1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари


Savdo faoliyatining turlari va usullari



Download 0,72 Mb.
bet22/108
Sana06.08.2021
Hajmi0,72 Mb.
#139758
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   108
Bog'liq
bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti

Savdo faoliyatining turlari va usullari.

Bozorga g‗oyat xilma-xil tovar va xizmatlar chiqariladi, ular bozor obyektini, aniqrog‗i u yerdagi oldi-sotdi obyektini tashkil etadi. O‗z obyekti jihatidan bozorni quyidagi turlarga bo‗lish mumkin:



  1. Iste‘mol tovarlari bozori - kishilarning tirikchiligi uchun zarur bo‗lgan tovarlar va xizmatlar bozoridir. Bu bozorda keng iste‘mol buyumlari, madaniy, maishiy va kommunal xizmatlari oldi-sotdisi olib boriladi. Bu bozorda deyarli barcha fuqaro ishtirok etadi. Bu bozorning O‗zbekistonda aniq ko‗rinishlariga quyidagilar misol bo‗ladi: magazinlar, savdo uylari, supermarket, do‗kon, oshxona, nonvoyxona, har xil ustaxonalar, sartaroshxonalar, salonlar, nihoyat, dehqon bozorlari va buyum bozorlari.

  2. Ishlab chiqarish vositalari va resurslar bozori - ishlab chiqarish uchun zarur bo‗lgan resurslar bozori. Bu bozorda ulgurji savdo-sotiq yuz beradi. Mazkur bozor savdo firmalari, savdo uylari, birjalar faoliyatida namoyon bo‗ladi. Bunday bozorda resursga talabgorlar resurs yetkazuvchilar bilan shartnomalar asosida aloqa qiladilar. Resurs bozorining bosh bo‗g‗ini tovar xomashyo birjasi hisoblanadi.

Tovar xomashyo birjasi ulgurji savdo bilan shugullanuvchi tijorat korxonasidir.

Birjadagi savdo-sotiq operatsiyalari quyidagi belgilarga ega: - birjada tovarlarni yetkazib berish haqida bitim tuzilib, ularning pulini to‗lash birjadan tashqarida yuz beradi;



  • birjada sotiladigan tovarlarning o‗zi emas, ularning namunasi va naqdligini tasdiqlovchi hujjat qo‗yiladi;

  • birjada hali yo‗q tovarlarni sotish haqida ham bitim tuziladi, bu qishloq xo‗jaligi mahsulotlariga taalluqlidir. Bo‗lg‗usi hosil yuzasidan savdo bitimi ilgariroq tuzilib, tovarni yetkazib berish hosil yig‗ilganidan keyii yuz beradi;

  • birja uyushgan bozor bo‗lib, bu yerdagi savdo-sotiq operatsiyalari belgilangan tartibda o‗tkaziladi. Universal birjalar har xil mollar bilan savdo qilsa, ixtisoslashgan birjalar ayrim tovarlarni (don, paxta, metall va hokazo) sotadi.

  1. Ish kuchi yoki mehnat bozori - ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Ish kuchi maxsus tovar bo‗lganidan uning bozori o‗z xususiyatiga ega. Ish kuchi insonning ishlash qobiliyati. Agar oddiy tovar sotilganda uning egasi o‗zgarsa, ish kuchi necha marta sotilmasin, o‗z egasi bilan birga qoladi. Chunki, buni inson jismidan ajratib bo‗lmaydi.

Mehnat bozori mehnat birjalari, ishchi yollovchi vositachi firmalardan va nihoyat, kishilarni bevosita ishga jalb etuvchi korxonalarning o‗zidan iborat. Sharqqa xos bo‗lgan tartibsiz mehnat bozori - bu mardikor bozoridir.

  1. Moliya bozori - moliyaviy resursga aylangan pul mablag‗lari va ularga tenglashtirilgan qimmatbaho (qiymatli) qog‗ozlar bozoridir. Moliya bozori tarkiban kredit (qarz puli) bozori, qimmatbaho qog‗ozlar bozori va valyuta bozoridan iborat. Valyuta auksioni, kredit pullari auksioni, banklar, moliya kompaniyalari, fond birjalari (qimmatli qog‗ozlar bozori) va boshqalarning faoliyati bu bozorning yaqqol ko‗rinishidir.

  2. Intellektual tovarlar bozori - aqliy mehnat mahsuli bo‗lgan tovarlar va xizmatlar bozori. Bu bozorda ilmiy ishlanmalar, g‗oyalar, texnikaviy loyihalar va chizmalar, axborot, san‘at, adabiyot va ilmga tegishli asarlar, ijrochilik xizmati va turli tomosha xizmatlari sotiladi. Bu bozorning muhim unsuri litsenziya bozori va hozirgi kunda shou-biznes va kino bozorlaridir.

Bozor o‗zining qamrov doirasi jihatidan mahalliy, hududiy, milliy va jahon bozorlariga bo‗linadi. Bozor qanchalik turga bo‗linmasin, ixtisoslashmasin, baribir, u oldi-sotdi orqali kishilar o‗rtasidagi iqtisodiy aloqalarni o‗rnatishga hizmat qiladi.

Tovar harakatining umumiy zanjirida chakana savdo muhim xalqa hisoblanadi. Chunki xalq iste‘moli tovarlarini ishlab chiqarish korxonasidan iste‘molchilarga yetkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash va aholining shu tovarlarga o‗sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng zarur shart-sharoitlar xuddi ana shu chakana savdo korxonalarida yaratilishi lozim. Aholiga savdo xizmati ko‗rsatishning sifati savdo-sotiqni tashkil etish darajasiga bog‗liqdir, shu sababli chakana savdo korxonalarining butun savdo faoliyati shu vazifaga bo‗ysundiriladi.

Savdo madaniyati - keng tushunchadir. Iste‘molchi to‗g‗risida chinakam chuqur, har tomonlama g‗amxo‗rlik qilish uning asosi hisoblanadi. Xaridorlarga yuksak madaniyatli xizmat ko‗rsatish uchun savdoni aholining tovarlarga bo‗lgan ehtiyojini to‗laroq darajada qondiradigan va muomala chiqimlarini qisqartiradigan, ya‘ni tovar sotib olishga ketadigan vaqtni kamaytiradigan qilib tashkil etish lozim. Savdo madaniyati, ya‘ni aholiga savdo xizmati ko‗rsatish sifati ko‗pgina omillarga bog‗liq. Bu omillar birinchi navbatda aholiga zarur bo‗lgan keng assortimentdagi va yuqori sifatli tovarlarning do‗konlarda bo‗lishini, shuningdek savdo- texnologiya jihozlari bilan yaxshi ta‘minlangan yirik, zamonaviy do‗konlarning keng tarmog‗i bo‗lishini bildiradi. Savdo madaniyati deyilganda xaridorga xushmuomalada bo‗lishni ham, xizmat ko‗rsatishning ilg‗or usullarini joriy etishni ham, savdo maydonini bezash, did bilan jihozlashni ham, do‗konlarning aholi uchun qulay ish vaqtlarini ham tushunmoq kerak. Savdo xizmati sifatini oshirish, xaridorlarga maslahatlar berish, tovarlarning namunalarini harakatda ko‗rsatish, reklama va axborotning turli shakllarini rivojlantirish yo‗li bilan tovar tanlab olishda xaridorlarga yordam berishni ham taqozo etadi. Mollarni uyga yetkazib berish, buyurtma qabul qilish, gazlamalarni bichib berish va shu kabi qo‗shimcha xizmatlar ko‗rsatish ham savdo madaniyatining darajasini belgilaydi.

Chakana savdo texnologiyasi hech qachon doimiy bo‗lmaydi, shu sababli uni fan-texnika yutuqlariga muvofiq ravishda takomillashtirib borish zarur. Savdo texnologiya jihozlarini doimo takomillashtirib borish barcha yangi texnologiya yechimlarini bajarish imkonini beradi. Ammo chakana savdo texnologiyasining fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish darajasiga muvofiq bo‗lishi uchun tobora takomillashtirib borilayotgan jihozlarning texnologiyani rivojlantirishga ta‘sir o‗tkazishigina emas, shu bilan birga rivojlanib borayotgan texnologiyaning jihozlarni yaxshilashga ta‘siri ham zarurdir. Texnologiyani o‗zgartirishda jihozlarning o‗zgarishi hal qiluvchi rol o‗ynaydi, yaxshi jihozlar esa texnologiya talablari ta‘siri ostida vujudga keladi. Eng zamonaviy jihozlardan foydalanishning samaradorligi birinchi navbatda savdo jarayonida qabul etilgan texnologiyada mazkur jihozlardan naqadar samarali foydalanish imkonini berishga bog‗liq ekanligini tajriba ko‗rsatib turibdi.

Chakana savdo jarayoni - aholining tovar xarid qilishini ta‘minlaydigan usullar yig‗indisidan iborat. Tovar sotish chakana savdodagi asosiy texnologiya jarayoni hisoblanadi. Hozirgi vaqtda chakana savdoda tovar sotishning quyidagi usullari qo‗llanilmoqda: tovarni peshtaxta orqali sotish; tovarni xaridorlar o‗ziga o‗zi xizmat qiladigan usulda sotish; tovar namunalarini ko‗rsatib sotish; tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish.

Tovarni peshtaxta orqali sotish - tovar sotishning odatdagi usuli bo‗lib, unda xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma asosiy elementlari, chunonchi: tovarlarni ko‗rsatish va uning assortimenti bilan tanishtirish, hisob-kitob qilish va haqi to‗langan tovarni topshirish ishlarini peshtaxta yonida turgan sotuvchi bajaradi.

Xaridorlar o‗ziga-o‗zi xizmat qilishi asosida tovar sotish usulida savdo maydoni devorlari yoniga yoki o‗rtasiga terib qo‗yilgan hamma tovarlar yoniga xaridorlar bemalol borib, mustaqil tanlab olib, inventar korzinalar yoki aravachalarga o‗zlari solishlari mumkin, tovarning haqi do‗kondan chiqaverishdagi yagona hisob-kitob joyida to‗lanadi. Bu usul kesish va tortishni talab qiladigan tovarlarni xaridorlar ko‗z oldida, o‗ziga-o‗zi xizmat ko‗rsatish maydonidagi xizmat peshtaxtasi yonida sotuvchilar tomonidan muayyan miqdorda sotishni istisno qilmaydi. Bunda ham sotib olingan hamma tovarning haqi yagona hisob-kitob joyida to‗lanishi lozim. Xaridorlar o‗ziga-o‗zi xizmat qiladigan do‗konlarda tovarlarni jihozlar ustiga qo‗yib alohida e‘tibor berilishi kerak. Tovarlarni piramida, jihozlarga bezak tarzda terib qo‗yishdan iborat oddiy do‗konlarda qo‗llaniladigan usulni o‗ziga-o‗zi xizmat qiladigan do‗konlarda qo‗llab bo‗lmaydi. Xaridorlar turli piramidalar shaklida terib qo‗yilgan tovarlarni olishga jur‘at etmaydilar, chunki uni bezak deb o‗ylaydilar. Bundan tashqari dekorativ piramidalar tarzida terib qo‗yilgan tovarlar ko‗p joyni behuda egallaydi. Xaridorlar o‗ziga-o‗zi xizmat qiladigan do‗konlarda tovarlarni terib qo‗yish yoki uyub qo‗yishda ularni chaqqon sotish mumkinligini Vatanimizdagi va chet ellardagi ilg‗or tajriba ko‗rsatib turibdi. Bu usulda jihozlar hajmidan to‗la-to‗kis foydalaniladi.

Marketingning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi mahsulotni rejalashtirish, sotish va taqsimlash hisoblanadi. Bu jarayonda tashkiliy nuqtai nazardan eng murakkab vazifa - ishlab chiqarilgan mahsulotni iste‘molchiga yetkazish hal etiladi. Aksariyat hollarda pirovard iste‘molchi ishlab chiqaruvchining diqqat markazida turmaydi, aksincha, uning o‗rnini mahsulotni sotib oladigan firma egallaydi. Ammo ayirboshlash jarayoni shu bir bosqichli sotish bilan yakunlanmaydi. Aksariyat hollarda tarmoq va bo‗g‗inlari ko‗p, uzun hamda xilma-xildir. Savdo marketingi siyosati iste‘mol tovarlarini yetkazib berishning ehtimol tutilgan variantlari tahlili va uning mahsulot taqsimotining hamma shaxobchalarida eng yuksak xo‗jalik samarasiga erishishni ta‘minlaydigan maqbul variantini ishlab chiqish bilan shug‗ullanadi.

Firma tanlagan taqsimot yo‗li marketing bo‗yicha qolgan jami boshqa yechimlarga ta‘sir ko‗rsatadi - narxlar, transport tashkilotlari bilan shartnoma tuzish, rejalashtirish, reklama xizmati, o‗z savdo nuqtalarini ochish va hokazolar shu jumlaga kiradi. Shu sababli korxona rahbariyati taqsimot yo‗lini tanlashda bugunnigina emas, balki ertangi tijorat muhitini ham ko‗zlab ish tutishi lozim. Hozirgi davrda rejalashtirish va taqsimot jarayoni mahsulot tayyorlashning tabiiy ravishda davomiga aylanib ketgan. Ammo bu jarayonni tarixiy jihatdan qarab chiqadigan bo‗lsak, uning shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlar vujudga kelishi uchun insoniyat qator iqtisodiy taraqqiyot bosqichlarini o‗tashi lozim ekanligi ayon bo‗ladi. Ibtidoiy jamoa davrida har bir qabila o‗z tirikchiligini o‗tkazish uchun zarur bo‗lgan jami mahsulotni faqat o‗z ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqargan. U paytda biron-bir ko‗rinishda bo‗lsada, ayirboshlash bo‗lmagan. Taraqqiyotning keyingi bosqichida ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi oqibatida ayirboshlash maydonga keladi. Har bir qabila endi o‗ziga kerakli hamma mahsulotni o‗zi tayyorlamaydi, balki ulardan ayrimlarini o‗z ehtiyoji bilan birga boshqa qabilalar ehtiyojiga ham yetadigan miqdorda tayyorlashga o‗tadi. Iqtisodiy taraqqiyotning keyingi bosqichida ishlab chiqaruvchi ayirboshlashni bir joyda va kelishilgan vaqtda o‗tkazish ma‘qulroq ekanligini tushunib yetadi, jami ishlab chiqaruvchilar uchrashishlari mumkin bo‗lgan markaziy «bozor» ning joriy etilishi ayirboshlashda navbatdagi takomil bo‗ldi, sababi u vaqtni tejash imkonini berardi.

Taqsimot yo‗lining tarkibiy qismlari bir qator vazifalarni bajaradi:



  • tovar (xizmat) ni bir joydan boshqa joyga ko‗chirish;

  • xavf-xatarni zimmasiga olish;

  • muzokaralar olib borish;

  • bozor ma‘lumoti tahlili.

Taqsimot yo‗lining jami vazifalariga uch umumiy xususiyat xos: ular taqchil resurslarni sarflaydi, ixtisoslashgan sharoitlarda gohida yaxshiroq bajarilishi mumkin, turli ishtirokchilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Agar vazifalarning ko‗p qismini ishlab chiqaruvchi bajaradigan bo‗lsa, uning chiqimlari ortib ketadi, demak, mahsulot narxi ham baland bo‗ladi. Agar vazifani vositachi bajarsa, ishlab chiqaruvchi belgilagan narx pastroq bo‗ladi, chunki vositachi ishni tashkil etishga sarflangan xarajatlarini chiqarish uchun qo‗shimcha pul undiradi. Taqsimot kanalining ular daraja ko‗rsatkichlarini hisobga olgan holda o‗ziga xos bosqichlari bor. Taqsimot kanali bosqichi - bu tovar va unga egalik huquqini pirovard xaridorga yaqinlashtirish yo‗lida u yoki bu ishni bajaradigan har qanday vositachidan iboratdir. Taqsimot kanalining quyidagi bosqichlari bor:

  1. Nol bosqichli kanal, bevosita ishlab chiqaruvchi va iste‘molchidan iborat. Ishlab chiqaruvchi iste‘molchilarga o‗z tovarlarini ko‗chma savdo, jo‗natish yo‗li bilan yoki o‗z firma do‗konlari orqali sotadi.

  2. Bir bosqichli kanal, u o‗z ichiga ishlab chiqaruvchi, vositachi va iste‘molchini qamrab oladi. Iste‘mol bozorida, odatda, bu vositachi chakana savdogar (do‗kondor), sanoat mahsulotiga oid tovarlar bozorida esa savdo agenti yoki broker hisoblanadi.

  3. Ikki bosqichli kanal, u o‗z ichiga ishlab chiqaruvchi, ikki vositachi va iste‘molchini qamrab oladi. Iste‘mol tovarlari bozorida ulgurji va chakana savdogarlar shunday vositachilar hisoblanadi. Sanoat mahsulotlari bozorida ular sanoat distribyuteri va dilerlar deb ataladi.

  4. Uch bosqichli kanal, u o‗z ichiga ishlab chiqaruvchi, uchta vositachi va iste‘molchini qamrab oladi. Ko‗p hollarda ulgurji va chakana savdogarlar o‗rtasida mayda ulgurji faoliyat ko‗rsatadi. U yirik ulgurji savdogardan tovar sotib olib, so‗ngra yirik ulgurji savdogar xizmat ko‗rsatmaydigan kichik chakana savdo korxonalariga sotadi.

Bosqichlari ko‗p bo‗lgan kanallar juda kam. Ishlab chiqaruvchi ko‗zi bilan qaraganda, taqsimot kanalida bosqichlar qanchalik ko‗p bo‗lsa, ularni nazorat qilish imkoniyati shu qadar torayadi.

Taqsimot kanallarini nazorat qilish va bu kanaldagi o‗z maqsadinigina o‗ylaydigan uning ayrim a‘zolari o‗rtasidagi mojarolarning oldini olish uchun keyingi paytda vertikal marketing tizimi (VMT) paydo bo‗ldi. Vertikal marketing tizimi (VMT) bir yoki bir necha vositachi va ular bilan hamjihat, yagona tizim tarzida ishlaydigan ishlab chiqaruvchidan tashkil topadi. Bunday holda kanal a‘zolaridan biri qolgan boshqa sheriklariga egalik qiladi yoki ularga savdo imtiyozlari beradi, yoxud ularning to‗la hamkorligini ta‘minlaydigan ustunlikka ega bo‗ladi. Masalan, korparativ vertikal marketing tizimi (VMT) doirasida ishlab chiqarish va taqsimotning ketma-ket bosqichlari yagona egalikda bo‗ladi. Shartnoma asosidagi vertikal marketing tizimi shartnoma munosabatlari bilan bog‗langan mustaqil firmalardan iboratdir. Umumiy ishda muvaffaqiyatni ta‘minlash uchun faoliyat dasturlarini hamkorlikda o‗zaro muvofiqlashtiradi.

Ulgurjilar rahbarlik qiladigan chakana sotuvchilarning ko‗ngilli birlashmalari. Ulgurji mustaqil chakana sotuvchilar faoliyati uchun yagona dastur ishlab chiqadi, bu dastur esa ularning yirik taqsimot tarmoqlari bilan raqobat kurashida o‗z kuchlarini birlashtirishga yordam beradi (masalan, AQSh da «Mustaqil baqqollar uyushmasi» bor).

Chakana sotuvchilar shirkati. Chakana sotuvchilar hamkorlikda yangi mustaqil xo‗jalik birlashmasi tuzishlari mumkin, bu birlashma ulgurji savdo ishlari bilan, ayrim hollarda ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yish bilan ham shug‗ullanishi mumkin. Birlashma ishtirokchilari o‗zlarining asosiy xaridini shirkat orqali o‗tkazadi, reklama va rejalashtirish ishlarini ham birgalikda tashkil etadi. Olingan foyda kooperativ a‘zolari o‗rtasida ularning qilgan xaridlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Shartnoma asosidagi vertikal marketing tizimi (VMT)ning uchinchi tipi imtiyoz huquqiga ega bo‗lganlarning tashkilotidir. Imtiyozlar egasi deb nomlanadigan a‘zo ishlab chiqarish va

taqsimot jarayonlarining qator ketma-ket bosqichlarini o‗z qo‗lida to‗plashi mumkin. O‗z navbatida bunday tashkilotlarning uch ko‗rinishi bor.

Birinchisi - ishlab chiqaruvchi xomiyligida chakana imtiyoz egalari tizimi. Ikkinchisi - ishlab chiqaruvchi xomiyligida ulgurji imtiyoz egalari tizimi.

Uchinchisi - xizmat ko‗rsatadigan firma xomiyligida chakana imtiyoz egalari tizimi. Biz taqsimot kanallarining ko‗rinishlarini vertikal kesimda ko‗rib chiqdik. Uning gorizontal ko‗rinishi mahsulotning bir necha vositachilar o‗rtasida taqsimlanishi bilan ajralib turadi. Firmalar moliyaviy mablag‗, ishlab chiqarish quvvatini tejash, rejalashtirish, texnikaviy bilim yoki marketing resurslarini jamlash maqsadida yangi ochilayotgan bozorlarni hamkorlikda o‗zlashtirish yo‗lida harakatlarni birlashtirishni afzalroq ko‗radi. Firmalar birgina yoki har xil sotish bozorlarini egallash uchun ko‗p yo‗lli marketing tizimlaridan foydalanadilar.




Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish