1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Iqtisodiy munosabatlar quyidagi manfaatlarni qondirishi kerak



Download 339,84 Kb.
bet64/92
Sana01.07.2021
Hajmi339,84 Kb.
#106460
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92
Bog'liq
Mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vaz-fayllar.org

Iqtisodiy munosabatlar quyidagi manfaatlarni qondirishi kerak: 

         1.Jamoatchilik manfaati, (qurilishlar, transport va hokazolar). 

         2.Tashkilot   

manfaati   

(ijtimoiy-iqtisodiy   

rivojlanish   

rejasi   

va 

hokazolar). 

         3.Shaxsiy manfaat, (malaka oshirish, ish haqi va boshqa daromad-lar). 

         Jamiyatdagi  ishlatiladigan  richaglar  uchchala  manfaatlar  bo‘yicha  ijobiy 

natijalarga  olib  kelishi  kerak.  Lekin,  bu  narsa  doimo  kuza-tilavermaydi,  ya‘ni 

ba‘zida  umumiy  ko‘rsatgichlar  bajariladiyu,  shaxsiy  ko‘rsatkichlar  to‘la  inobatga 

olinmaydi.To‘la  xo‘jalik  hisobida  ishlay-digan  korxonalarda  bu  uchchala 

ko‘rsatkich,  daromadga  bo‘lingan  holda  inobatga  olinishi  kerak.Shaxsiy  manfaat 

juda  nozik  narsa.  Shuning  uchun  ham  har  bir  ijrochiga  rejaviy  ko‘rsatkichlar, 

molning  narxi,  daromad,  ashyo  sarfi  va  boshqa  qiziqtirilgan  ko‘rsatkichlar 

bo‘yicha  ma‘lumotlar  etkazilishi  kerak.  Shunday  bo‘lganda,  har  bir  xodimning 

faolligi,  mas‘uliyatligi  keskin  oshadi.Bu  esa  ishlab  chiqarish  hajmining,  mol 

sifatining,  daromadning,  ish  unumdorligining  oshishiga  olib  keladi.Har  bir  xodim 

ishning pirovard natijasini oshirishga da‘vat qiluvchi kishiga aylanadi. 

Rahbar  avtoritar  boshqaruv  uslubini  qo‘llar  ekan,  u  tashkilotning  rasmiy 

tizimini  ta‘minlashga  asosiy  e‘tiborini  qaratadi.  Bu  uslubda  ma‘lumot  faqat 

vertikal  yo‘llar  orqali  keladi,  xodimning  mas‘uliyat  chegarasi  aniq  bo‘lib,  har 




qanday  xato  qattiq  jazolanadi,  shaxsiy  munosabatlar  iloji  boricha  rasmiy  tus  oladi 

va hissiyotga o‘rin qolmaydi.  

Demokratik  boshqaruv  uslubida  jamoadagi  do‘stona  munosabatlar 

rivojlanadi, rahbar  guruh  faolligi tarafdori, rasmiy tizimda shaxsiy  manfaatlar xam 

nazarda tutilib, muloqot yuritishga keng yo‘l ochib beriladi. 

Liberal  boshqaruv  uslubida  esa  rahbar  jamoadagi  norasmiy  tizimni 

rivojlantiradi  va  muvaffaqiyatga  erishishda  rasmiy,  ma‘muriy  shakldan  ko‘ra 

jamoaning 

norasmiy 

munosabatlari  ustun  qo‘yiladi.  Tashkilotda  yangi 

kommunikasiya  tarmoqlari  yaratilishiga  keng  yo‘l  ochiladi  va  hatto  bunday 

tashabbus ijobiy  baholanadi. Xodimlar ish me‘yorini o‘zlari o‘rnatishadi va uning 

bajarilgani  uchun  o‘zlari  mas‘uldirlar.  Xodimlar  o‘rtasida  hamkorlik  munosabati 

ustun turadi. Jamoa tavakkalga  mushohada bilan bemalol boradi,  har qanday qiyin 

vazifani ham yengil bajaradi.  

Yuqorida  aytib  o‘tilgan  uch  xil  boshqaruv  uslubi  jamoada  turlicha  muhitni 

yaratadi.  Avtoritar  rahbarlik  uslubida  guruhda  hokimlikka  intilish  namoyon 

bo‘ladi,  mansabga  ruju  qo‘yiladi,  demokratik  uslubli  jamoada  xodim  uni  tan 

olishlarini, hurmat va obro‘ qozonishni istaydi va nihoyat, liberal uslubli jamoada 

muvaffaqiyatga erishish istagi ustun bo‘ladi.  

Sanab o‘tilgan rahbarlik uslublari jamoadagi mehnat samarasi uchun turlicha 

asos  yaratadi.  Avtoritar  uslub ta‘siridagi jamoa doimo «tepadan» ko‘rsatma kutib 

yashaydi va tashabbus ko‘rsatolmaydi. Shuning uchun bunday guruh samarasi ham 

sust.  Guruh  a‘zolarida  ishdan  ham,  o‘zaro  munosabatlardan  ham  qoniqish  past 

darajada.  

Demokratik  rahbarlikka  asoslangan  jamoaning  ish  unumi  o‘rta,  ixtiro  va 

tashabbuslar  soni  ham  o‘rta  me‘yorda,  guruh  a‘zolari  ishdan  va  o‘zaro 

munosabatdan qoniqqan.  

Liberal  tamoyilga  asoslangan jamoda esa  unumdorlik  yuqori,  mehnatdan  va 

o‘zaro  munosabatdan  qoniqish  baland,  xodimlar  o‘zaro  hamkorlikka  boradi  va 

yordam ko‘rsatishga doimo tayyor.  

Ishlab  chiqarish sohasidagi  ba‘zi tadqiqotlar natijasida boshqaruv uslubi  va 

guruh  samaradorligi  o‘rtasida  ham  aloqa  aniqlandi.  Bunga  binoan,  avtoritarlik  va 

demokratik  boshqaruv  uslubi  guruh  faoliyatining  deyarli  bir  xil  samarasini 

ta‘minlaydi,  ammo  guruh  a‘zolari  demokratik  uslub  qo‘llanganda  ishdan  ko‘proq 

qoniqadilar. Agar xodimning ishdan qoniqishi motivasiya omili sifatida qaralsa, bu 

juda ahamiyatli mezon ekanligi ko‘zga tashlanadi. 

Ko‘p  adabiyotlarda  an‘anaviy  uch  rahbarlik  uslubiga  baho  berishda  liberal 

uslub eng samarasiz yoki boshqaruv maqsadlaridan uzoq turuvchi vosit a deb, ta‘rif 

beriladi.  Ammo  bunday  fikrga  jiddiy  e‘tirozlar  bildirish  mumkin.  Tajriba  va 

kuzatishlarning  ko‘rsatishicha,  liberal  boshqaruv  uslubi  ayrim  hollarda  samarali 




natijaga  olib  keluvchi  vositaga  aylanishi  mumkin.  Agar  rahbar  ataylab  va  ongli 

ravishda  liberal  uslubni  tanlasa,  ongli  ravishda  xodimga  mas‘uliyatni  o‘ziga  olish 

imkonini  bersa,  bu  xodim  xulqini  jamoa  orqali  boshqarish  kabi  yuksak  mahorat 

belgisi bo‘lishi mumkin. Agar o‘xshatish qilsak, avtoritar boshqaruvda rahbar faqat 

o‘z  o‘rinbosarlari  bilan  muloqotda  bo‘ladi  va  ma‘muriy  choralar  bilan  cheklanib 

qoladi,  demokratik  boshqarishda  rahbarning  jamoa  bilan  bevosita  munosabat 

o‘rnatishi  kuzatiladi.  Liberal  uslub  esa  xodimni,  jamoani  jonlantirish  orqali 

boshqarish  demakdir.  Liberal  uslubda  xodim  rahbar  ketidan  emas,  balki  jamoa 

orqasidan boradi va guruhga mos kelishga intiladi.  

Jamoa  faolligi  korxona  maqsadlariga  mos  ravishda  borayotgan  sharoitda, 

mas‘uliyatni  o‘ziga  olib  tashabbus  ko‘rsatayotgan  paytda  guruh  faoliyatiga 

aralashmaslik va xodimni guruh hayoti og‘ushiga kiritib qo‘yish, balki eng maqbul 

boshqaruv bo‘lib hisoblanadi. Ongli ravishda olib borilgan liberal boshqaruv uslubi 

o‘ta  murakkab  bo‘lib,  bu  jarayonda  rahbar  maqbul  yo‘l  tanlanishida  barcha 

faollikni jamoaga topshiradi, rahbarning vazifasi to‘g‘ri maqsadni ko‘rsatib berishi 

emas,  balki  shu  maqsad  guruh  tomonidan  tanlanishi  uchun  sharoit  yaratishdan 

iborat bo‘ladi. 




Download 339,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish