Kliringning vazafalari quyidagilardan iborat:
bitimga doir axborotni yig‗ish, taqqoslash, tuzatish bo‗yicha operatsiyalarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi o‗zaro majburiyatlarni belgilash, aniqlash, hisobga olish;
bitim yakunlari bo‗yicha pul mablag‗larini o‗tkazish va qimmatli qog‗ozlarni yetkazib berish uchun asos bo‗luvchi hujjatlarni tuzish hamda ularni ijro uchun jo‗natish;
pul mablag‗lari va qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha majburiyatlarning bir vaqtning o‗zida bajarilishini, ya‘ni "to‗lovga qarshi yetkazib berish" tamoyiliga rioya etilishini nazorat qilish, shu jumladan, tuzilgan va ijro uchun yuborilgan hisob-kitob hujjatlarining harakatini nazorat qilish;
tuzilgan bitim bo‗yicha majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish;
savdolar ishtirokchilari tomonidan qimmatli qog‗ozlar oldi- sotdisini amalga oshirish uchun kiritiladigan pul mablag‗lari va qimmatli qog‗ozlarni deponentlashga qabul qilish;
savdolar tashkilotchilari (fond birjalari, fond boyliklari bilan birjadan tashqari savdo- sotiqni tashkil etuvchi muassasalar)ga savdo ishtirokchilarining deponentlangan qimmatli qog‗ozlari va pul mablag‗lari haqidagi axborotni taqdim etish;
hisob-kitob kliring tashkilotlarining a‘zolari uchun zahira fondidan mablag‗larni shartnoma asosida berish yo‗li bilan bitimlarning kafolatli ijro etilishini ta‘minlash.
Yuqorida sanab o‗tilgan vazifalarni amalga oshirish uchun hisob-kitob-kliring tashkiloti tuzilgan shartnomalar asosida o‗z mijozlarining hisobraqamlarini yuritadi, banklar, depozitariylar, birjalar, savdolarning birjadan tashqari tizimlari bilan o‗zaro hamkorlik qilish haqida shartnomalar tuzadi. HKT talab qilish huquqini qo‗lga kiritadi, shuningdek, talab qilish huquqi yoki qimmatli qog‗ozlar bilan bitimlar bo‗yicha majburiyatlarga ega bo‗lgan shaxslarni almashtirish yo‗li bilan HKT a‘zolarining majburiyatlarini o‗ziga qabul qiladi. O‗z navbatida, HKTning barcha a‘zolari o‗zlarining talab qilish huquqlaridan voz kechishadi hamda o‗zlari tuzgan barcha bitimlar bo‗yicha majburiyatlarni (qarzlarni) hisob-kitob kliring tashkilotiga o‗tkazadi. Shunday qilib, HKT tuzilgan bitimlar bo‗yicha tashkilotni har bir a‘zosining kontragentiga aylanadi.
Hisob-kitob kliring tashkiloti HKT a‘zolari bilan ham, ularning mijozlari bilan ham o‗zaro hamkorlik qiladi.
HKT bilan hisob-kitob kliring xizmati ko‗rsatish to‗g‗risidagi shartnomani imzolagan, tashkiliy badalni kiritgan va HKTning boshqa a‘zolari tomonidan buzilgan taqqoslash tizimidan o‗tgan bitimlarning bajarilishi uchun birgaliqda javob berish majburiyatini o‗z bo‗yniga olgan qimmatli qog‗ozlar bozorining professional ishtirokchilari HKTga a‘zo bo‗ladi. Hisob-kitob kliring tashkilotining mijozlari bu HKT bilan bevosita tuzilgan shartnoma yoki HKT a‘zosi bilan qimmatli qog‗ozlarni xarid qilish exud sotish haqida tuzilgan topshiriq shartnomasi asosida, yo bo‗lmasa, HKT mijozining savdolar tashkilotchilari bilan tuzgan shartnomasi asosida uning xizmatiga murojaat etuvchi fond bozorining ishtirokchilaridir.
HKTning uning a‘zolari bilan o‗zaro munosabati hisob-kitob kliring xizmatini ko‗rsatish haqidagi shartnoma asosida, HKT a‘zolarining mijozlari bilan o‗zaro munosabatlar esa HKT a‘zosi bilan hisob-kitob kliring xizmatini ko‗rsatish to‗g‗risida tuzilgan shartnoma hamda HKT a‘zosi va mijoz o‗rtasida tuzilgan topshiriq shartnomasi asosida tartibga solinadi. Hisob-kitob kliring xizmatini ko‗rsatish to‗g‗risidagi shartnoma HKT a‘zosi tomonidan taqqoslash va kliring tizimini yaratish hamda uning ishlashini ta‘minlash uchun tashkiliy badalning kiritilishi haqidagi talabni o‗z ichiga olishi mumkin.
Mijozlar bilan o‗zaro hamkorlik jarayonida hisob-kitob-kliring tashkiloti mijozning pul mablag‗lariga nisbatan kliring o‗tkazilayotgan bitim bo‗yicha mijoz majburiyatlarining bajarilishi bilan bog‗liq harakatlardan tashqari biror bir harakatni qo‗llashi, shuningdek, mijoz haqidagi axborotni boshqalarga oshkor etishi mumkin emas. Hisob-kitob-kliring tashkiloti mijoz hisobraqamidan pul mablaglarini o‗tkazish bo‗yicha har bir operatsiyaning sanasi va uni amalga oshirish asoslarini ko‗rsatgan holda mijozning shaxsiy hisobraqamini yuritishi zarur. Mijoz hisobraqamidagi mablag‗lar miqdorining har qanday o‗zgarishi hisobraqamlardan tegishli ko‗chirmalarning berilishi bilan tasdiqlanadi.
O‗z faoliyatini amalga oshirish uchun hisob-kitob kliring tashkiloti bankda ikkita hisobraqam ochadi - o‗zining xo‗jalik-moliyaviy faoliyatini yuritish uchun "talab qilib olinguncha" depozit hisobraqami va HKT a‘zolari hamda mijozlarining pul mablarlarini hisobga olish va saqlash uchun ikkilamchi depozit hisobraqami. HKT a‘zolari va mijozlarining pul mablag‗larini hisobga olish uchun ularga shartnoma asosida shaxsiy hisobraqamlar ochiladi. Kliringni o‗tkazish va o‗zaro majburiyatlarni hisobga olish natijalariga ko‗ra mijozning qimmatli qog‗ozlar bilan tuzgan bitimlari bo‗yicha pul mablag‗lari hamda qimmatli qog‗ozlari yuzasidan HKT a‘zolari va mijozlarining shaxsiy hisobraqamlari bo‗yicha o‗tkazmalar amalga oshiriladi. Majburiyatlar va talablar huquqlarini hisob-kitob qilish bitimda ishtirok etgan tomonlar HKTga taqdim etgan qimmatli qog‗ozlar oldi-sotdisiga doir shartnomalar hamda savdolar tashkilotchilari tomonidan HKTga taqdim etilgan bitimlar reestridan ko‗chirmalar asosida amalga oshiriladi.
Bunda HKT a‘zolari va mijozlarining mablag‗lari ushbu tashkilot tomonidan o‗z majburiyatlarini bajarish uchun sarflanishi yoki uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |