1 Мавзу: «Бозор инфратузилмаси иктисодиёти» фанининг предмети ва вазифалари


-Mavzu. Tashqi savdoda infratuzilmaning ahamiyati



Download 0,72 Mb.
bet102/108
Sana06.08.2021
Hajmi0,72 Mb.
#139758
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   108
Bog'liq
bozor infratuzilmasi iqtisodiyoti

13-Mavzu. Tashqi savdoda infratuzilmaning ahamiyati.

Reja:


  1. Tashqi savdo operatsiyalarining mohiyati va turlari.

  2. Tashqi savdo operatsiyalarini o‗tkazishda infratuzilmaning roli.

  3. Bojxona xizmati va uning tashkil qilinishi.

  4. Mamlakatimizda tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish imkoniyatlari.


  1. Tashqi savdo operatsiyalarining mohiyati va turlari.

Umumjahon aloqalarining dastlabki va muhim shakli xalqaro savdo hisoblanadi. Xalqaro savdo - bu dunyodagi barcha mamlakatlar tashqi savdosining yig‗indisidan iborat bo‗lgan xalqaro tovar-pul munosabatlari sohasidir. Xalqaro savdo uzoq qadim zamondan beri mavjuddir. Xalqaro mehnat taqsimotining paydo bo‗lishi dunyo mamlakatlari o‗rtasida savdo aloqalarining vujudga kelishiga sababchi bo‗ldi.

Xalqaro savdoning tabiati unda ishtirok etayotgan mamlakatlardagi ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Xalqaro savdoning o‗zagini tashkil etgan tashqi savdo-jahon mamlakatlari o‗rtasidagi savdo bo‗lib, u tovar va xizmatlarning chetga chiqarilishi, ya‘ni eksport va chetdan keltirilishi, ya‘ni importni o‗z ichiga oladi. Tashqi savdo, umuman xalqaro savdo xalqaro mehnat taqsimotiga asoslanadi. Ma‘lumki xalqaro mehnat taqsimoti eng avvalo iqtisodiy naflilik qoidasidan kelib chiqadi. Iqtisodiy naflilik u yoki bu tovarni mamlakatlar o‗rtasida ayriboshlashni taqozo etibgina qolmasdan, balki uni shart qilib qo‗yadi. Demak, naf ko‗rish savdo-sotiqning mamlakatlar uchun foydali bo‗lishidir.

Ma‘lumki, iqtisodiyotda taqqoslama afzallik qonuni degan tushuncha bor, unga ko‗ra tovarlar ishlab chiqarish xarajatlarining turli mamlakatlarda farqlanishi natijasida tovar ayriboshlash hayotiy zaruriyatga aylanadi, ya‘ni mamlakatda boshqa mamlakatga nisbatan, qaysi tovarni ishlab chiqarishda mehnat unumdoriligi yuqori va xarajatlar past bo‗lsa, shu tovar eksport qilinadi. Afzallikni turli omillar yuzaga keltiradi, ular tabiiy resurslar darajasi, ishchi kuchi arzonligi, tabiiy shart-sharoitlar va boshqalardir. Masalan, Rossiya yog‗och, neft, Ukraina shakar, O‗zbekiston paxta, Kanada, AQSh bug‗doy, Braziliya kofe, Avstraliya go‗sht, jun, Hindiston choy, Kuba shakar ishlab chiqarishda afzalliklarga ega.

Turli omillar ichida mamlakatning ilmiy-texnikaviy salohiyatiga aloxida to‗xtalib o‗tish zarur, chunki u iqtisodiy afzallikni ta‘minlovchi asos bulib xizmat qiladi. Masalan, AQSh va Yaponiyada mavjud ilmiy-texnikaviy salohiyat ularda kompyuter texnikasi ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirishga imkoniyat beradi.

Turli mamlakatlarda to‗plangan tarixiy tajribalar ham asosiy omillar qatoriga qo‗shiladi. Masalan, Angliyada to‗qimachilik, Yaponiya, Finlandiya, Polshada kemasozlik, AQSh, Rossiya, Fransiyada samolyotsozlik, AQSh va Yaponiyada avtomobilsozlik azaldan rivojlangan.

Ammo afzallik abadiy berib qo‗yilgan holat emas, u o‗zgarib turadi. Masalan, Malayziya, Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya va boshqa bir qator mamlakatlar so‗nggi yillarda ayrim sohalarda jahon bozorida yetakchi o‗rinlarga chiqib oldilar.

Taqqoslama afzallik qonuni tushunchasini Respublikamizning yirik iqtisodchilaridan biri

A. O‗lmasov o‗zining «Iqtisodiyot asoslari» kitobida (1997 yil) keltiradi. Iqtisodiyot olamida birinchi bo‗lib Adam Smit (1723-1790) bilim sari katta qadam tashlagan va u «Mutlaq ustunlik» tushunchasini fanga kiritgan. «Mutlaq ustunlik» tushunchasining mazmuniga ko‗ra har bir mamlakatda shunday bir tovar mavjudki, xarajatlar birligiga hisoblaganda u boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‗proq ishlab chiqarishi mumkin bo‗lgan vaziyatdir.

Xalqaro tovar ayriboshlash foydaliligining sabablarini tadqiq qilishda navbatdagi qadamni David Rekardo (1772-1823y) tashladi va u nisbiy taqqoslama ustunlik qonuniga asos soldi. Bugungi kunda jahondagi aksariyat mamlakatlar uchun tashqi savdo xalqaro iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli hisoblanadi. Xalqaro savdoning asosiy ko‗rsatkichlari bo‗lib,

birinchidan, eksport va importning qiymati va natural miqdori dinamikasi ya‘ni savdo oboroti, ikkinchidan, savdo balansi, uchunchidan, ma‘lum bir tovarni ishlab chiqarish eksportga chiqarishning belgilangan miqdori, tovar tarkibi va geografik taqsimoti hisoblanadi. Bu yerda savdo balansiga alohida to‗xtalib o‗taylik. Savdo balansi (to‗lov majburiyatlari, savdo shartlari, eksport kvotasi) aktiv va passiv bo‗lishi mumkin.

Aktiv balans-eksport importdan ortiq va mamlakatga tashqaridan valyuta kela boshlaydi, natijada moliyaviy ahvol faollashadi.

Passiv balans-import eksportdan ustun, mamlakatdan valyuta oqib chiqib keta boshlaydi, moliyaviy ahvol zaiflashadi, mamlakatning chet el qarzlari ko‗payadi, aholining turmush darajasi pasaya boshlaydi, pulning qadri tusha boshlaydi.

Xalqaro savdoning huquqiy asosi bo‗lib savdo shartnomalari va kelishuvlari, to‗lov shartnomalari va kelishuvlari, tovarlarni yetkazib berish shartlari, kredit shartnomalari to‗grisidagi hujjatlar hisoblanadi. Xalqaro savdoning subyektlari va obyektlari mavjud. Xalqaro savdoning subyektlari bo‗lib xalqaro huquqiy hujjatlar asosida ish yurituvchi, davlat tashqi siyosatini amalga oshiruvchi davlatlar, davlatlarning tashqi savdo tashkilotlari, kompaniyalari hisoblanadi.

Xalqaro savdoning obyekti bo‗lib jahon bozori hisoblanadi. Jahon bozori-bu xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-birlariga bog‗langan turli mamlakatlar o‗rtasidagi barqaror oldi-sotdi munosabatlari. Jahon bozori tovar-pul munosabatlarining xalqaro maxsuli xisoblanadi. Jahon bozori tovarlar va xizmatlar, moliya, ilmiy ishlanmalar mexnat bozorlaridan iborat. Xalqaro mexnat taksimoti kanchalik chukurlashsa ishlab chiqarish kulami shunchalik kupayyadi natijada jahon bozorining maydoni kengayib boradi.

Jahon bozori unga xos bo‗lgan infratuzilma orqali amal qiladi. Bu infratuzilma xalqaro tovar birjalari, fond birjalari, xalqaro banklar, kredit tashqilotlari, auksionlar, sug‗urta kompaniyalari, savdo-sanoat kompaniyalari va boshqalardan tashkil topadi. Bu infratuzilma tarkibiga transport, aloqa sohalarini ham kiritish mumkin. Jahon bozorining milliy bozordan asosiy farqi shuki, unda tovar assortimenti cheklangan bo‗ladi. Masalan: texnika-texnologiya, neft, gaz, metall, paxta, don, choy, kofe, yog‗och va shu kabilar. Shuni ham aytish kerakki, tovar ishlab chiqaruvchi har qanday davlat jahon bozorida ishtirok etuvchi subyekt hisoblanmaydi.

Jahon bozorida maxsus narxlar - shartnoma narxlari mavjud, ular baynalmilal xarajatlarni aks ettiradi. Jahon bozoridagi narxlar baynalminal sarflar va xalqaro darajadagi talab va taklifga asoslangandan u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishga nisbatan ko‗p mehnat sarf qilgan yoki tovar sifatini jahon talablariga yetkaza olmagan mamlakatlar jahon bozorida raqobatlashuvga layoqatsiz bo‗ladilar. Demak, jahon bozoridagi savdo operatsiyalarida ko‗riladigan foyda yoki zarar tovarlarning milliy va xalqaro xarajatlar o‗rtasidagi farqqa bog‗liq bo‗ladi.



  1. Download 0,72 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish