9.Boshqaruv malakasining sustligi. Tashkilotdagi xodim va rusurslarni
boshqarish uchun ko‘pgina ko‘nikmalar zarur bo‘lib, ularni rahbarlik qobiliyatlari
deyish ham mumkin. Boshqaruv sust bo‘lgan jamoada vaqtni behuda o‘tkazish,
xodimlarning o‘z imkoniyati darajasida ishlamasligi, mehnatdan qoniqmaslik kabi
holatlar kuzatiladi. Bunday guruhda rol taqsimoti sust, mehnatni tashkil etishda
behudalik ko‘p, o‘zaro munosabatlar esa – qoniqarsiz. Bunday jamoada rahbarning
mehnati qadrlanmaydi va psixologik muhit sog‘lom emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |