1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари


-rasm. Onalar o„limi ko„rsatkichi (har 100 ming onaga o„rtacha)



Download 0,72 Mb.
bet79/108
Sana06.08.2021
Hajmi0,72 Mb.
#139758
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108
Bog'liq
bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti

1-rasm. Onalar o„limi ko„rsatkichi (har 100 ming onaga o„rtacha).






  1. rasm.Go„daklar o„limi ko„rsatkichi (har 1000 nafar tirik tug„ilgan bolaga o„rtacha).

Mamlakatimizda epidemik barqarorlikni ta‘minlash maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida qator yillar davomida aholi o‗rtasida poliomielit, bo‗g‗ma, qoqshol kasalliklari ro‗yxatga olinmadi. 2002 yilda O‗zbekiston poliomielit virusidan xoli hududligi to‗g‗risida Jahon sog‗liqni saqlash tashkilotining sertifikatiga ega bo‗ldi.2010-2011 yillarda Tojikistondagi vaziyatni hisobga olgan holda, 6 bosqichdan iborat poliomielitga qarshi milliy

emlash kunlari o‗tkazildi. Bu tadbirlar davrida 20 milliondan ortiq 15 yoshgacha bo‗lgan bolalar hamda Surxondaryo viloyatida 25 yoshgacha bo‗lgan shaxslar emlashdan o‗tkazildi.

Respublikadagi 53 ta tumanlararo OITS diagnostika laboratoriyalarida ta‘mirlash ishlari bajarildi. OITSga qarshi kurash markazlari va tumanlararo OITS diagnostika laboratoriyasida davlat byudjeti hisobidan 7,5 milliard so‗mlik zamonaviy laboratoriya-diagnostika asbob- uskunalari o‗rnatilmoqda.

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 28 noyabrdagi ―Sog‗liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-1652-sonli qarori bilan sog‗liqni saqlash sohasini rivojlantirish, tibbiy xizmat ko‗rsatish tizimini tubdan yangilash, zamonaviy tibbiy asbob uskunlarni o‗rnatish va yuqori darajali malakali kadrlarni tayyorlash bo‗yicha bir qancha ishlarni amalga oshirish borasidagi vazifalar belgilab berildi.

2000-2011 yillarda davolash-profilaktika muassasalarini modernizatsiya qilish va eng zamonaviy laboratoriya, diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlashga 750 million AQSH dollaridan ortiq miqdorda byudjet mablag‗lari yo‗naltirildi va imtiyozli kreditlar hamda grantlar jalb etildi. Mustaqillik yillarida sog‗liqni saqlash sohasiga qilingan harajatlar 3,6 barobar o‗sdi va bu yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 4 foizni, Davlat byudjetida esa 15,7 foizdan ortiqni tashkil qilyapti.

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 28 noyabrdagi PQ-1652-sonli qaroriga asosan, respublika sog‗liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‗nalishlari: sog‗liqni saqlashning normativ-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish; aholiga, ayniqsa, qishloq joylarda, tibbiy-sanitariya yordami sifati va qulaylik darajasini oshirish; ixtisoslashtirilgan markazlar, shu jumladan, onkologik va sil kasalliklari muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish; shoshilinch va tez tibbiy yordam ko‗rsatish xizmati samaradorligi, xizmatlar tezkorligi va sifatini oshirish; ona va bola salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish; sog‗liqni saqlashning nodavlat sektori faoliyatini tartibga solish va tez tibbiy yordam ko‗rsatish xizmati samaradorligi, xizmatlar tezkorligi va sifatini oshirish.

Bugungi kunda mamlakatimizda sog‗lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‗z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‗yobga chiqarishi, yurtimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to‗liq javob beradigan, har tomonlama yetuk shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart- sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‗yicha keng ko‗lamli ishlar amalga oshirilmoqda.



―Barkamol avlod yili‖ davlat dasturida aks etgan maqsad va vazifalar zamirida yagona g‗oya mujassam. Bu g‗oya, Prezidentimiz ta‘biri bilan aytganda, sog‗lom zurriyod, ya‘ni jismoniy va ma‘naviy yetuk avlodning shakllanishi, uning imkoniyatlarini ro‗yobga chiqarish uchun zarur bo‗lgan tizimni yaratish, yoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoyalash, ularning zamonaviy bilim va kasbga ega bo‗lishini, jamiyatimiz hayotida munosib o‗rin egallashini ta‘minlashdan iborat.

Mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov yosh avlodning sog‗lig‗i haqida doimiy g‗amxo‗rlik qilmoqda. YOsh avlodni har tomonlama uyg‗un rivojlantirish, bolalar o‗rtasida sog‗lom turmush tarzini rivojlantirishning muhim omillaridan biri jismoniy tarbiya va sportdir. Ommaviy bolalar sportining rivojlanishini ta‘minlash maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrdagi ―Bolalar sportini rivojlantirish fondining tuzilishi to‗g‗risida‖gi 3154-sonli Farmoni va 2002 yil 31 oktyabrdagi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―O‗zbekiston bolalar sportini rivojlantirish fondi faoliyatining tashkil etilishi to‗g‗risida‖gi 374-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu hujjatlarda Sog‗liqni saqlash vazirligi oldiga o‗sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama rivojlanishini ta‘minlashga imkon beradigan bolalar sporti turlarining asosiy yo‗nalishlarini rivojlantirishning tibbiy ilmiy asoslarini ishlab chiqish vazifasi qo‗yildi.



Mamlakatimizda ijtimoiy infratuzilmaning yana bir tarkibiy qismi bo‗lgan ta‘lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan uning me‘yoriy-huquqiy asoslari quyidagi hujjatlarda belgilab berildi hamda ular bazasida eng muhim yo‗nalish va natijalar ijrosi ta‘minlandi.

    1. Ta‘lim to‗g‗risidagi qonun (1992 yil 2 iyul). Mutaqil davlatimiz rahbariyati, eng avvalo, ishni ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining huquqiy asoslarini yaratishdan boshladi. Sobiq ittifoq

tarkibiga kirgan respublikalar ichida birinchilardan bo‗lib, O‗zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi 1992 yil 2 iyulda «Ta‘lim to‗g‗risida»gi Qonunini tasdiqladi. Bu dasturilamal hujjatda ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta‘lim tizimi, uning boshqaruv tarkibi, pedagog xodimlarning haq-huquqlari, burch va mas‘uliyati aniq belgilab berildi. Binobarin, bu muhim davlat hujjatining qabul qilinishi ta‘lim sohasida amalga oshiriladigan barcha islohotlarning muqaddimasi hamda huquqiy kafolati edi.

    1. O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dekabr). Asosiy qonunimiz O‗zbekiston xalqining xohish-irodasidan kelib chiqib, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‗unlashtirgan holda, yoshlar ongiga singdirishning huquqiy asoslarini o‗zida ifoda etgan. Konstitutsiya barcha fuqarolar qatori yoshlarning huquq va erkinliklarini ta‘minlashning kafolatlarini ham o‗zida aks ettiradi. Jumladan, uning 41-moddasida: «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta‘lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir», deb belgilab qo‗yilgani fikrimizning dalilidir. Haqiqatan ham, O‗zbekiston Respublikasi mustaqil, huquqiy demokratik, insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e‘tiqodidan qat‘i nazar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta‘minlab beradigan davlatdir.

Shuningdek, Prezidentimizning 1993 yil 29 dekabrdagi farmoniga binoan, oktyabr oyining birinchi yakshanbasi xalq ta‘limi xodimlari kuni (kasb bayrami sifatida) belgilandi. 1996 yil 9 sentyabrdagi «Ma‘naviyat va ma‘rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‗g‗risida»gi Farmonda esa yosh avlodni buyuk an‘analarimizga, yuksak ma‘naviy qadriyatlarimizga sodiqlik va yorug‗ kelajak egalari ekaniga qat‘iy ishonch ruhida tarbiyalash maqsadida 1997 yildan boshlab, 1 oktyabr «O‗qituvchilar va murabbiylar kuni» – umumxalq bayrami hamda dam olish kuni deb e‘lon qilindi.

    1. «Ta‘lim to‗g‗risida»gi (1997 yil 29 avgust) qonun (yangi tahriri) va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Prezidentimiz Islom Karimov O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasidagi (1997 yilda 29 avgust) «Barkamol avlod – O‗zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusidagi nutqida 1991-1997 yillar davomida mamlakatimizda amalga oshirilgan ta‘lim- tarbiya tizimidagi islohotlarni tanqidiy baholadi. Sobiq ittifoq davrining oxirida 11 yillik o‗quv tizimiga o‗tdik. 11 yillik tizim tarkiban 3 qismga bo‗linadi: boshlang‗ich ta‘lim – 4 yil, to‗liqsiz o‗rta ta‘lim – 9 yil va nihoyat, 2 yillik to‗liq o‗rta ta‘lim… Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta‘limi va tarbiyasini ko‗rgan shaxslar kerak… Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi.

Prezidentimiz 9-sinfni tugatayotganlarning keyingiyo‗li – taqdiri qanday bo‗lishi zarurligini puxta asoslab berdi. «Respublikamizda taxminan 5 million 200 ming maktab o‗quvchisidan 9-sinfni bitirayotganlar 450 ming nafar bolani tashkil qiladi… Ma‘lumotlarga qaraganda, ularning 250 ming nafarga yaqini, ya‘ni 55 foizi 10-sinfda o‗qishni davom ettirar ekan, taxminan 100 ming nafari hunar-texnika yoki maxsus o‗quv yurtlariga kirishi mumkin. Qolganlari esa - gap 100 ming nafar bolalarimiz haqida ketyapti – hisob-kitob bo‗yicha, umuman ko‗chada qolmoqda»1. SHu boisdan ham 1997 yil 29 avgustda bevosita prezidentimiz tashabbusi bilan «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturining qabul qilinganida katta ma‘no bor. Qabul qilingan dasturga muvofiq, mamlakatimizda 9+3 sxemasi bo‗yicha 12 yillik umumiy majburiy bepul ta‘lim tizimi joriy etildi.2.

    1. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 6 oktyabrdagi «Ta‘lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‗g‗risida»gi Farmoni e‘lon qilindi. Mavjud ta‘lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‗tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida ushbu farmon bilan «Ta‘lim to‗g‗risida»gi




1Ислом Каримов. Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиѐтининг пойдевори.-Тошкент: Шарқ, 1998. 3-19-

б.

2 Президент Ислом Каримовнинг «Юксак билимли ва интеллектуал ривожланган авлодни тарбиялаш –

мамлакатни барқарор тараққий эттириш ва модернизация қилишнинг энг муҳим шарти» мавзусидаги халқаро конференция материаллари. – Т.: O‗zbekiston, 2012. – 5-бет.

qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturni hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishi etib belgilandi.

O‗zbekistonda ta‘lim respublika ijtimoiy-iqtisodiy, g‗oyaviy-madaniy hayotining eng muhim yo‗nalishidir. Ta‘limning huquqiy asoslari mamlakatimiz Konstitutsiyasi, «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‗z aksini topgan.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari bo‗lgan shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta‘lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat bir butun tizim yuzaga keldi.

Bundan 15 yil oldin qabul qilingan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi deb nom olgan Ta‘lim sohasini isloh qilish dasturi mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning bosqichma-bosqich va tadrijiy rivojlanish printsipiga asoslangan iqtisodiy va siyosiy islohotlarning biz tanlagan

«o‗zbek modeli» - o‗z taraqqiyot yo‗limizning tarkibiy qismidir… Bu dastur hayotda o‗z fikriga, o‗zining qarashlari va qat‘iy fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‗lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo‗ydi3.



    1. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‗g‗risida»gi 77-qarori. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi «O‗zbekiston Respublikasi o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini tashkil etish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi 204-qaroriga ko‗ra, Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining 60 kishidan iborat O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi markazi (Markaz) tashkil etildi. 1998 yilda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari dastlab tajriba tariqasida faoliyat boshladi. Akademik litseylarga barcha (9-sinf) bitiruvchilarning taxminan 10- 15 foizi tanlov asosida qabul qilindi.

Kasb-hunar kollejlari uchun yuqori malakali pedagog va pedagog-muhandislar tayyorlash bo‗yicha 3 ta otaliq zona (mintaqaviy) bo‗yicha tegishli oliy o‗quv yurtlari biriktirildi: 1) Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti; 2) Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti; 3) Namangan muhandislik-pedagogik institutlarida kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaliy ijrosiga, shuningdek, bakalavr va magistr kadrlar tayyorlash masalasiga bag‗ishlangan O‗zbekiston Prezidentining o‗ndan ortiq farmon va farmoyishlari, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Xususan, 2004 yil 19 fevralda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «2004-2008 yillarda Maktab ta‘limini rivojlantirish dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi farmoyishi, 2004 yil 21 mayda «2004-2009 yillarda maktab ta‘limini rivojlantirishning davlat umummilliy dasturi to‗g‗risida»gi farmonining qabul qilinishi milliy ta‘lim rivojida yangi tarixiy bosqichni boshlab berdi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta‘limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumta‘lim maktab bosqichini va 3 yillik o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi bosqichini o‗z ichiga olgan uzluksiz yaxlit ta‘lim tizimi yaratildi. Bir so‗z bilan aytganda, farzandlarimizga umumiy ta‘lim bilan birga, zamonaviy kasb- hunarga ega bo‗lish imkonini beradigan 12 yillik ta‘lim tizimiga o‗tish yakunlanmoqda. O‗zbekistonda 12 yillik ta‘lim barcha uchun majburiy ekani qonunlarimizda belgilab qo‗yilgan. 12 yillik majburiy ta‘limdan so‗ng yoshlarning har biri, o‗z xohishiga ko‗ra, bakalavr va magistr darajasini olish uchun oliy o‗quv yurtlarida o‗qishni davom ettirishi mumkin.

Mazkur huquqiy hujjatlarda, birinchidan, yangi ta‘lim tizimi, ikkinchidan, yangi avlod kadrlarini tayyorlashda ta‘lim sohasidagi o‗zgarishlar, yangi kasb sohalarining paydo bo‗lgani va ularning O‗zbekiston sharoiti, ahamiyati bilan bog‗liq jihatlari, uchinchidan, bunda har bir viloyat, hudud va mintaqaning xususiyatlarini hisobga olish tajribasining afzalliklari,





3 Президент Ислом Каримовнинг «Юксак билимли ва интеллектуал ривожланган авлодни тарбиялаш – мамлакатни барқарор тараққий эттириш ва модернизация қилишнинг энг муҳим шарти» мавзусидаги халқаро конференциянинг очилиш маросимидаги нутқи //«Юксак билимли ва интеллектуал ривожланган авлодни тарбиялаш – мамлакатни барқарор тараққий эттириш ва модернизация қилишнинг энг муҳим шарти» мавзусидаги халқаро конференция материаллари. – Т.: O‗zbekiston, 2012. – 4-бет.

to‗rtinchidan, mamlakatimizning oliy ta‘lim sohasidagi 71 ta muassasasi tayyorlab beradigan yangi avlod kadrlari, ularning umumiy va o‗ziga xos jihatlariga e‘tibor qaratildi.



    1. 2002 yil 24 oktyabrdagi «O‗zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‗armasini tuzish to‗g‗risida»gi va 2004 yil 29 avgustdagi «O‗zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‗armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi farmonlari bolalar sportini rivojlantirishda muhim dasturilamal bo‗lmoqda.

    2. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 martdagi ―Nodavlat ta‘lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‗g‗risida‖gi Nizomni tasdiqlash haqida‖gi 100-sonli Qarori e‘lon qilindi.

    3. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2004 yil 19 fevraldagi 2004-2008 yillarda maktab ta‘limini rivojlantirish dasturini tayyorlash chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi Farmoyishiga binoan tuzilgan maxsus komissiya tomonidan 2004-2009 yillarda Maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi ishlab chiqildi va 2004 yil 9 iyuldagi

«O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2004-2009 yillarda maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi qarori bilan tasdiqlandi.

    1. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi ―Respublika aholisini axborot-kutubxona xizmati bilan ta‘minlashni tashkil etish to‗g‗risida‖gi qarori mamlakatimizda elektron kutubxonani shakllantirish, axborot almashinuvining zamonaviy shakllariga bosqichma- bosqich o‗tishda muhim dasturil amal bo‗ldi.

    2. Prezidentimizning 2008 yil 1 apreldagi ―Real iqtisodiyotning soha va tarmoqlari talablariga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlashni ta‘minlash chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi farmoyishi asosida amalga oshirilgan ishlar natijasida 2009-2010 o‗quv yilining o‗zida hududlardagi 118 ta kasb-hunar kollejida 62 ta ixtisoslik bo‗yicha kichik mutaxassislar tayyorlash to‗xtatilib, talab katta bo‗lgan 90 ta mutaxassislik bo‗yicha yangidan kadrlar tayyorlashga kirishildi. 34 ta kasb-hunar kollejining ixtisosligi o‗zgartirildi. Ushbu chora- tadbirlar tufayli bitiruvchilarning barchasi ish bilan ta‘minlandi.

    3. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Barkamol avlod yili Davlat dasturi to‗g‗risida»gi 2010 yil 27 yanvardagi qarori qabul qilindi va uni amalga oshirish uchun 11 ta ustuvor yo‗nalish va vazifa belgilab berildi. O‗zbekistonda aholining qariyb 35 foizini 16 yoshgacha bo‗lgan bolalar, 62 foizdan ziyodini esa 30 yoshgacha bo‗lgan yoshlar tashkil etishini hisobga oladigan bo‗lsak, bu islohotlarning roli va ahamiyati o‗z-o‗zidan tushunarli va ravshan bo‗ladi.4

    4. 2010 yil 2 noyabrda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi PQ-1426-sonli qarori qabul qilindi. Natijada 2010 yilning 1 dekabridan oliy o‗quv yurtlaridagi 2 va 3-kurs aspirantlar stajyorlik-tadqiqotchi-izlanuvchi va barcha doktorantlar katta ilmiy xodim-izlanuvchi lavozimiga o‗tkazildi. Shu asosda 2011 yil 1 yanvardan boshlab stajyor- tadqiqotchi-izlanuvchilarning maoshlari stajyor-tadqiqotchilarning bazaviy lavozim maoshlariga, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning maoshlari esa fan nomzodi ilmiy darajasiga ega ilmiy xodimlarning bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtirildi.

    5. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Ta‘lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlash bo‗yicha byudjetdan tashqari jamg‗armani tashkil etish to‗g‗risida‖gi Qarori (2010 yil 10 noyabr, PQ-1432-son)ga asosan Ta‘lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta‘mirlash va jihozlash jamg‗armasi tashkil etildi.

    6. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 mayda ―Oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori qabul qilindi va u o‗z mohiyatiga ko‗ra, oliy ta‘lim tizimidagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi.




4 Президентимиз Ислом Каримовнинг ―Юксак билимли ва интелектуал ривожланган авлодни тарбиялаш мамлакатни барқарор тараққий эттириш ва модернизация қилишнинг энг муҳим шарти‖ мавзусидаги халқаро конференциянинг очилиш маросимидаги нутқи// Халқ сўзи, 2012 йил 18 февраль.

Bu qaror oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‗quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari bilan ta‘minlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‗nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, ta‘lim standartlarini takomillashtirish hisobidan ta‘lim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‗tarish, ilg‗or pedagogik texnologiyalar va o‗qitish shakllarini joriy etish, o‗qituvchi kadrlar mehnatini rag‗batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma‘lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan.

Dasturda yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish masalasiga alohida e‘tibor berilgan. Bu yo‗nalishda chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilgan bo‗lib, unda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‗nalishlari va mutaxassisliklarni maqbullashtirish hamda davlat ta‘lim standartlari (DTS)ni yanada takomillashtirish nazarda tutilgan. SHunga ko‗ra, mazmuni bo‗yicha turdosh mutaxassisliklarni qo‗shib yuborish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohalarda ehtiyoj qolmagan mutaxassisiliklarni yopish hisobidan 2016 yilga qadar oliy talim bakalavriat bosqichi yo‗nalishlarining soni 228 tadan 165 taga, magistratura bosqichining mutaxassisliklari esa 1200 tadan 500 taga kamaytirildi.

Dastur ijrosi doirasida injiniring, ishlab chiqarish va qurilish sohalari bo‗yicha qabul kvotasi bosqichma-bosqich oshirilib, bu yo‗nalishlarda ta‘lim olayotgan talabalarning umumiy soni amaldagi 23 foizdan 2015-2016 o‗quv yilida 36 foizga yetkazish ko‗zda tutilgan. Bu yo‗nalishlarga ajratilgan davlat granti o‗rinlari esa o‗rtacha 5-10 foizga ko‗payadi. SHunga teng ravishda ―ta‘lim‖ ―iqtisodiyot va biznes‖, ―huquq‖ hamda ijtimoiy-gumanitar sohalarga tegishli ta‘lim yo‗nalishlarida qabul kvotasi va grant o‗rinlari, aksincha, kamayishi kutilmoqda.



Yuksak taraqqiyotni ta‘minlashda «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining barkamol avlod tarbiyasidagi o‗rni va ahamiyatini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:

      1. Milliy dasturning amalga oshirilishi jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy muhitga ijobiy ta‘sir ko‗rsata boshladi.

      2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‗yobga chiqarish jarayonida shaxsning jamiyatdagi o‗z o‗rnini belgilab olishi faollashmoqda.

      3. Ta‘limning milliy modelini amalga oshirish jamiyatda erkin fikrlaydigan shaxsning shakllanishiga olib kelmoqda.

      4. Kadrlar tayyorlashning milliy modeli jamiyatning potentsial imkoniyatlarini ro‗yobga chiqarish omili sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda.

      5. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning modelini amalga oshirish milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ta‘lim-tarbiya jarayonini zamonaviy bosqichga ko‗tarishga qaratilgan bo‗lib, bu esa o‗z navbatida fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga salmoqli hissa qo‗shmoqda.

      6. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amaliyotga tatbiq etish O‗zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‗rin egallashida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

      7. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi milliy istiqlol g‗oyasining asosiy tushuncha va tamoyillariga hamohang bo‗lib, ularning har ikkalasi barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgandir.

      8. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishi Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini to‗la ta‘minlashga xizmat qiladi.

      9. Mamlakatimizda ta‘lim oluvchilarni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashning va ta‘lim ishlarining samarali shakllari hamda uslublari ishlab chiqilib, joriy etilmoqda.

      10. Ta‘lim va kadrlar tayyorlash borasida ta‘lim muassasalarini attestatsiyadan o‗tkazish, akkreditatsiya qilishning samarali tizimi yuzaga keldi.

      11. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ta‘limning talab darajasidagi sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amaliy samarasi va barqaror rivojlanishining kafolatlari, ustuvor yo‗nalishlarini ta‘minlaydigan normativ, moddiy-texnik va axborot bazasi yaratildi.

      12. Uzluksiz ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‗lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etilmoqda.

      13. Kadrlar tayyorlash sohasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‗zaro manfaatli hamkorlik rivojlanmoqda. Xususan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda 2012 yil 16-17 fevral kunlari o‗tkazilgan ―YUksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti‖ mavzusidagi xalqaro konferentsiyada Yurtboshimizning O‗zbekistonda Ta‘lim sohasini isloh qilish, yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash bo‗yicha amalga oshirilayotgan dasturning asosiy maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyati qisqacha bayon etilgan nutqi xalqaro konferentsiya ishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Xulosa qilib shuni e‘tirof etish kerakki, mamlakatimizda qabul qilingan barcha ijtimoiy dasturlar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta‘minlashga qaratilgan. ―Barkamol avlod yili‖ munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturi ham mazmun-mohiyati va ahamiyatiga ko‗ra, davlatimizning yuksak maqsadlarga erishishining ishonchli kafolati bo‗lib, o‗z mustaqil fikriga ega, mustahkam irodali, chuqur bilimli, hech kimdan kam bo‗lmagan barkamol avlodni voyaga yetkazish yo‗lida dasturilamal bo‗lib xizmat qilmoqda.

Mustaqillik yillarida «Ta‘lim to‗g‗risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (1997) asosida uzluksiz ta‘lim tizimining eng muhim quyidagi yo‗nalishlari hayotga tatbiq etildi:



  1. maktabgacha ta‘lim.

  2. umumiy o‗rta ta‘lim.

  3. O‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi.

  4. oliy ta‘lim.

  5. oliy o‗quv yurtidan keyingi ta‘lim.

  6. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

  7. Maktabdan tashqari ta‘lim.

Tizimda mehnat qilayotgan pedagoglar soni va ularning ma‘lumoti bo‗yicha ushbu raqamlarga e‘tibor bering.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab ta‘limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi intellektual jihatdan yuksak salohiyatli avlodni kamol toptirishga xizmat qilmoqda.




  1. Download 0,72 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish