4.Kamolotga intilishning yo‟qligi. O‘z ustida ishlashdan bosh tortgan
rahbar qaltis vaziyatdan o‘zini olib qochadi, o‘z imkoniyat va qobiliyatini
rivojlantirish ustida ishlamaydi, tavakkalga bormaydi va eski, odat tusiga kirgan
xatti-harakatlari dorasidan chiqolmaydi.
5.Muammoni yecha olmaslik. Ayrim rahbar muammo ustida sifatli,
muntazam va aql-zakovat bilan ishlay olmaydi. U vazifa maqsadini aniqlash,
ma‘lumot to‘plash, rejalashtirish va nazoratni amalga oshirish malakasiga ega
emas. Natijada hal etilmagan masalalar to‘planadi va rahbarning muammoni hal
etish imkoniyati cheklanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |