1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари


mavzu: Bozor infratuzilmasida lizingning o„rni va ahamiyati



Download 0,72 Mb.
bet52/108
Sana06.08.2021
Hajmi0,72 Mb.
#139758
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   108
Bog'liq
bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti

mavzu: Bozor infratuzilmasida lizingning o„rni va ahamiyati.


Reja:

  1. Lizingning mazmuni va mohiyati.

  2. Lizing turlari va uning klassifikatsiyasi.

  3. O‗zbekistonda lizing xizmatlari bozori paydo bo‘lishi va rivojlanish istiqbollari.



  1. Lizingning mazmuni va mohiyati.

«Lizing» so‗zi inglizcha «lease» so‗zining ruscha transkripsiyasi hisoblanib, «ijara» ma‘nosini anglatadi. Tabiiyki, «lizing» so‗zining kelib chiqish sabablari va uning keng tarqalgan

«ijara» so‗zidan qanday farq qilishi haqida savol tug‗iladi.

Ma‘lumki, «ijara» deganda, mol-mulkni vaqtinchalik egalik qilishga va foydalanishga berish tushuniladi. Odatda ijaraga beruvchi foydalanilmayotgan xususiy mol-mulkini vaqtinchalik ijaraga berib, xarajatlarni ijara to‗lovlari yordamida qoplab, ma‘lum miqdorda foyda oladi. Ijarada doimo ikki yoqlama (ijaraga beruvchi-ijaraga oluvchi) munosabatlarning mavjudligini kuzatish mumkin.

XX asr 90-yillarining birinchi yarmida respublikada bozor munosabatlarining shakllanishi oqibatida ko‗pgina banklar, kredit muassasalari va korxonalar iqtisodiyotimizda avval qo‗llanilmagan moliyaviy vositalardan foydalana boshladilar. Shunday vositalardan biri, G‗arbda keng tarqalgan hamda yangi investitsiyalarning asosiy manbai hisoblangan - moliyaviy ijara yoki moliyaviy lizingdir. Shunday qilib, «lizing» atamasidan foydalanish, ijaraning yangi- moliyaviy turini farqlash istagidan kelib chiqqan.

Moliyaviy lizing operatsiyasi amalga oshirilganda, mulk egasi va undan foydalanuvchi o‗rtasida moliyaviy vositachi ishtirok etib, ularning kelishuvlarini moliyalashtiradi. Ushbu bitim barcha tomonlar uchun nima sababdan foydali ekanligi quyida ko‗rsatilgan.

Lizing g‗oyalari, qadimda, garchi hali lizing termini mavjud bo‗lmagan davrda ham, lizingga o‗xshash operatsiyalar eramizdan ikki ming yil avval, qadimgi Bobil (Vavilion)da mavjud bo‗lganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Bu haqidagi ma‘lumotlarni mashhur yunon faylasufi Arastuning «Ritorika» asarida ham uchratish mumkin. Uning ta‘kidlashicha, boylik biror mulkka egalik qilishdan emas, balki undan foydalanish natijasida vujudga keladi. Ingliz yozuvchisi T. Klark aytishicha, lizing Arastu yashagan davrdan ancha oldin ham ma‘lum bo‗lgan.

Lizing bitimlari e.a. IV asrda, ya‘ni Arastu yashagan davrdan avval mavjud bo‗lganligi haqida ma‘lumotlar bor. Bu xildagi bitimlar e.a. 2000 yillarda, qadimgi Shumer davlati davrida tuzilgan edi. O‗sha paytlarda qadimgi Shumerning Ur shahrida loydan qilingan qishloq xo‗jaligi mehnat qurollarini, yerni, suv manbalarini, ho‗kizlarni hamda boshqa hayvonlarni ijaraga berishi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar mavjud. 1984 yilda topilgan ushbu ma‘lumotlardan ijaraga beruvchi ibodatxona ruhoniylari bilan mahalliy fermerlarning tuzgan o‗zaro kelishuvlari ma‘lum bo‗ladi. Ijara munosabatlarining tajribasi Shumer davlatidan ham avvalroq mavjud bûlganligini taxmin qilish mumkin, lekin bu haqdagi ma‘lumotlar bizgacha yetib kelmagan.

Rim huquqida ham mol-mulkka oid munosabatlar majmui mavjud bo‗lib, bunda asosan, mulkka egalik qilmasdan turib, undan foydalanish kabi g‗oyalar ilgari surilgan. Rim huquqi kodifikatsiyasini amalga oshirgan Imperator Yustinian I (483-565y.), lizing munosabatlarini keng yoritishga harakat qilgan.

Shunday qilib, egalik qilish va mulkchilik to‗g‗risidagi original fikr va g‗oyalar qadimdan mavjud bo‗lgan.

O‗rta asrlarda Venetsiyada tijorat kemalari uchun langarlar ijaraga berilib, safardan keyin, ular yana boshqa foydalanuvchilarga berish maqsadida o‗z egalariga qaytarilgan.

XIX asr o‗rtalarida, AQSH va Buyuk Britaniyadagi temir yo‗llarning tezkor rivojlanishi davrida temir yo‗l vagonlari lizingga berila boshladi. 1877 yili esa, BELL telefon kompaniyasi o‗zining telefon apparatlarini sotish o‗rniga, ijara shartlari asosida o‗rnatib berishga qaror qildi. Bu operatsiya nafaqat aloqa rivojiga ta‘sir ko‗rsatdi. Balki o‗sha davrning moliyaviy

xizmatlaridan kelayotgan foydadan manfaatdor yangi texnika ishlab chiqaruvchilari o‗zlarining xususiy mulklarini tashkil etuvchi yangi texnologiyalar himoyasi bilan ham qiziqa boshladilar. Shu sababdan ko‗pchilik oddiy savdo qilishdan ko‗ra, ularga «nau-xau»dan foydalanishning monopoliya huquqini saqlab qolishga imkoniyat yaratuvchi uskunalarni ijaraga berishni yuqori baholadi. «Bell» kabi «Hughes» asboblar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, o‗zining 11-granlik burg‗asini faqatgina ijara asosida yetkazib berish orqali baholar ustidan nazoratni saqlab turdi. Poyafzal ishlab chiqarishda qo‗llaniladigan uskunalarni ishlab chiqaruvchi «U.S. Shoe Machenery» kompaniyasi mijozlarini faqatgina o‗zining mahsulotlarini sotib olishga bog‗lab qo‘yuvchi bitimlardan foydalangan. Lekin, AQSh hukumati antimonopol qonunchiligining qabul qilinishi, bu xil amaliyotga chek qo‗ydi va ishlab chiqaruvchilardan o‗z uskunalarini erkin sotuvga qo‗yilishini talab qildi.

Keyinchalik transport vositalari bilan bog‗liq lizing biznesi keng ko‗lamda rivojlana boshladi. 30-yillarda Genri Ford o‗z avtomobillarini sotish borasida ijaradan samarali foydalandi. Lekin Chikagolik tijorat agenti Zolli Frenk avtomobillar lizingi biznesining «qonuniy otasi» bûlib hisoblanadi, u 40-yillarda birinchi bo‗lib avtomobillarning uzoq muddatli ijarasini taklif qildi.

Asosiy faoliyat turi lizing operatsiyalari hisoblangan birinchi kompaniya 1952-yili San- Fransiskoda tashkil etilgan «United States Leasing Corporation» edi. Genri Shonfeld kompaniyaning asoschisi hisoblanadi. Dastlab u kompaniyani alohida bir lizing operatsiyasi uchun tuzgan edi, keyinchalik u lizing bitimlari istiqbolli ekanligini tushunib, «United States Leasing Corporation» kompaniyasini tashkil etdi. Lizing operatsiyalari AQSh chegaralaridan tashqariga chiqqandan so‗ng, lizing biznesining rivojida muhim o‗rin tutgan «xalqaro lizing» tushunchasi vujudga keldi. Bir necha yildan so‗ng kompaniya boshqa davlatlarda o‗zining filiallarini ocha boshladi (eng avval 1959-yilda Kanadada). Keyinchalik kompaniya «United States Leasing International» deb nomlandi.

AQSh tijorat banklari o‗tgan asrning 60-yillari boshlaridanoq, lizing operatsiyalarida ishtirok eta boshladilar. Lizing biznesining kengayishiga 1971 yili Federal zahira tizimi boshqaruvchilari kengashining qabul qilgan qarori turtki bo‗lib, banklarga avval uskunalarni, keyinchalik esa, ko‗chmas mulkni ijaraga berish maqsadida shû‘ba korxonalarni ta‘sis etish uchun imkoniyat berildi.

1982-yil lizing aviatsiya texnikasi uchun ahamiyatli bo‗ldi. Shu yili «Mak-Donnel Duglas» korporatsiyasining DS-9-80 samolyotlari Boing-727 bilan raqobatlashib, lizing asosida yangi moliyaviy siyosatni qo‗llash orqali, bozorni egallay oldi. Duglas tomonidan taklif qilingan konsepsiya «fly before buy» deb ataldi («xarid etishdan oldin uchish»).

Shunday qilib, zamonaviy lizing XX asrning 50-yillari boshlarida AQShda vujudga kelib, 60-yillarning boshlarida yevropada tarqala boshladi. Shu munosabat bilan xususiy huquqni muvofiqlashtirish Xalqaro instituti qoshida 1974-yilda xalqaro lizing bo‗yicha muvofiqlashtirilgan qoidalarni ishlab chiqish uchun ishchi guruhi tashkil etildi. 10 yil mobaynida ushbu yo‗nalishda olib borilgan ishlar natijasida 1988-yil 28-mayda Ottava shahrida (Kanada)

«Xalqaro moliyaviy lizing to‘g‗risida» Konvensiya qabul qilindi.

Zamonaviy iqtisodiy amaliyotda lizingning turli xil ta‘riflari mavjud. Quyida ulardan ba‘zilarini keltiramiz.

Lizing - sotib olish asosida mol-mulkni vaqtinchalik foydalanishga va keyinchalik uzoq muddatli ijaraga berish bilan bog‗liq mol-mulk munosabatlari majmuidir. Lizing sotib olinadigan texnika va asbob-uskunalarni kreditlashning bir turi bo‗lib, an‘anaviy bank ssudasi, (kredit)ning muqobil (alternativ) shaklidir. Lizingda asbob-uskunalarni sotib olishda qator masalalar, xususan

- ijara, sug‗urta, kafolatlash va boshqalar ko‗zda tutiladi.

Lizing - ijara munosabatlarining bir turi bo‗lib, bunda lizing beruvchi o‘z hisobidan ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)dan lizing obyektini xarid qilish maqsadida, u bilan lizing oluvchining topshiriqnomasiga ko‗ra, shartnoma tuzish majburiyatini olishi, lizing oluvchi esa, lizing obyektidan foydalanish evaziga lizing beruvchiga lizing to‗lovlarini to‗lash majburiyatini

o‗z zimmasiga olishini o‗zida mujassam etuvchi, mol-mulkni sotib olinishini moliyalashtirish bo‗yicha ijara munosabatlari shaklidir.

Lizing - vaqti-vaqti bilan pul to‗lab turish evaziga mol-mulkni ma‘lum bir muddatga mijozga berishdir.

Lizing - yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida, vaqtinchalik ishlatish uchun ma‘lum to‗lov evaziga mol-mulkni sotib olish maqsadida bo‗sh yoki jalb qilingan investitsiyalarni yo‗naltirish bo‗yicha tadbirkorlik faoliyatidagi majburiyatlarning bir turidir.

Lizing - ijara muddati mobaynida ijaraga beruvchi mol-mulkka nisbatan huquqlarini saqlab qolgan holda, ijaraga oluvchi uchun ishlab chiqarishda foydalanish maqsadlarida sotib olingan mol-mulk ijarasining turidir.

«Xalqaro moliyaviy lizing to‗g‗risida»gi Konvensiyada moliyaviy lizingning ta‘rifi quyidagichadir: Moliyaviy lizing kelishuvlarida bir tomon (lizing beruvchi) ikkinchi tomon (lizing oluvchi) tomonidan bildirilgan tasnif va shartlar asosida, uchinchi tomon (mol yetkazib beruvchi) bilan kelishuv (yetkazib berish to‗g‗risida kelishuv)ga ko‗ra, lizing beruvchi ishlab chiqarish vositalarini yoki boshqa uskunalarni sotib oladi va foydalanuvchi (lizing oluvchi) bilan bitim (lizing kelishuvi) tuzish asosida, unga lizing to‗lovlari to‗lab turish evaziga, uskunalardan foydalanish huquqini beradi.

Shunday qilib, konvensiyaga asosan lizing shartnomasining o‗ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iboratdir:


    • mijoz lizing uskunalarini yetkazib beruvchilarni mustaqil ravishda aniqlaydi;

    • uskunalar tuzilgan yoki endi tuziladigan va sotuvchiga ma‘lum bo‗lgan lizing shartnomasi asosida xarid qilinadi;

    • lizing uskunalarining lizing shartnomasi asosida hisoblangan to‗la yoki katta qismi qiymatining amortizatsiyasini hisobga olgan holda, davriy to‗lovlar amalga oshiriladi.

Yuqoridagilar asosida aytish mumkinki, lizingga berish jarayoni quyidagi shartlarni taqazo etadi: mol-mulkning xarid qilishga sarflangan mablag‗larining qaytarilishi, lizing xizmatlarining to‗lovliligi, lizing operatsiyasining muayyan muddatga mo‗ljallanganligi kabi ishlar jumlasidan. Mamlakatimizda foydalanilgan texnika va uskunalar bozorining rivojlanmaganligi bois, yuqoridagilarga qo‗shimcha ravishda yana bir shartni - lizing to‗lovlarining kafolatlanganligini ham qayd etish mumkin.

Qonunchilikda lizing (moliyaviy ijara) ijara munosabatlarining alohida turi deb belgilanib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‗iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga o‗n ikki oydan ortiq muddatga beradi.

Ushbu ta‘rifdan ko‗rinib turibdiki, lizing, ijaraga olinayotgan mulkni topshirish, shartnomaning tijorat asosida ekanligi, ijaraga oluvchi mulkka vaqtinchalik egalik qilishi va undan foydalanishi kabi ijaraga xos umumiy xususiyatlar bilan birga, lizingning o‗zigagina xos bo‗lgan shartnoma, uch tomon (lizing beruvchi, lizing oluvchi, sotuvchi) qatnashishi sharti, bilan tuzilgan shartnoma munosabatlari majmui mavjudligi va lizing beruvchi tomonidan lizing predmetini lizingga topshirish maqsadida maxsus sotib olinishi kabi xususiyatlarga ega. Bulardan tashqari qonunchilikda lizing shartnomasining eng kam muddati 12 oy qilib belgilangan. Ayni vaqtning o‗zida qonunchilikda lizing shartnomasining maksimal muddatlari cheklanmagan.

Qonunchilikda lizing faoliyati, lizing beruvchi o‗z mablag‗lari va (yoki) jalb etilgan mablag‗lar hisobidan lizing obyektini sotib olishi va uni lizing shartnomasi bo‗yicha lizing oluvchiga berishi borasidagi investitsiya faoliyatining bir turi deb belgilangan.

Shunday qilib, O‗zbekistonda lizing (moliyaviy ijara), birinchidan, investitsion faoliyatning bir turi sifatida belgilangan bo‗lib, bu hol lizingning iqtisodiy mohiyatini to‗g‗ri aks ettiradi. Zero, lizing kreditlar hisobidan moliyalashtirish va asosiy vositalarni moliyalashtirishning boshqa turlari bilan bir qatorda, korxonalarning kapital qo‗yilmalarini moliyalashtirishning yana bir uslubi hisoblanadi. Ikkinchidan, lizing operatsiyalarini

moliyalashtirish uchun lizing beruvchilar nafaqat o‗z mablag‗laridan, balki jalb qilingan mablag‗lardan ham foydalanish imkoniyatlari mavjud.

Moliyaviy lizing - mol-mulkni sotib olish va keyinchalik uni ma‘lum to‗lov evaziga vaqtincha egalik qilishga va foydalanishga topshirish bilan bog‗liq ravishda vujudga keluvchi mulkiy va iqtisodiy munosabatlar majmuidir.

Klassik lizing uch tomon: lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi ishtirok etishini nazarda tutadi. Amalda lizing operatsiyasining mazmuni quyidagidan iborat: Lizing olishni mo‗ljallagan shaxs, o‗zining moliyaviy mablag‗lari yo‗qligi yoki yetishmasligi sababli lizing kompaniyasiga lizing bitimi tuzish maqsadida murojaat etadi. Ushbu bitimga muvofiq, lizing oluvchi o‗zi uchun zarur bo‗lgan mulkka ega bo‗lgan sotuvchini tanlaydi, lizing beruvchi esa uni o‗z mablag‗lari hisobidan sotib oladi va lizing oluvchiga ma‘lum bir muddatga lizing shartnomasida belgilangan to‗lov asosida foydalanishga beradi. Shartnoma muddati tugagandan so‗ng, uning shartlaridan kelib chiqqan holda, lizing predmeti lizing beruvchi tomonidan qaytarib olinadi yoki lizing oluvchining mulki bo‗lib hisoblanadi.

Agar lizing munosabatlari majmuini alohida tarkibiy qismlarining muhimliligi nuqtai nazaridan ko‗rib chiqsak, mol-mulkni vaqtinchalik foydalanishga berilishi asosiy o‗rin egallashini e‘tirof etish zarur. Mol-mulkning oldi-sotdi masalalari esa ikkinchi darajalidir. Shuning uchun lizing munosabatlari davomida asosiy e‘tibor lizing shartnomasining bajarilishiga qaratiladi.

Iqtisodiy jihatdan tahlil etilganda, lizing kredit munosabatlari va investitsiyalarga o‗xshashdir. Zero, kredit munosabatlari uch tamoyilga asoslanadi: muddatlilik (kredit ma‘lum muddatga beriladi), mablag‗larning qaytarilishi (belgilangan muddatda qaytarish) va to‗lov (ko‗rsatilgan xizmatlar evaziga haq olinadi). Biroq, shartnoma ishtirokchilari pul mablag‗lari bilan emas, balki mol-mulk (asosiy kapital) bilan ish yuritadilar. Shu munosabat bilan ayrim hollarda lizingni asosiy vositalarga qo‗yilgan kredit sifatida turkumlaydilar, shakliga ko‗ra esa u investitsion moliyalashtirishga yaqindir.

Lizing shartnomasini amalga oshirish uchun lizing beruvchi o‗zining bo‗sh mablag‗lariga yetarli darajada ega bo‗lishi yoki uning «arzon» pullarni jalb qilish imkoniyati mavjud bo‗lishi lozim. Bizning mamlakatimiz sharoitida banklar, boshqa kredit muassasalari yoki moliyaviy tuzilmalar ishtirokida tashkil etilgan lizing kompaniyalari shunday ob‘ektlar sifatida xizmat qilishlari mumkin.

Lizingning jahonda tan olingan 2 turi - moliyaviy lizing (finance lease) va operatsion lizing (operating lease) mavjud. Bizning mamlakatimizda «operating lease» operativ lizing nomi bilan yuritiladi. Ikki lizing turining farqlanishi asosida asbob-uskunalardan foydalanish muddati hamda lizing mulkining nobud bo‗lishi va buzilishi kabi qaltisliklarning taqsimlanishi yotadi.

Operativ lizingda shartnoma muddati lizing predmetining me‘yoriy xizmat qilish muddatidan kamroq bo‗lib, shu sababli lizing to‗lovlari mulk qiymatini qoplamaydi. Bu xatarni kamaytirish maqsadida, lizing beruvchi o‗z mulkining qiymatini qoplash uchun mulkni bir necha bor foydalanishga beradi, ammo bu uskunaga talab bo‗lmaganda, lizing beruvchi mulki qiymatining qoplanmaslik havfi oshib boradi. Shu sababli, teng sharoitlarda operativ lizing to‗lovlari moliyaviy lizing to‗lovlariga nisbatan yuqoriroq bo‗ladi.

Ijaraning uzoq muddatliligi va mulkning to‗la qiymatini yoki ushbu qiymatning katta qismini amortizatsiya qilish moliyaviy lizing uchun xosdir. Shartnoma muddati mobaynida lizing beruvchi lizing to‗lovlari asosida mulk qiymatini qoplaydi va lizing bitimidan foyda ko‗radi.

Lizing keng tarqalishining sababi, oddiy ssuda oldidagi uning qator ustunlik tomonlaridir.

Ular qatorida quyidagilarni qayd etish mumkin:



  1. Oddiy, uzoq muddatli kreditdan foydalanib, uskunalar sotib olish uchun korxona o‗z mablag‗lari hisobidan avans shaklida 15% dan kam bo‗lmagan to‗lovlarni amalga oshirishi kerak. Lizingda shartnoma mol-mulk (asbob-uskuna)ning to‗la qiymati miqdorida tuziladi. Lizing to‗lovlari esa odatda uskunalar yetkazib berilgandan so‗ng yoki ma‘lum bir muddat o‗tgandan keyin amalga oshiriladi.

  2. Kichik va o‗rta korxonalar uchun lizing shartnomasini tuzish kredit olishga nisbatan yengilroq kechadi. Ayrim lizing kompaniyalari lizing oluvchidan hatto hech qanday kafolat talab qilmaydi, chunki uskunalarning o‗zi kafolat vazifasini o‗taydi. Lizing oluvchi lizing shartlarini bajarmagan taqdirda, lizing kompaniyasi mol-mulkini qaytarib oladi.

  3. Lizing bitimlari kreditga nisbatan o‗zgaruvchan bo‗lib, sotib oluvchiga moliyalashtirishning qulay sxemasini ishlab chiqish imkonini beradi. Kredit hamma vaqt belgilangan muddatda va hajmdagi to‗lovlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Lizing to‗lovlari tomonlar kelishuviga binoan, oyma-oy, chorakma-chorak va h.k. bo‗lishi, to‗lov summalari ham bir-biridan farqlanishi mumkin. Lizing to‗lovlari stavkasi qat‘iy belgilangan yoki o‗zgaruvchan bo‗lishi mumkin. Bazi hollarda lizing to‗lovlari lizingga olingan asbob-uskunalarda ishlab chiqarilgan tovarlar sotuvidan tushgan tushumlar orqali qoplanadi yoki korxona lizing beruvchiga xizmat ko‗rsatishi evaziga qoplanishi mumkin. Lizing to‗lovlari ishlab chiqarish xarajatlariga kiritiladi va shu orqali lizing oluvchining soliqqa tortiladigan daromadlar bazasini kamaytiradi.

  4. Lizing oluvchi doimiy ravishda o‗zining asbob-uskunalarini yangilab turishi mumkin. Mulkning eskirishidan kelib chiquvchi qaltisliklar to‗laligicha lizing beruvchi zimmasida bo‗ladi.

  5. Ijaraga olingan mulkni hisobga olish afzalliklari. Lizing kelishuvlaridan kelib chiqadigan o‗z moliyaviy majburiyatlarini nashr etish, shuningdek lizing mol-mulkini hisobga olish va amortizatsiyasi korxonaning balansi bo‗yicha amalga oshirilishi hisoblanadi. Balans tuzilgan sanada majburiyatlar bo‗yicha raqamli axborot Lizevropning lizing bitimlarini hisobga olish bo‗yicha asosiy tamoyillari bo‗lib balansga ilova ko‗rinishida tayyorlanishi mumkin. Bunda quyidagilarni aks ettirish lozim: joriy moliyaviy yildagi lizing to‗lovlarining summasini; shartnoma davridagi ijara to‗lovlarining umumiy summasini va ularning balans tuzilgan sanadagi bahosini. Ko‗pgina mamlakatlarda qonunchilik tomonidan korxonalarning o‗z va qarzga olinadigan mablag‗lari bir-biriga nisbatan aniq mutanosiblikda bo‗lishi belgilangan. Zero, lizing bitimiga binoan, mol-mulk lizing beruvchining balansida hisobga olinadi, ya‘ni lizing oluvchi o‗zining ishlab chiqarish quvvatlarini mutanosiblikni buzmasdan kengaytirishi mumkin.

  6. Xalqaro lizing operatsiyalarda lizing oluvchi lizing beruvchi davlatning soliq imtiyozlariga ega bo‗lib, shu yo‗l orqali to‗lovlar kamayadi, hamda (bu asosan operativ lizingda bo‗ladi) lizing beruvchilar va ularning vakillari tomonidan qo‗shimcha xizmatlar ko‗rsatiladi (masalan, texnik xizmat va ijaraga olingan asbob-uskunalarni ta‘mirlash, foydalanish uchun maslahatlar, nou-xauning olinishi, ehtiyot qismlarni yetkazib berish va h.k.).

  7. Xalqaro valyuta fondi davlatlarning qarzdorliklarini hisoblaganda lizing shartnomalari qiymatini hisobga olmaydi, ya‘ni alohida davlatlar uchun Fond tomonidan o‗rnatiladigan kredit qarzdorligi limitini oshirish ehtimoli mavjud bo‗ladi.

Lizing munosabatlarining asosiy qatnashchilari uchun mavjud afzalliklar: Lizing oluvchi subyektlar uchun:

      • eskirayotgan texnika, uskuna va jihozlarni eng zamonaviylari bilan almashtirish imkoniyatlari tug‗iladi;

      • bir vaqtning o‗zida mulkni sotib olish va moliyalashtirish masalasi hal etiladi;

      • sotib olinayotgan uskunaning umumiy qiymatini bir paytning o‗zida to‗lash muammosidan ozod bo‗ladi;

      • lizingning operativ turi tadbiq etilganda, mulkka solinadigan soliqdan ozod etiladi;

      • zamonaviy texnologiyani ishlatishdan hosil bo‗ladigan foydaning kelishi tezlashadi;

      • uskuna qiymati, uni «Daromadga qarab buromad» tamoyili asosida ishlatishdan hosil bo‗lgan mablag‗lar hisobiga to‗lanadi;

      • foyda solig‗iga tortiladigan soliq bazasi hisoblanayotganda lizing to‗lovlari ayrib tashlanadi.

Lizing beruvchilar uchun:

      • taqdim etilayotgan xizmatlar ko‗lamini kengaytirish va eski mijozlarni saqlab qolish;

      • yangi mijozlarni jalb etish;

      • o‗zining bo‗sh mablag‗laridan samarali foydalanish hamda qo‗shimcha foyda olish;

        • mijoz to‗lovga qobiliyatsiz bo‗lganda zararni kamaytirish. Mulk shaklida investitsiya amalga oshirilganda pul shaklidagi kreditdan farqli o‗laroq, mablag‗larning qaytib kelmaslik qaltisligi kamayadi, chunki lizing beruvchi lizingga topshirilgan mulkka egalik qilish huquqini o‗zida saqlab qoladi.

Lizingga beriladigan uskunalarning sotuvchisi uchun:

        • mahsulot sotish bozorining kengayishi. Investitsiyalarning cheklangan miqdorda moliyalashtirilishi ko‗p hollarda korxonalarga texnologik bazalarini o‗z vaqtida yangilashlariga imkon bermaydi.

Davlat uchun:

        • investitsiya qo‗yilmalaridan maqsadli foydalanishni kafolatlash;

        • faol investitsiya siyosatini amalga oshirish;

        • an‘anaviy moliyalashga qo‗shimcha ravishda mablag‗larni asosiy fondlarga qo‗yish;

        • kichik va o‗rta tadbirkorlik sohasidagi ishlab chiqaruvchilar faoliyatining rivojlanishini rag‗batlantirish;

        • qo‗shimcha ma‘muriy organlarni tashkil etmagan holda, faqat iqtisodiy uslublar bilan ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun investitsiyalarni amalga oshirish;

        • yana bir muhim foydali tomoni uskunalar importi bo‗yicha bir davlat subyektlari tomonidan imzolangan xalqaro lizing shartnomalarining umumiy summasi davlatning tashqi qarzlarini hisoblashda aks ettirilmaydi, bu esa ularga xalqaro moliyaviy institutlarda, masalan, Xalqaro valyuta fondida o‗zining ijobiy kredit reytingini saqlash imkoniyatini beradi.

Lizingning salbiy taraflari:

Lizing sxemasidan asosiy vositalarni yangilashni moliyalashtirishda foydalanib, korxona daromad solig‗i to‗lashda tannarxdan lizing to‗lovini chegirib tashlanishi hisobiga mablag‗larni tejaydi, lekin jalb qilingan qarzning lizing kompaniyasi bank kreditiga o‗z foizlarini qo‗shishi natijasida qimmatlashishi sababli, tashkilot xarajatlari yuqori bo‗lishi mumkin.

Odatda lizing oluvchi uchun lizing qiymati oddiy sotib olish bahosidan yoki bank kreditidan yuqoriroq bo‗ladi. Jalb qilingan mablag‗lar qiymati lizing kompaniyasi uchun korxonaga nisbatan arzonroq bo‗lgan taqdirdagina lizing foydali hisoblanadi.

Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan, iste‘mol qilinmaydigan har qanday buyumlar, jumladan korxonalar, mulkiy majmualar, binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‗char va ko‗chmas mulk lizing obyektlari bo‗lishi mumkin.

Ta‘qiqlangan yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, hamda muomaladan chiqarilgan yoki lizing obyekti sifatida muomalada bo‗lishi cheklangan mol-mulk lizing obyekti bo‗lishi mumkin emas.

Qonunda va Fuqarolik Kodeksida keltirilgan lizing obyektining ushbu izohi lizingga xos bo‗lgan yangi xususiyatni - lizing oluvchi lizing obyektidan faqat tadbirkorlik faoliyatida foydalanishi mumkinligini alohida qayd etadi. Lizingning ijaradan asosiy farqi ham, keyinchalik sotib olishdan iborat. Lizingda faqat biznes, tadbirkorlik faoliyati moliyalashtirilib, qo‗shimcha ishchi o‗rinlari tashkil etiladi, byudjetga soliq ko‗rinishida tushumlar ko‗paytiriladi va mamlakat iqtisodiyotining umumiy rivojlanishiga ko‗maklashiladi.

Lizing obyekti lizing oluvchining krediti(qarzi) hisobidan olingan taqdirda, aniq lizing obyektiga nisbatan lizing beruvchining kreditori va lizing oluvchi bir shaxs timsolida ish ko‗rishiga yo‗l qo‗yilmaydi.

Lizing beruvchi mol-mulkni bo‗lajak foydalanuvchidan sotib olgan taqdirda yoxud lizing beruvchi kelajakda mol-mulkni ishlab chiqaruvchiga lizing bo‗yicha topshirish uchun undan shu mol-mulkni sotib olish maqsadida, uni mablag‗ bilan ta‘minlagan taqdirda, bir shaxsning o‗zi ham lizing oluvchi, ham ishlab chiqaruvchi bo‗lishiga yo‗l qo‗yiladi.

Lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi lizing subyektlaridir.

Lizing shartnomasi bo‗yicha lizing oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing obyektini mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi deb e‘tirof etiladi.

Egalik qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi bo‗yicha lizing obyektini olayotgan shaxs lizing oluvchi deb e‘tirof etiladi.

Lizing beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan bo‗lsa, shu shaxs sotuvchi deb e‘tirof



etiladi.
Eng ko‗p uchraydigan lizing beruvchilar:

  • Bank yoki uning filiali;

  • Lizing operatsiyalarni amalga oshirish uchun maxsus tashkil etilgan lizing kompaniyalari;

  • Lizing shartnomasini moliyaviy ta‘minlashdan tashqari xizmat ko‗rsatish, mulkni ta‘mirlash, o‗qitish, maslahat va h.k. kabi moliyaviy bo‗lmagan xizmatlarning to‗la majmuini amalga oshiruvchi ixtisoslashgan lizing kompaniyasi.

Lizing oluvchi, lizing beruvchi va sotuvchilardan tashqari lizing munosabatlarida boshqa

kredit tashkilotlari, banklar, sug‗urta va konsalting kompaniyalari, davlat tomonidan boshqariladigan tadbirkorlik faoliyatini qo‗llab quvvatlaydagan organlar ham qatnashishi mumkin.

Qonunchilikka muvofiq lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchilar yuridik hamda jismoniy shaxslar bo‗lishlari mumkin.

Ta‘kidlash joizki, «Xususiy tadbirkorlik to‗g‗risida»gi Nizomga muvofiq tijorat, jumladan lizing faoliyatini amalga oshirish uchun jismoniy shaxslar xususiy tadbirkor mavqiega ega bo‗lishlari lozim. Shuningdek, lizing predmeti lizing oluvchining krediti (qarzi) hisobidan sotib olingan taqdirda, lizing beruvchi va lizing oluvchi sifatida bitta shaxs qatnashishi qonunchilik asosida taqiqlangan. Shunday qilib, masalan, bank lizing beruvchiga kredit berib, so‗ngra ushbu kredit hisobidan sotib olingan mulkni lizingga olishi mumkin emas.


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish