1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Download 339,84 Kb.
bet1/92
Sana01.07.2021
Hajmi339,84 Kb.
#106460
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
Mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vaz-fayllar.org


Mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



1-MAVZU: BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI, 

MAQSADI VA VAZIFALARI  

Reja: 

1.Boshqaruv psixologiyasining predmeti va vazifalari. 

2.Boshqaruv ilmining nazariy tarixiy asoslari. 

3.Psixologiyaning boshqaruvda tutgan o’rni. 

4.Boshqaruv jarayonini tashkil etishning psixologik omillari. 

 

1.Boshqaruv psixologiyasining predmeti va vazifalari. 

Ko‘rib  o‘tganimizdek,  boshqaruv  psixologiyasi  boshqaruv  maqsadi  va 

vazifalarni  amalga  oshirish  davomida  boshqaruv  sub‘yekti  va  ob‘yekti  o‘rtasida 

yuzaga  keluvchi munosabatni talqin etadi. Mazkur  munosabat tizimining tashkiliy 

qismlari o‘zaro itoatdaligi bilan xarakterlanadi.  

Tizim  ichida  amal  qiluvchi  itoat  tamoyili  boshqaruv  psixologiysi  fanida 

subordinasiya  deb  ataladi  va  bu  ibora  orqali  tizimning  markazlashganligi  nazarda 

tutiladi.  Subordinasiyadan  kelib  chiquvchi  munosabatlar  tashkilot  xodimlari 

xulqida  itoat  va  ijro  etish  shakllarini  nazarda  tutadi.  Ammo,  boshqaruv  amaliyoti 

nafaqat rahbariyat va itoatdagi xodimlar munosabati, balki bir darajada turuvchi va 

toifasi  jihatidan  barobar  tashkilot  a‘zolari  o‘rtasidagi  munosabatlarni  ham 

o‘rganadi. 

Tizimning 

bunday 

qismlari 

o‘rtasidagi 

munosabatlarni 

o‘zaro 

muvofiqlashtirish, 

ular 

o‘rtasidagi 

hamjihatlik 

shakllarini 

yanada 

mukammallashtirish koordinasiya tadbirlarida namoyon bo‘ladi.  

Boshqaruvdagi  subordinasiya  va  kordinasiya  munosabatlari  tashkilot 

miqyosidagi vertikal va gorizontal aloqalarni ajratish zaruratini tug‘diradi. Demak, 

vertikal  aloqalar  o‘zaro  itoatdagi  xodimlar  o‘rtasida  yuzaga  keluvchi 

munosabatlardan  iborat  bo‘lsa,  gorizontal  aloqalar  o‘zaro  koordinasiyani,  ya‘ni 

tizimning  teng  va  mustaqil  qismlari  o‘rtasidagi  munosabatlarni  nazarda  tutadi. 

Bundan  tashqari,  boshqaruv  munosabatlari  o‘zining  rasmiy  va  norasmiy 

ko‘rinishiga ham ega.  

Rasmiy  munosabatlar  xizmat  majburiyatlariga  asoslanadi,  norasmiy 

munosabatlar  esa  tashkilot  miqyosida  xizmat  qiluvchi  xodimlar  o‘rtasidagi 

ixtiyoriylik  va  o‘zaro  xohishga  tayanadi.  Shu  munosabat  bilan,  boshqaruv 

psixologiyasinig  asosiy  vazifalaridan  biri  yuqorida  ta‘kidlangan  munosabatlarni 

yanada mukammallashtirishdan iboratdir.  

Boshqaruv 

psixologiyasining 

boshqa 

turkum 


vazifalari 

boshqaruv 

metodlarini  shakllantirish  bo‘lib,  ushbu  tadbir  tashkilotning  samarali  faoliyatini 

ta‘minlash  maqsadidagi  ta‘sir  etish  imkoniyatlarini  ishlab  chiqishdan  iboratdir 

Tashkilot  personaliga  ta‘sir  etish  uslublarini  uch  guruhga  bo‘lamiz:  ma‘muriy, 

moddiy  va  ma‘naviy  shakllarda  ta‘sir  etish.  Bularning  har  birida  ma‘lum 

psixologik  mazmun  namoyon bo‘ladi  va boshqaruv psixologiyasi, fan sifatida, bu 

choralarning xodimga ta‘sirchanlik imkoniyatini tadqiq etadi.  

Bunday  ta‘sir  etish  tadbirlari  orasida  xodimlarni  motivasiyalash,  ya‘ni 

bajaradigan  mehnatga  ishtiyoq  uyg‘otish  masalasiga  katta  e‘tibor  qaratiladi. 




Boshqaruv  ob‘yektiga  ta‘sir  etish  uslublariga  ko‘ra,  uning  bevosita  va  bavosita 

ta‘sir shakllari ajratiladi.  

Boshqaruv  psixologiyasi  fanidagi  asosiy  tushunchalardan  biri,  boshqaruv 

sub‘yekti  va  ob‘yekti  masalasidir.  Bevosita  boshqaruv  jarayonini  ko‘z  oldimizga 

keltirsak,  boshqaruv  sub‘yekti  sifatida  rahbarni,  ob‘yekt  tarzida  esa  xodimni  va 

mehnat jamoasini tasavvur etishimiz mumkin.  

Biroq,  rahbar  o‘z  faoliyatini  tashkil  etishi  va  o‘z-o‘zini  boshqarishi  uni 

nafaqat  boshqaruv  sub‘yekti,  balki  ob‘yekt  sifatida  ham  tushunish  zaruratini 

qo‘yadi. Rahbarning kasbiy mukammallashuvi, o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini 

egallashi,  tashkilot  va  xodimlar  boshqaruvidagi  asosiy  mavzulardan  biriga 

aylanadi.  

Yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqqan  holda,  boshqaruv  psixologiyasining 

predmeti sifatida, boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati qabul qilinadi 

 


Download 339,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish