boshqaruv amaliyotida ishlatiladigan asosiy qoidalar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi
tartib intizomlar, ahloqiy me‘yorlarni tushunamiz.Boshqarish tamoyillari bir nechta
Har qanday korxona, tarmoq va vaholanki, eng rivojlangan davlatning ham
imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi. Bu holat rejalash jara-yonida inobatga olinishi
shart. Rejalangan mablag‘larning rejalanmagan ishlarga yo‘naltirilishi ajratilgan
mablag‘larning samaradorligini pasa-yishiga, chala ishlar, qurilishlarning
ko‘payishiga, ajratilgan kuch va imkoniyatlarni to‘zishiga olib keladi. Ishni reja
asosida olib borish tamoyiliga qat‘iy rioya qilish amaliyotda katta ahamiyatga ega.
ashyoviy boyliklarni yuqori sifatda ishlab chiqarish, ko‘rsatilgan yuqori sifatli har
qanday xizmatlar uchun qilingan sarf-xarajatlar mi-nimum bo‘lishi to‘g‘risida fikr
Bu esa ishlab chiqarish jarayonida bo‘layotgan sarf-xarajatlarni, chunonchi
ishlab chiqarishda mavjud bo‘lgan chiqindilarni, yonilg‘i, xom ashyo, issiqlik,
Ishlab chiqarishda bo‘lgan sarf-xarajatlarni kamaytirish ishchi (xodim)
laming oladigan ish xaqini, olinadigan mukofotlarni, ijtimoiy rivojlanish, ishlab
chiqarishni rivojlantirish, fan va texnika yutuqlarmi qo‘llash uchun kerak bo‘lgan
mablagiarni oshirishga olib keladi, ya‘ni korxonaning samaradorligini oshiradi.
Xo‘jalikni maqbul olib borish deganda, ishlab chiqarishda va bosh-qarishda
zamonaviy fan va texnika yutuqlarini qo‘llash ko‘zda tutiladi. Masalan, ishlab
chiqarishda, boshqarishda yangi texnologiyalar, iqti-sodiy-matematik modellashni,
hisoblash texnika vositalarini, avtomat-lashtirilgan ishchi joylarini tatbiq qilish
ko‘zda tutiladi.
Zamonaviy boshliq o‘zining ish jarayonida xo‘jalikni samarali va maqbul
olib borish tamoyiliga amal qilishi kerak.
Yechilayotgan masalalar zanjirida asosiy bo‟ginni aniqlay olish tamoyili.
Zamonaviy boshliq ishlash jarayonida ko‘p va har xil masalalarga (muammolarga)
duch keladi. Agar hamma masalalarni boshliqning o‘zi hal qilmoqchi bo‘lsa, uning
kuchi ham, vaqti ham, imkoniyati ham yetishmaydi. Shuning uchun boshliq
korxona oldida turgan masalalar ichidan eng asosiylari, ya‘ni birinchi navbatda
yechilishi zarur bo‘lganlarini ko‘ra bilish va ajratish qobiliyatiga ega bo‘lishi shart,
ya‘ni yechiladigan masalalar zanjirida asosiy bo‘g‘inni aniqlay bilishi kerak.
Buning uchun boshliq adabiyot va axborot vositalarida e‘lon qilingan,
korxona yo‘nalishiga oid bo‘lgan materiallarni tahlil qilishi va o‘zida to‘g‘ri xulosa
chiqarishi, fan va texnika yutuqlarini o‘rganib, ularni o‘z korxonasida qo‘llash
yoilarini qidirishi, korxonaning sohasi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan ilg‘or
(raqobatdosh) korxonalarning ishlash usullarini o‘rganishi va iloji boricha
korxonasida o‘rgangan usul va vositalarni qo‘llash va nihoyatda o‘z korxonasining
yutuq va kamchiliklarini tahlil qilib, boshqa raqobatdosh korxonalarning faoliyati
bilan solishtirib chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak.
Bu tadbirlar korxonaning texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ilg‘or
(raqobatdosh) korxonalar darajasigacha ko‘tarish imkoniyatini beradi.
Shuning uchun ham bu tamoyilga amal qilish boshqarish ama-liyotida
birinchi navbatda yechiladigan masalalarni aniqlash orqali iqtisodiyotni
(korxonani) samarali boshqarish imkoniyatini beradi.
Qabul qilinadigan qarorlarning ob‟yektivligi va ilmiyligi tamoyili. Ish
faoliyatida rahbar odamda ko‘p masalalar bo‘yicha har xil qarorlar qabul qilishga
to‘g‘ri keladi. Boshqarish sohasida qabul qilingan qarorlardan kelgan foydadan
kimlar manfaatdor bo‘lishiga qarab, ular ob‘yektiv va sub‘yektiv bo‘lishlari
mumkin. Qabul qilingan qarorlar jamoa, ishlab chiqarish va davlatni ko‘zda tutsa
ob‘yektiv, sub‘yektiv, ya‘ni qaror qabul qiluvchi shaxsning manfaatlarini ko‘zda
tutsa sub‘yektiv qarorlar bo‘ladi. Ko‘pincha qabul qilingan qarorlard.