Mamlakatimizning sug„urta faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar.
Sug‗urta huquqi sug‗urta haqidagi barcha qonunlar, huquqiy va me‘yoriy hujjatlarni o‗zida mujassamlashtirgan. Fuqarolik kodeksining 52-bobi sug‗urta masalalariga bag‗ishlangan. Bunda sug‗urtaning eng muhim huquqiy masalalari, sug‗urta shartnomalarini tuzish, ikki tomonlama sug‗urtalash, hamkorlik sug‗urtasi, qayta sug‗urtalash, bu sug‗urtalashni amalga oshirishda tomonlarning javobgarligi va boshqalar fuqarolik kodeksi doirasida tushintirib berilgan.
Mamlakatimizda sug‗urta to‗g‗risidagi qonun 1993-yil 6-mayda qabul qilindi. Ushbu qonun 5 bob 33 moddadan iborat bo‗lib, bu qonunda respublika iqtisodiyotida sug‗urtaning tutgan o‗rni, sug‗urta bozorini shakllantirish masalalari, sug‗urtani tashkil etish va huquqiy asoslari bayon qilingan. Shu hisobda fuqaro va yuridik shaxslarning sug‗urta tashkilotlari bilan munosabatlari, sug‗urta tashkilotlarining moliyaviy masalasi, sug‗urta bo‗yicha davlat nazorati va boshqalar bayon qilinadi.
Qonunning 1-bobida sug‗urta ta‘rifi beriladi, sug‗urta obyektlari, shakllari, tariflari, to‗lovlari, qayta sug‗urta lash va birgalikda sug‗urta lash masalalari bayon kilinadi. 2-bob asosan sug‗urta shartnomalarini tuzish, shartnomada tomonlarning huquqlqri va uni rasmiylashtirish xamda to‗xtatish masalalariga bag‗ishlangan. 3-bobda sug‗urta lanuvchilarning moliyaviy barkarorligini ta‘minlash masalalari yoritilgan. 4-bob sug‗urta faoliyati ustidan davlat nazorati o‗rnatishga, 5-bob esa yakunlovchi masalalarga bag‗ishlangan.
Sug‗urta haqidagi qonunda qator yangi tushunchalar, masala, qayta va birgalikda sug‗urtalash, sug‗urta brokeri, sug‗urta ruxsatnomalarini olish va boshqa masalalar yoritilgan.
2002-yilda yangi tahrirdagi «Sug‗urta to‗g‗risida»gi qonun qabul qilindi, sug‗urta kompaniyalarining mustaqil faoliyat yuritishiga keng sharoitlar yaratib berildi. 2002-yilgacha 30 ta sug‗urta kompaniyalari tashkil etilib, sug‗urta bozori shakllandi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan eng yirik sug‗urta kompaniyalari quyidagilar:
«O‗zagrosug‗urta» davlat aksiyadorlik sug‗urta kompaniyasi;
«Kafolat» davlat aksiyadorlik sug‗urta kompaniyasi;
«O‗zbekinvest» eksport-import milliy sug‗urta kompaniyasi. O‗zagrosug‗urta davlat aksiyadorlik sug‗urta kompaniyasi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida, yuridik shaxs sifatida tashkil qilinib, o‗zining mustaqil balansi, hisob va valyuta hisobraqamlariga ega. Kompaniya faoliyatining asosiy yo‗nalishlari qishloq xo‗jaligi sohasida tovar ishlab chiqaruvchilarning mulk va mahsulotlarini sug‗urta yo‗li bilan himoya etish, banklardan olingan
kreditlarni qaytarishga sug‗urta kafolatlarini taqdim etish, yuridik va jismoniy shaxslarga har tomonlama sug‗urta xizmatini ko‗rsatishdan iboratdir.
«O‗zagrosug‗urta» tomonidan amalga oshiriladigan sug‗urtaning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
Qishloq xo‗jalik korxonalari va qishloq aholisini majburiy sug‗urta qilish; ya‘ni:
tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar qaytarilishi uchun qishloq xo‗jaligi korxonalarining javobgarligini sug‗urta qilish;
fyuchers shartnomalari bo‗yicha mablag‗larni qaytarilishini sug‗urta qilish;
qishloq fuqarosiga tegishli mol-mulkni sug‗urta qilish;
garovga qo‗yilgan mol-mulkni sug‗urta qilish;
transport egalarining fuqarolik javobgarligini sug‗urta qilish.
Qishloq xo‗jalik korxonalarini ixtiyoriy sug‗urta qilishi ya‘ni:
ekinlar hosilini sug‗urta qilish;
ekinlarni qayta ekishni va oldin chiqqan ekinlarni butlashni sug‗urta qilish;
chorva mollarini sug‗urta qilish;
asosiy vositalarni sug‗urta qilish;
tabiiy pichanzorlarni, yaylovzorlarni va tut bargini sug‗urta qilish;
pillani sug‗urta qilish;
bog‗lar va uzumzorlar hosilini do‗l urishdan sug‗urta qilish;
korxonalar, dehqon, fermer va ijara xo‗jaliklarning mol-mulkini sug‗urta qilish;
qishloq xo‗jalik tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan jo‗natiladigan yuklarni sug‗urta qilish.
Kompaniyaning nizom fondi ta‘sislik badallari hisobidan tashkil topadi. Naqd pulsiz shakllardagi oddiy va egasi yozilmagan aksiyalar chiqaradigan bu kompaniya cheklanmagan miqdorlarda sug‗urta fondlari tashkil qilish huquqiga ega. Nizom fondining 25 % ni zahira fondlari daromad hisobidan tashkil qilinadi. Kompaniya o‗z faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa fondlar ham tashkil qiladi.
Shahar korxonalari va qishloq korxonalari aholisining iqtisodiyoti hamda turmush sharoiti bir xil bo‗lmaganidek, ulardagi sug‗urta obyektlari, hatto sug‗urta hodisalari ham bir-biridan farq qiladi. Shu boisdan sug‗urta ishlarini tashkil qilishda ularning xususiyatlarini e‘tiborga olish talab qilinadi, chunki sanoat va qishloq xo‗jalik korxonalarining mol-mulki, mehnat sharoiti bir xil emas. Ana shularni nazarda tutib Respublika Vazirlar Mahkamasi shahar hududida joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarga sug‗urta xizmatini ko‗rsatish maqsadida «Kafolat» davlat aksiyadorlik sug‗urta kompaniyasini tashkil qilindi. Uning asosiy vazifalari:
shaharlarda aholi hayotini, salomatligini va mol-mulkini sug‗urta qilish;
korxonalar, tashkilotlar va muassasalar mol-mulkini sug‗urta qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy va tadbirkorlik tavakkalchiliklarini sug‗urta qilishni amalga oshirish;
qonunda ko‗zda tutilgan sug‗urtaning majburiy turlarini amalga oshirish;
qo‗shimcha sug‗urtalash va qayta sug‗urta operatsiyalarini amalga oshirish, sug‗urtaviy maslahat xizmatlarini ko‗rsatish;
mahalliy sharoitlarni hisobga olib, sug‗urtaning yangi turlarini joriy etish;
korxonalar javobgarligini va mol-mulkini ixtiyoriy sug‗urta qilish. Shaharlarda joylashgan davlat, xususiylashtirilgan, qo‗shma, kichik va xususiy korxonalar va tashkilotlarni javobgarligi va mol-mulkini sug‗urta qilish.
sug‗urtaning qonunchilik hujjatlarida va hukumat qarorlarida nazarda tutilgan majburiy turlarini sug‗urta qilish. Bu fuqaro mol-mulki, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi, yo‗lovchilar sug‗urtasi, temir yo‗l transporti, parvozlarda ishtirok etuvchi xodimlar, oddiy askarlar va boshqalar tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilarni va harbiy xizmatni o‗tashga majbur shaxslarni sug‗urta qilish demakdir.
Mamlakatimizda O‗zbekinvest milliy sug‗urta kompaniyasi 1994-yilda O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlari bilan tashkil etilgan bo‗lib, 1997-yilda esa
O‗zbekinvest eksport-import milliy sug‗urta kompaniyasiga aylantirildi. Unga eksport sug‗urtasi bo‗yicha hukumatning rasmiy sug‗urta agentligi maqomi berildi. Ushbu kompaniyaning Ustav sarmoyasi 60 mln. AQSh dollari miqdorida shakllantirilgan bo‗lib, shundan 50 mln. AQSh dollari O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, 10 mln. AQSh dollari Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankiga tegishlidir. Kompaniyaning asosiy vazifasi O‗zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy sarmoyalar jalb qilinishini va eksport imkonoyatlari o‗sishini sug‗urta obyektlariga siyosiy va tijorat xavf-xatarlaridan ishonchli sug‗urta himoyasini taqdim etish yo‗li bilan rag‗batlantirishdan iborat.
Har bir sug‗urta xilining xususiyatini ko‗zda tutib, sug‗urta faoliyati quyidagi yo‗nalishlarda guruhlashtiriladi:
hududlar bo‗yicha (mamlakatning ichki doirasi va tashqi sug‗urta munosabatlari e‘tiborga olinadi);
davlat va xususiy sug‗urta tashkilotlari bo‗yicha;
tarmoqlar bo‗yicha;
xavf-xatar xillari bo‗yicha;
majburiy va ixtiyoriy sug‗urta bo‗yicha.
Hududlar buyicha sug‗urta lashda mamlakatning ichki doirasida va tashki iqtisodiy munosabatlarida olib boriladigan ishlar, shu jumladan xorijiy mamlakatlar bilan sug‗urta sohasida xamkorlik kilishibunda fakat eksport-import muammolarigina emas, balki investitsiyalar, diplomatiya xodimlarini xam sug‗urta lash ko‗zda tutiladi, bunday sug‗urta lash davlat va xususiy tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shu munosabat bilan dastlab sug‗urta tashkilotlarini quyidagicha guruhlash mumkin:
faqat xorijiy mamlakatlar investorlari (O‗zbekinvest) va tashqi iqtisodiy munosabatlarga xizmat qiluvchi sug‗urta tashkilotlari;
faqat mamlakat doirasida huquqiy va jismoniy shaxslarga xizmat qiluvchi xususiy sug‗urta tashkilotlari;
davlat hissadorlik sug‗urta tashkilotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |