Tashqi savdo operatsiyalarini o„tkazishda infratuzilmaning roli.
Tovarlarni olib kirish yoki olib chiqishning davlat tomonidan rag‗batlantirilishi yoki chegaralanishi bilan bog‗liq holda iqtisodiy va bojxona siyosatining quyidagi to‗rt asosiy turini ajratish mumkin:
Qisman cheklash siyosati. Bu siyosat ichki bozorga ba‘zi tovarlarni, masalan, mamlakat milliy mafkurasiga hamda aholi turmush tarziga teskari ta‘sir qiladigan kino - video mahsulotlari va turli nashrlarni kiritmaslik maqsadida qo‗llaniladi.
Proteksionizm siyosati. Bu ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoyalashdir.
Erkin savdo siyosati - «fritrederlik». Bu tashqi savdodagi cheklashlarni eng kam darajaga tushirishdir. Odatda, u tovarlarining raqobatbardoshligi yuqori va bozorlarda etakchi mavqega ega bo‗lgan mamlakatlar tomonidan qo‗llaniladi.
Taqchil bozorni to‗yintirish - «teskari protektsionizm» siyosati. Bu faqat milliy bozorda chuqur taqchillik sharoiti yuz berganda va unda hammaga o‗rin topiladigan sharoitdagina samarali hisoblanadi.
O‗zbekistonda teskari protektsionizm elementlari 1980-yillar oxiri va 1990-yillarning boshida xorijiy tovarlarni jalb qilish maqsadida qo‗llanilgan. Ishlab chiqaruvchilar o‗rtasida eski aloqalarning bekor qilinishi va ishlab chiqarishning pasayishi barcha tovar bozorlarida taqchillikning o‗sishiga olib keldi. 1995-yil o‗rtalariga kelib import bojlarining bekor qilinishi, imtiyozli kreditlash va boshqa chora-tadbirlar natijasida taqchillik muammosining olib tashlanishiga muvaffaq bo‗lindi. U yoki bu siyosatni ishlab chiqish shartlari qattiq yoki yumshoq bo‗lishi mumkin. Siyosat usullarini tanlash va amalga oshirish davlatning maqsadlariga, umumiqtisodiy siyosat, tovar bozorlaridagi raqobat va boshqa omillarga bog‗liq.
Bojxona siyosatini olib borishda mamlakatdagi real vaziyatni hisobga olish, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bevosita va bilvosita usullarini birgalikda olib borish maqsadga muvofiqdir. Bojxona siyosatida qo‗llanuvchi iqtisodiy usullarga asosan tarif usullari, ma‘muriy usullarga esa to‗g‗ridan-to‗g‗ri ta‘qiqlashlar cheklashlar, jazolar yoki aksincha ruxsat berishlar kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarning samaradorligini baholash uchun ko‗pgina ko‗rsatkichlar qo‗llaniladi. Shulardan quyidagilarni alohida ko‗rsatamiz:
Eksportning valyuta samaradorligi ko‗rsatkichi. U tashqi bozorda tovarlar sotishdan tushgan sof valyuta tushimining mamlakatda ularni ishlab chiqarish va tashishga kilingan xarajatlarga, agar tovarlar kreditga sotilgan bulsa, kredit ta‘sirining koeffitsentini xisobga olgan xoldagi nisbatini ifodalaydi. Tovar kreditga sotilganida eksportni samaradorligi odatda kamayadi, birok kredit berilmasa, tovarlarni tashqi bozorda sotish kupincha kiyinlashadi, ba‘zan esa umuman mumkin bulmaydi.
Importning valyuta samaradorligi ko‗rsatkichi mamlakatga olib kelingan tovarlarning ularni ishlab chiqarishning ichki shart-sharoitlari buyicha ularni sotib olish va chegaragacha etkazib keltirishga kilinadigan tulik valyuta xarajatlariga nisbatidir.
Eksportdan ko‗rilgan zararlar ko‗pincha importdan olingan daromadlar bilan qoplanishi tufayli, yuqorida aytib o‗tilgan ko‗rsatkichlarni to‗g‗rilash uchun tuzatish koeffitsiyentlari: import uchun eksport ekvivalenti samaradorligi koeffitsiyenti va shunga muvofiq eksport uchun import ekvivalenti samaradorligi koeffitsiyent joriy etiladi. Eksport uchun koeffitsiyent muayyan mamlakatga tovarlar eksport qilishdan tushngan jami valyuta tushimini ularni ishlab chiqarishga qilingan barcha xarajatlarga bo‗lishdan chiqqan sondir, import uchun koeffitsiyent esa import qilingan tovarlarni mamlakatning o‗zida ishlab chiqarilgan taqdirda sarflanishi mumkin bo‗lgan xarajatlarni bu tovarlar haqini to‗lash va keltirishga ketgan valyutadagi xarajatlar summasiga bo‗lish natijasidir. Chet el valyutalarining xarid kuchi bo‗yicha ham tuzatish kiritiladi.
Tashqi savdo ayriboshlash samaradorligining ko‗rsatkichi suratdagi import qilingan tovarlarning qiymat bahosi (mamlakatning o‗zida ishlab chiqarilgan taqdirda ularga yoki ular o‗rnini bosuvchi tovarlarga qilinadigan barcha xarajatlar)ni ko‗rsatuvchi sonni maxrajdagi eksport qilingan tovarlarni ishlab chiqarishga va tashishga sarflangan barcha xarajatlarni bildiradigan songa bo‗lishdan chiqqan bo‗linmani bildiradi. Bu ko‗rsatkichni hajm (qiymat) jihatidan teng bo‗lgan eksport va import uchun aniqlash kerak. Mutanosib bo‗lmagan qismi uchun eksport yoki importning samaradorlik ko‗rsatkichi (qaysi biri ko‗pligi) alohida-alohida aniqlanadi. Uskunalarni import qilish samaradorligini baholaganda vaqt va sifat omiliga tuzatish kiritilishi mumkin.
Litsenziya sotib olish samaradorligi ko‗rsatkichi shunday nisbatdirki, uning suratida chet eldan sotib olingan yangi texnologiyaga yoki boshqa yangilikka litsenziyadan vaqt omilini hisobga olgan holda foydalanishdan keladigan samara miqdori, maxrajida esa litsenziya haqini to‗lash uchun zarur bo‗lgan tovarlarni ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar turadi. Litsenziya olish-sotish munosabati bilan tovar ayriboshlash va xamkorlik kilishning faollashuvi va foydasi singari omillar xam xisobga olinadi.
Bojxona siyosati davlat tashqi savdo faoliyatining bir qismi bo‗lib, tovarlarni eksport va import qilishning shart-sharoitlari, hajmi va tarkibini tartibga solib turadi. Bojxona siyosatining
mohiyati bojxona - tarif qonunchiligida, bojxona ittifoqlari va konvensiyalari, erkin iqtisodiy hududlar, tarif blokadalari va boshqalarni tashkil etishda namoyon bo‗ladi.
Bojxona siyosatining mohiyatini ko‗rib chiqishdan oldin bu tushunchaga aniqlik kiritish kerak bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |