkil etgan (qariyb 20 barobar ortgan). 2011 yilda esa tizimga 4,2 trillion so‗m ajratildi, ya‘ni bu miqdor o‗tgan yilga nisbatan ham 28 foiz ko‗p demakdir.

Ustoz va murabbiylar mehnatini munosib rag‗batlantirishga yo‗naltirilayotgan Direktor jamg‗armasi uchun ajratilayotgan mablag‗lar ham yildan-yilga muttasil oshib bormoqda. SHuningdek, ―Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili‖ davlat dasturining ijrosini ta‘minlash hamda xalq ta‘limi tizimida xizmat ko‗rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida 2011 yilda 16,3 milliard so‗m byudjetdan tashqari mablag‗ topish rejalashtirilgan bo‗lib, mazkur reja amalda 20,9 milliard so‗m (128,0 foiz)ga bajarilgan. Ushbu ko‗rsatkich 2010 yilning shu davriga nisbatan 8,3 milliard so‗m (165,8 foiz)ga ko‗pdir.

2012 yilda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, ta‘lim-tarbiya jarayonlarini mazmunan boyitish, bunda rahbar-xodimlar mas‘uliyatini oshirish lozim bo‗ladi.

O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‗zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruzasining mazmun-mohiyatini xalq ta‘limi tizimida o‗rganishni tashkil etish va unda belgilab berilgan vazifalarning ijrosini qat‘iy nazoratga olish, davlat pedagogika institutlari, A.Avloniy nomidagi Xalq ta‘limi xodimlarini malakasini oshirish institutida va barcha hududiy malaka oshirish institutlari pedagogik jamoasi, tinglovchi va talabalari uchun maxsus fakultativ o‗quv kursi dasturini tayyorlash va o‗quv jarayoniga joriy etish vazifalari yuklatildi.

O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonunning 26, 27, 28, 30-moddalari talablariga asosan, umumiy o‗rta ta‘lim maktablari hududida yashovchi maktab yoshidagi bolalarni ta‘lim muassasalariga to‗liq jalb etish bo‗yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga mahalliy hokimliklar, mahalla kengashlari hamda ota-onalar hamkorligi zarur.



Xalq ta‘limi vazirligining kengaytirilgan hay‘at yig‗ilishida (2012 yil yanvar) Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ishchi guruhlari tomonidan o‗rganilgan ta‘lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlilidan kelib chiqib, respublikamizning barcha joylarida moddiy-texnik bazani asrash, o‗quv jihozlari va uskunalaridan ta‘lim-tarbiya jarayonlarida samarali foydalanishni yo‗lga qo‗yishning zarurati hamda bu borada rahbar xodimlarning mas‘uliyatini oshirish lozimligi ta‘kidlab o‗tildi.

        • Maktab ta‘limi 7 ta tilda: o‗zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‗iz, turkman va tojik tillarida olib borilmoqda.

        • Maktab ta‘limini rivojlantirish umummilliy dasturi doirasida ta‘lim muassasalaridagi jihozlangan fizika laboratoriya xonalari soni 6962 taga, kimyo laboratoriya xonalari 6682 taga, biologiya xonalari 6682 taga oshdi.

        • Mamlakatimizda 1500 dan ortiq yangi kasb-hunar kolleji va akademik litsey barpo etildi (―Xalq so‗zi‖, 2012 yil 18 fevral).

        • 2004-2009 yillarda 1607 ta maktab ichimlik suvi bilan ta‘minlandi. 1163 ta maktab gazlashtirildi, 1607 ta maktab telefon aloqasiga, 1076 ta maktab esa markaziy va maktab hovlisiga moslashtirilgan kanalizatsiya tarmog‗iga ulandi.

      • 1991-2003 yillarda yurtimizning barcha hududlarida 1 million 893 ming o‗quvchiga mo‗ljallangan umumta‘lim maktablari hamda 152,8 ming o‗ringa mo‗ljallangan maktabgacha ta‘lim muassasalarini qurish va mavjudlarini ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi.

      • Maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi doirasida esa 2004-2009 yillarda respublika bo‗yicha 3 million o‗quvchi o‗rinli 8501 ta maktabda qurilish-rekonstruktsiya ishlari bajarildi. Jumladan, 351 116580 o‗quvchi o‗rinli) yangi maktab binosi qurildi, 2470 ta (851294 o‗quvchi o‗rinli) maktab kapital rekonstruktsiya qilindi, 3608 ta (2044942 o‗quvchi o‗rinli) maktab kapital, 2072 tasi esa joriy ta‘mirlashdan chiqarildi. Ushbu maqsadlarga jami 1,4 trillion so‗m sarflandi.

      • Dastur doirasida qayta tiklash ishlari amalga oshirilgan maktablarning 1326 tasi (16 foiz) shaharlarda, 6887 tasi (81 foiz) qishloq hududlarida, 288 tasi esa (3 foiz) borish qiyin bo‗lgan hududlarda joylashgan bo‗lib, bu bilan shahar va qishloq maktablarining moddiy-texnik bazasi orasidagi tafovut barham topdi.

      • Ta‘lim sohasi xodimlari faoliyatini baholash va rag‗batlantirish mezonlari tubdan o‗zgartirildi. Masalan, keyingi 10 yilda kasb-hunar kollejlari, litsey va oliy o‗quv yurtlarida ish haqining o‗sish sur‘atlari iqtisodiyotning real sohasidagi ish haqi miqdoridan tahminan 1,5 barobar ko‗p o‗sdi. O‗zbekiston ta‘lim sohasini rivojlantirish va isloh etishga yo‗naltirilayotgan yillik xarajatlar yalpi ichki maxsulotning 10-12 foizini tashkil etib, bu tizimning davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 35 foizdan ortiqni tashkil etmoqda.

      • O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalari bilan korxona va tashkilotlar hamkorligi, ishga qabul qilish shartnomalarini tuzish mexanizmi shakllantirilib, ular bi-lan 13338 ta sherikchilik shartnomasi imzolandi.

      • Mikrokreditbank tomonidan bitiruvchilarning tadbirkorlik faoliyatini qo‗llab-quvvatlash uchun kredit ajratish bo‗yicha ishlar tashkil etildi. Birgina 2009 yilda 923 nafar bitiruvchiga 962 million so‗m miqdorida mikrokredit mablag‗lari ajratildi.

2010 yil 28 sentyabrda Prezident farmoyishi bilan tashkil etilgan, ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan, 2011-2015 yillarda oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan Dastur ma‘qullandi.

Prezidentimizning 2011 yil 20 maydagi «Oliy ta‘lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‗yicha chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi qarori Oliy ta‘lim muassasalarini modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‗quv va ilmiy-tadqiqot va laboratoriya jihozlari bilan ta‘minlash, ta‘lim jarayonlarini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‗tarish, ilg‗or pedagogik texnologiyalar hamda o‗qitish shakllarini joriy etish, o‗qituvchi kadrlar mehnatini rag‗batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma‘lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadlarini qamrab olgan.

Avvalo, ushbu dastur 1) 2011-2016 yillarda oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan; 2) yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‗nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, davlat ta‘lim standartlarini yanada takomillashtirishga yo‗naltirilgan; 3) 2011-2016 yillarda oliy ta‘lim muassasalarining moddiy- texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‗yicha dasturni amalga oshirish uchun moliyaviy xarajatlarni aks ettiradi; 4) o‗quv- laboratoriya binolari, sport inshootlari va talabalarning turar-joylarini qurish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta‘mirlash va jihozlash bo‗yicha manzilli dasturlarga kiritiladigan oliy ta‘lim muassasalarining ro‗yxatini o‗z ichiga olgan; 5) oliy ta‘lim muassasalarida tashkil etiladigan zamonaviy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarining ilova qilingan ro‗yxatiga ega; 6) Dasturni o‗z vaqtida va sifatli amalga oshirishini ta‘minlash bo‗yicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun

Maxsus komissiya tarkibi tashkil etilishi ta‘kidlangan; 7) 2011-2016 yillarda oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‗yicha dasturning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring o‗rnatishni nazarda tutadi.






  1. rasm. Ta‟limga ajratilgan mablag„lar to„g„risida ma‟lumot (2011-2012 yillar).

Qarorga ko‗ra, Moliya vazirligi, Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshida Oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‗armasi tashkil etildi.

Qarorga ko‗ra, Oliy ta‘lim muassasalari professor-o‗qituvchilarining mehnatiga haq to‗lash tizimini yanada takomillashtirish bo‗yicha kiritiladigan takliflarda: 1) o‗qituvchilar lavozimlari kategoriyalarini maqbullashtirish va ularga qo‗yiladigan lavozim talablarini qayta ko‗rib chiqish asosida oliy ta‘lim muassasalari professor-o‗qituvchilari tarkibi tarifikatsiyasi takomillashtirilishi; 2) ―dotsent‖ va ―professor‖ ilmiy unvonlarini berish tizimining oliy o‗quv yurtlari o‗qituvchilarining o‗z malaka va pedagogik mahoratini muntazam ravishda oshirishga rag‗batlantirishdagi rolini kuchaytirish; 3) yuqori malakali o‗qituvchilarga kasb mahorati va o‗quv jarayonini yaxshilashga qo‗shgan aniq hissasi, yuqori samaradorlik, ta‘lim sifati va samarali tarbiyaviy ishi uchun oylik ustamalar tizimini joriy etish kabi masalalar ko‗rsatib o‗tilgan.

Mustaqillik yillarida ta‘lim sohasida malaka oshirish tizimi yanada takomillashtirildi, uning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Surxondaryo, Sirdaryo, viloyatlari va Toshkent shahridagi malaka oshirish institutlari uchun o‗quv va yotoqxona binolari ajratildi.

O‗qituvchilar malakasini oshirish yo‗nalishidagi ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikdagi «Ta‘lim sektorini rivojlantirish dasturi» loyihasi doirasida Abdulla Avloniy nomidagi respublika malaka oshirish instituti, 14 ta hududiy malaka oshirish instituti va 70 ta (har bir viloyatda 5 tadan) tayanch maktab qoshida masofadan o‗qitishning ta‘lim-resurs markazlari tashkil qilindi. 215 nafar tizimdagi mutaxassis Germaniyada malaka oshirdi.

Bugungi kunda, ta‘lim muassasasining buyurtmasiga asosan, pedagogning toifasi, staji, kasbiy tayyorgarligini oshirishga bo‗lgan ehtiyojga mos holda, uning turlari va davriyligi qayta ko‗rib chiqilib, malaka oshirishning «rejali-majburiy» tizimidan «yo‗naltirilgan maqsadli» takomillashtirilgan tizimiga o‗tildi. Ta‘lim mazmunining tez sur‘atlarda yangilanib borayotgani munosabati bilan pedagoglarning malaka oshirish davriyligi 5 yildan 3 yilga tushirildi.

Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida 2010 yil 10 noyabrda imzolangan Prezident qarorining mohiyati ilmiy kadrlar tayyorlashning aspirantura va doktorantura kabi eskirgan shakllari o‗rniga mamlakatimiz oliy o‗quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti joriy etishga qaratildi.

Eng muhimi, ularni rag‗batlantirish, ijodiy va intellektual salohiyatini ro‗yobga chiqarish maqsadida stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarning lavozim maoshi stajyor-tadqiqotchilar lavozim maoshining bazaviy miqdoriga, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar lavozim maoshining hajmi esa fan nomzodi unvoniga ega bo‗lgan katta ilmiy xodimlarning maoshiga tenglashtirildi. Bu amalda ushbu tadqiqotchilar ish haqining 1,6 barobar ko‗payishini anglatadi.

Mamlakatimiz Prezidentining 2011 yil 20 mayda imzolagan «Oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi qarori ushbu ta‘lim bosqichi taraqqiyotini yangi bosqichga ko‗tarishda, hech shubhasiz, tarixiy ahamiyatga ega bo‗ladi.

Ushbu qaror bilan 2011-2016 yillarda Oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‗yicha dastur tasdiqlandi. Mazkur dasturdan ko‗zlangan asosiy maqsad – oliy ta‘lim muassasalarining moddiy- texnik bazasini yanada mustahkamlash, modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‗quv- laboratoriya va ilmiy uskunalar bilan jihozlash, pirovardida o‗quv dasturlarini takomillashtirish, tobora kuchayib borayotgan zamon talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlashda sifat jihatidan yangicha yondashuvlarni hayotga tatbiq etishdan iboratdir.

Prezidentimiz bugungi kunda yoshlarni, umuman, ilm-fan sohasi xodimlarini, olimlarni taraqqiy topgan davlatlar ilmiy jamoatchiligining e‘tibor markazida turgan, eng ilg‗or, istiqbolli ilmiy izlanish va tadqiqot ishlarini yurtimizda rivojlantirishga undab, ushbu maqsadda Fanlar akademiyasi va oliy o‗quv yurtlari tarkibida yangi laboratoriyalar tashkil qilish, ularning rivojlangan mamlakatlardagi ilm-fan markazlari bilan samarali hamkorlik aloqalarini o‗rnatishi zarurligini alohida ta‘kidladi.

Bu yo‗nalishdagi ishlarga yangi turtki berish, xorijiy davlatlardan zamonaviy ilmiy jihoz va uskunalarni olib kelish, eng iqtidorli yoshlarni bu ishga safarbar qilish va rag‗batlantirish maqsadida Prezident tomonidan Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‗mitasi qoshida alohida fond tuzish va uni etarli darajada mablag‗ bilan ta‘minlash taklif etildi. YOshlarni jismonan chiniqqan, mard, bilimli, qat‘iyatli, ona Vatanini himoya qila oladigan avlod sifatida kamol toptirish uchun ularning jismonan rivojlanishga xizmat qiladigan maskanlarni barpo etish va rivojlantirish talab etiladi. Bugungi kunda jismoniy tarbiya va sport sohasida, ayniqsa, bolalar sportini yanada rivojlantirish, har bir shahar va qishloqda zamonaviy talablarga javob beradigan, zarur anjomlar bilan jihozlangan sport maydonchalari, inshoot va majmualarni barpo etish borasida katta ishlar qilinayotgani yoshlarimiz oldida keng imkoniyatlar ochilishiga asos bo‗ldi. Aytish joizki, istiqlol yillarida bu sohaga aloxida e‘tibor berilib, uning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, yurtimizda 1 ming 200 dan ziyod yangi sport inshooti barpo etildi va 260 ming nafardan ziyod bola sportning ko‗plab turlari bilan muntazam

shug‗ullanishi uchun imkoniyat yaratildi.

Jahon e‘tirofiga sazovor bo‗lgan uch bosqichli - «Umid nihollari», «Barkamol avlod»,




Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish