Tashqi savdo aylanmasi hajmining o„sishi, mlrd. AQSh doll.
13.1-rasm
Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o‗zgarishlar ro‗y bermoqda. Jumladan, keyingi yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot salmog‗ining barqaror o‗sish tendentsiyasi va xomashyo etkazib beruvchi tarmoqlar mahsulotlari ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko‗zga tashlanmoqda. 2008 yilda umumiy eksport hajmida xomashyo bo‗lmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan ziyodni tashkil etdi. Ayni vaqtda O‗zbekiston uchun an‘anaviy eksport xomashyosi bo‗lgan paxta tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20 foizdan 2008 yilda 9,2 foizga tushdi (13.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |