1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари


Birjalar turlari va ularning faoliyat yuritish mexanizmi



Download 0,72 Mb.
bet26/108
Sana06.08.2021
Hajmi0,72 Mb.
#139758
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   108
Bog'liq
bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti

Birjalar turlari va ularning faoliyat yuritish mexanizmi.

Tovar birjalari – belgilangan qoidalar asosida erkin raqobatga asoslanib doimiy faoliyat yurituvchi tovarlarning ulgurji bozoridir. Ilk tovar birjalari XVI asrda Yevropada (London, Antverpen, Lion, Tuluza va boshqalar) paydo bo‗lgan. Tovar birjalarining yirik xalqaro markazlari – AQSh, Angliya va Yaponiyadir. Jami birja savdolari aylanuvining 90 foizi ushbu davlatlar hissasiga to‗g‗ri keladi.

Savdosi amalga oshirilayotgan tovarlar nomenklaturasiga ko‗ra tovar birjalarini universal va ixtisoslashgan birjalarga bo‗lish mumkin.

Universal tovar birjalarida sotiladigan tovarlar nomenklaturasi keng bo‗ladi. Masalan, Tokio tovar birjasida oltin, kumush, platina, kauchuk, paxta kalavasi, jun kalavasi va boshqa shu kabilar sotiladi.

Ixtisoslashgan tovar birjalarida esa asosan bir turdagi tovarlar sotiladi. London metall birjasida mis, alyuminiy, nikel, rux va shunga o‗xshash metallar sotiladi. Nyu Yorkdagi Komeks birjasida qimmatbaho va rangli metallar – oltin, kumush, mis va alyuminiy sotiladi. Bundan tashqari Nyu York paxta birjasi, Minneapolis (AQSh) don birjasi, London neft birjalari ham ixtisoslashgan birjalarga misol bo‗ladi.

Tovar birjalari tovarlarning savdosi amalga oshadigan joy va tovarlarning bahosini belgilab berish kabi funksiyalarini bajaradi.

Tovar birjalarining tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyatidir. Aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi – birjaning oliy boshqaruv organi bo‗lib, aksiyadorlar va ularning vakillaridan tashkil topgan. Birja kengashi - boshqaruv organi, aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishlari oralig‗ida birjaning faoliyatini nazorat qiladi va muvofiqlashtirib turadi. Taftish hay‘ati - birjaning moliyaviy xo‗jalik faoliyatini nazorat qiluvchi organ.

Fond birjasi - bu qimmatli qog‗ozlar savdosi amalga oshadigan doimiy faoliyat yurituvchi tashkillashgan bozordir. Dastlabki fond birjalari XVIII asr oxirida Yevropada paydo bo‗lgan. 1773-yilda Londonda brokerlar tomonidan fond birjasi qimmatli qog‗ozlar bilan savdo qilish uchun tashkil etildi. 1791-yilda Filodelfiyada fond birjasi tashkil etilgan. 1792-yilda Nyu-York fond birjasi (New York Stock Exchange – NYSE) ochilgan. U birja hozirgi kungacha dunyoning eng yetakchi fond birjasi bo‗lib kelyapti. Nyu York fond birjasining savdo aylanmasi turli yillarda dunyo bo‗yicha fond birjalaridagi qimmatli qog‗ozlar aylanmasining uchdan bir qismidan yarmigacha tashkil etmoqda. Ushbu birja savdosining 90 foizi aksiyalar hissasiga to‗g‗ri keladi. Yaponiyada esa 1878-yilda ilk fond birjasi tashkil etilgan.

Fond birjalarida qimmatli qog‗ozlar: aksiyalar, obligatsiyalar, davlat qarzdorlik majburiyati (zayom), veksellar va boshqa shu kabilarning savdosi amalga oshiriladi.

Barcha birjalardagi aksiya kursining harakatini belgilash uchun aksiyalar indeksi hisoblab chiqiladi. Nyu York fond birjasida anqlanadigan Dou-Jons indeksi dunyo fond birjalaridagi muhim indeks hisoblanadi. Amerikadagi «Uoll strit Djornel» jurnalining sobiq muharriri X.Dou 1897-yilda ushbu indeksni yaratgan. Ushbu indeks 1928-yilda qabul qilingan va hozirgacha o‗zgarmasdan kelmoqda. Dou-Jons indeksi uchta turli indeksdan tashkil topgan: 30 ta sanoat kompaniyasi aksiyasi indeksi, 20 ta transport kompaniyasi aksiyasi indeksi va 15 ta kommunal kompaniya aksiyasi indeksi. Dunyoning yetakchi fond birjalaridagi aksiya kursining o‗zgarishini



aks ettiruvchi quyidagi indekslar ham mavjud: Tokio – NIKKEI 225, London – FTSE, Parij – CAC 40, Milan – MIBTEL, Amsterdam – EOX, Gonkong – HangSeng va boshqalar.

Hozirgi davrda dunyoning 60 dan ziyod mamlakatlarida 200 ga yaqin fond birjalari mavjud bo‗lib, shuning 100 tadan ortig‗i Yevropadadir. Fond birjalarining Xalqaro federatsiyasi mavjud, uning shtab-kvartirasi Parij shahrida joylashgan. U qimmatli qog‗ozlar bozorlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va aksionerlarning huquqlarini ta‘minlaydi.

Qimmatli qog‗ozlar muomalasini amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‗lgan yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasi muassislari bo‗lishi mumkin. Birjada brokerlik o‗rnini sotib olgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar fond birjasining a‘zolari bo‗lishlari mumkin. Fond birjasi a‘zolarining sonini birjaning boshqaruv organlari tartibga solib turadilar. Davlat hokimiyati va boshqaruv, prokuratura va sud organlari, ularninng mansabdor shaxslari va mutaxassislari fond birjasi a‘zolari bo‗lishga haqli emasdir. Fond birjasi a‘zolari qimmatli qog‗ozlar muomalasini amalga oshirish uchun ruxsatnomaga ega bo‗lgan hamda investitsiya muassisi maqomini olgan taqdirdagina oldi-sotdiga qo‗yiladi. Brokerlik o‗rnini sotib olgan jismoniy shaxs uni davlat hokimiyati mahalliy organlarida ro‗yxatdan o‗tkazganidan keyingina oldi-sotdiga qo‗yilishi mumkin. Respublikamiz fond birjasidagi oldi-sotdini faqatgina broker amalga oshirishi va qonunlashtirish mumkin. Makler, katta makler va ularning yordamchilari operatsion zallarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etadilar. O‗zbekiston Respublikasining «Birjalar va birja faoliyati to‗g‗risida»gi qonunga muvofiq quyidagi idoralar, muassasalar, birlashmalar birja bo‗lishi mumkin emas:

­ davlat hokimiyati va boshqaruvning oliy hamda mahalliy idoralari;

­ davlat banklari va davlat kredit muassasalari (bunda banklar fond va valyuta birjalarining muassalari bo‗lishi mumkin);

­ davlat sug‗urta va davlat inspeksiyasi kompaniyalari hamda fondlari;

­ jamoat, diniy va xayriya birlashma (tashkilot)lari hamda fondlari;

­ qonunlarga ko‗ra tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanishi man etilgan jismoniy shaxslar.

Qimmatli qog‗ozlarga doir birja amallarini bajarishda qo‗llaniladigan qoidalarni birjaning yuqori boshqaruv organi, ya‘ni aksionerlarning umumiy yig‗ilishi tasdiqlaydi. Bu qoidalarda quyidagilar nazarda tutiladi:


  • qimmatli qog‗ozlar oldi-sotdi prinsiplari;

  • birja qatnashchilarining tarkibi ularga qo‗yiladigan talablar majmui;

  • birja yig‗ilishlari o‗tkaziladigan joy va vaqt to‗g‗risidagi axborot;

  • qimmatli qog‗ozlarni birja oldi-sotdisiga chiqarish tartibi;

  • birja bitimlarining tavsifi;

  • mijozlar brokerlarga beradigan topshiriq (buyruq) turlari;

  • oldi-sotdisini tashkil etish;

  • bitimlarni ro‗yxatdan o‗tkazish va rasmiylashtirish tartibi;

  • qimmatli qog‗ozlar muomalasini amalga oshirishda foydalaniladigan shartnoma shartnoma hisobot, buyurtma va xabarnomalar haqida birjaga oid boshqa hujjatlar namunalari.

Fond birjasi birja oldi-sotdisi vaqtida bitimlar tuzish, bitimlarni tekshirib ko‗rish va ular yuzasidan hisob-kitob qilish tartibini mustaqil ravishda ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Fond birjalari va fond bo‗limlari O‗zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi bilan kelishib olingan qimmatli qog‗ozlar muomalasi bitimlarini amalga oshirish nizomlari va ichki qoidalari, fond birjasi ustavi (fond bo‗limi to‗g‗risidagi nizom) asosida ish tutadilar.

Qimmatli qog‗ozlar bilan birja savdosi muayyan qoidalarga asoslangan holda amalda beriladi. Bular quyidagilardan iborat:



  • birjada qimmatli qog‗ozlar bilan oldi-sotdini faqat vositachilar bajaradi. Ularga jismoniy shaxslar yoki bankning yuridik shaxslari, investitsiya kompaniyalari, brokerlik firmalari kiradi. Ularning vakolati bilan vositachilar (brokerlar, dilerlar) faoliyat ko‗rsatadi va qimmatli qog‗ozlarni mijozlardan sotib oladi yoki o‗zining hisobidan keyinchalik sotuv uchun xarid qiladi;

    • fond birjasiga qimmatli qog‗ozlar olib kelinmaydi. Uning mavjudligi, soni va sifatini sotuvchining qo‗lidagi hujjat - sertifikat tasdiqlaydi;

    • fond birjasida qimmatli qog‗ozlar istalgan miqdorda sotilmaydi. Savdo bu yerda lot (tup)lar, ya‘ni birjadagi bir kontrakt yoki miqdor va sifat jihatidan standart tupi bo‗yicha amalga oshiriladi. Qisqasi, fond birjasi:

    • bu ulgurji savdo shaklidir;

    • fond birjasida faqatgina kotirovka ro‗yxati («varag‗»)da qayd qilingan qimmatli qog‗ozgina sotiladi. Qimmatli qog‗ozlarni mazkur ro‗xatga kiritish ya‘ni birjaga qo‗yish listing deb ataladi;

    • baho fond birjasida ochiqdan ochiq o‗rnatiladi. Ular to‗g‗risidagi axborot zalaridagi tablolarda e‘lon qilinib turiladi. Birja operatsiyalarining qatnashchilari uchun sharoit bir xil bo‗lib, ular birjada qabul qilingan to‗g‗rilik va uyushqoqlik qoidasiga bo‗ysunadilar.

Shunday qilib, birjada uch tomon qatnashadi; bir tomonda birjada o‗zining qimmatli qog‗ozlari bilan savdo qilishga vaqti yo‗q yoki umuman bu ish bilan shug‗ullanish istagi bo‗lmaganlar, ya‘ni emitent va tadbirkorlar, ikkinchi tomonda esa muayyan haq evaziga shu qimmatli qog‗ozlarni sotishni zimmasiga oluvchi brokerlar. Va nihoyat, qimmatli qog‗ozlarga muhtoj kompaniyalar va xususiy shaxslar. Har uchchala tomonning manfaati birlashtiruvchi joy - bu fond birjasidir.

Bunday olib qarasak, birja qimmatli qog‗ozlarni sotmaydi ham, sotib olmaydi ham. Faqat ulgurji savdo qoida va tartiblarini ishlab chiqadi, savdo-sotiq uchun sharoit yaratib beradi. Shu nuqtai nazardan, birja - bu eng avvalo savdo zali. U yerda brokerlar qimmatli qog‗ozlarning oldi- sotdisi bo‗yicha buyurtmalarni bajaradi. Birjalarda o‗zining brokerlariga ega bo‗lish uchun investitsiya institutlari birjada a‘zolik huquqini beruvchi investitsiya institutlari birjada a‘zolik huquqini beruvchi «o‗rin»ni sotib olishlari lozim. Shundagina brokerlar qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha operatsiyalarni bajarish imkoniyatiga ega bo‗ladilar.

«O‗rin» - bu egasi uchun tovar hisoblanadi, egasi uni sotishi ham mumkin. Lekin shundan so‗ng u birjada ishlash huquqini yo‗qotadi. Birja oldi-sotdisida investor tashabbuskor bo‗lib hisoblanadi.

U broker kompaniyasiga (telefon orqali yoki bevosita uchrashuvda) o‗zining buyurtmasi va shartlarini bayon qiladi. Bu yerda asosan uchta shart to‗g‗risida so‗z yuritiladi:



  • qimmatli qog‗ozlarning bahosi;

  • qimmatli qog‗ozlarning soni;

  • buyurtmaning bajarilish muddati.

Mijozlarning topshirig‗i (buyurtmasi) shartnoma ko‗rinishida rasmiylashtiriladi. Unda brokerlik haqi ham ko‗rsatilgan bo‗ladi. Shundan so‗ng brokerlik firmasining vakili shartnomani bevosita buyurtmani bajaruvchi brokerga topshiradi. Buyurtma bajarilishi bilanoq oldi-sotdi operatsiyasi birjada qayd qilinadi va mijozga bu haqda hisobni taqdim etish to‗g‗risidagi ma‘lumotnomani yuboradi.

Fond birjasi notijorat tashkilot hisoblanadi. Uning faoliyatini pul mablag‗lari bilan ta‘minlash quyidagi tushumlar asosida amalga oshiriladi:



  • fond birjasi aksiyalari va paylarni sotish;

  • fond birjasidagi brokerlik o‗rinlarini sotish;

  • fond birjasi a‘zolarining muntazam to‗lab boradigan a‘zolik badallari;

  • birja bitimlarini ro‗yxatdan o‗tkazishda olinadigan yig‗imlar;

  • qimmatli qog‗ozlar muomalasida vositachilik qilishdan olinadigan komission haq;

  • birja ustavida nazarda tutilgan axborot xizmati va boshqa turli xizmatlar ko‗rsatishdan tushadigan daromadlar va h.k.

Fond birjalari quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • qimmatli qog‗ozlar savdosi amalga oshadigan joy;

  • qimmatli qog‗ozlar bir maromda muomalada bo‗lishining zarur sharoitini ta‘minlash;

  • qimmatli qog‗ozlar talab va taklifi o‗rtasidagi muvozanatni aks ettiruvchi narxlarni, ya‘ni bozor bahosini belgilash;

    • qimmatli qog‗ozlar bozori qatnashchilarining kasb mahoratini yuqori darajada saqlab borish;

    • muntazam ravishda (haftasiga kamida bir marta) narx-navo aniqlanishiga, indeksatsiyasi o‗zgarishiga, savdo-sotiq vaqti, qimmatli qog‗ozlar hajmlari, kontraktlarning miqdoriga va boshqa ko‗rsatkichlarga doir axborotlarni e‘lon qilish;

    • kapitalning korxonalar, tarmoqlar, davlatlar o‗rtasidagi oqimini ta‘minlash. Bunda fond birjalarida qimmatli qog‗ozlarni sotish yoki sotib olish orqali investitsiyalar amalga oshiriladi, ya‘ni kapital oqimi ta‘minlanadi.

Valyuta birjalari – belgilangan qoidalar asosida doimiy faoliyat yurituvchi xorijiy valyuta savdosi amalga oshiriladigan bozordir. Xalqaro valyuta birjalari banklararo valyuta bozorining bir shakli sifatida jahon valyuta tizimining tarkibiy qismidir. Valyuta savdosi valyuta birjalarida yoki valyuta savdosini amalga oshirish vakolatiga ega bo‗lgan banklarda amalga oshiriladi. Valyuta birjalari barcha mamlakatlarda ham mavjud emas, shu sababli banklararo valyuta savdosi ham keng tarqalgan. Banklar tomonidan amalga oshiriladigan valyuta operatsiyalari xorijiy valyuta savdosi, xorijiy valyutada hisob-kitob va xorijiy valyutada kredit operatsiyalariga bo‗linadi. Valyuta savdosi deganda xorijiy valyutaning milliy yoki konvertlashgan valyutaga sotilishi yoki sotib olinishi tushuniladi.

Italiyada valyuta birjalari Milan, Rim, Genuye va Venetsiya shaharlarida mavjud. Ularning har birida valyuta kurslari vositachilar va davlatlardan vakillar ishtirokidagi savdolar jarayonida shakllanadi va ushbu kurslar mazkur birjada bank mijozlari bilan hisob-kitoblarda qo‗llaniladi. Barcha birjalarda shakllangan kurslarning o‗rta arifmetigi ham hisob-kitob kursi sifatida qo‗llanilishi mumkin.





Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish