1-mavzu: boshlang‘ich ta’lim o‘quv fanlaridagi integratsiya jarayonlarining tarixiy tadrijiy rivoji reja


Boshlang‘ich ta’lim jarayonini integratsiyalashning rivojlanish tarixi va nazariy asoslari



Download 97,05 Kb.
bet2/2
Sana31.05.2022
Hajmi97,05 Kb.
#622013
1   2
Bog'liq
2 5449750067634245988

2. Boshlang‘ich ta’lim jarayonini integratsiyalashning rivojlanish tarixi va nazariy asoslari.

Boshlang‘ich sinflarda o‘quv jarayoni foydalanilayotgan usul, uslub va shaklarning turli tumanligi bilan ajralib turadi.


Mamlakatimizdaamalgaoshirilayotganyangio‘quvrejalariva dasturlariga o‘tish davrida jamiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish, atrof-muhitga jiddiy munosabatni o‘rnatish va shakllantirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Atrof-muhitgajiddiymunosabatlarningpoydevori boshlang‘ich sinflarda o‘rgatiladi. SHuning uchun iqtisodiy ta’limning natijasi maktab ta’limining birinchi bosqichiga bog‘liq. YAngi psixologik-pedagogik tadqiqotlar kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatlari cheklanganligi haqida ilgarigi tushunchalarni ko‘rib chiqishga imkon beradi.
Bu boshlang‘ich iqtisodiy ta’limning barcha tarkibiy qismlarini o‘zgartirish va yangilashga asos yaratadi.
B oshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan, maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir.
XIX-XX asrlar oralig‘ida pedagogikada kichik maktab o‘quvchilarining tabiiy muhit bilan tanishtirishning integratsiyalangan kursini yaratish fikri paydo bo‘lgan. Bu fikr A.YA.Gerd, D.N.Kaygorodov, A.P.Pavlov nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular boshlang‘ich maktabga atrofdagi jonli va jonsiz dunyo hakidagi bo‘linmagan kursni kirgizishni talab qilishdi.
Integratsiyalashganta’lim-tarbiya,fanlararoaloqalarningayrim jihatlari mashhur pedagoglarning (YA.Komenskiy, D.Lokk, I.Gerbart, M.Pestalotssi, K.Ushinskiy va boshqalar), didaktiklarning (I.D.Zverev, M.A.Danilov, V.N. Maksimova, S.P.Baranova, N.M.Katkina va boshqalar) psixolog olimlarning (E.N.Kabanova, Meller, N.F.Talizina, YU.A.Samarina, G.I.Vergeles), medist olimlarning (M.R.Lvov, V.G.Goretskiy, N.N.Svetlovskaya. YU.M. Kolyagin, G.N.Pristupova) ishlarida ko‘rib chiqilgan.
Bir qator ishlar boshlang‘ich ta’limdagi fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarga bag‘ishlangan. Bu muammolar o‘quv fanlarini integratsiyalashga o‘tishningyaqinrivojlanishzonasidir.
Integratsiya atama va uslubiy nuqtai nazaridan ikkita tushunchaga ega:
1. Tizim, organizmningalohidatabaqalashtirilganqismva vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu holatga olib boruvchi jarayon.
2. Tabaqalashtirishjarayonlaribilanbirgaamalgaoshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni.
Differensiatsiya – fransuzcha (diffe’rentiofion lotincha differentia - farq, har xillik, ya’ni butunni bo‘laklarga bo‘lish, ajratish. Ta’lim mazmunini integratsiyalash – dunyo tendensiyasi (g‘oya, fikr, intilish). Integrativ yondashishi turli darajadagi tizimli aloqalarning ob’ektiv yaxlitligni aks ettiradi. (tabiat - jamiyat - inson). Integratsiya ilgari bo‘lingan qismlarni bir butunga birlashtirish bilan bog‘liq. U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasini oshirishga olib keladi.
Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog‘liqlik hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarning ishlashi va o‘rganish ob’ektining yaxlitligi tartibga solinadi.
Bu umumiy qoidalarni qanday qilib maktab ta’limida qo‘llash mumkin?
Zamonaviy didaktik va metodikada ta’kidlanishicha, o‘quvchilarni o‘qitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularning dunyoning birligi haqida tushunchaning shakllanganligi, o‘z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yo‘lga solish zaruriyatini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarni echaolishlari bilan bog‘liq. Ta’limdagi integratsiya o‘quv fanlari mazmunini konstruksiyalashga tizimli yondashish orqali ko‘rib chiqiladi.
Integratsiyaningturlidarajalariajratiladi:boshlang‘ich,tabiat haqidagi elementlar bilimlarni birlashtiradi; oraliq-fanlar bo‘limlarini bo‘lish integratsiyasi; yakuniy - tabiatshunoslikni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limning oxirgi bosqichi integratsiyasi. SHu bilan birga, tabiiy-ilmiy ta’limini to‘liqroq va kengroq integratsiyalash imkoniyati ham inkor etilmaydi. Maktab ta’limini integratsiyalash jarayonining psixologik asosi sifatida psixolog YU.A.Samarinningassotsiativ tafakkur to‘g‘risidagi fikrlari olinishi mumkin. Bu fikrlarniig mazmuni shundaki, har qanday bilim bu o‘xshatish, bilimlar tizimi esa o‘xshatishlar tizimidir. YU.A.Samarin o‘xshatishlarning quyidagi turlarini ajratadi:
lokal (mahalliy, ma’lum bir joy, narsa bilanchegaralangan),biror tizimga tegishli bo‘lgan, tizim ichidagi, tizimlar orasidagi va aqliy faoliyat darajalarini o‘xshatishlarning mos keladigan darajasiga birlashtirish xususiyatiga qarab tasniflaydi.
Tabiatyokifanhaqidagiengoddiybilimlarnihosilqiluvchi bog‘liqlikning engsoddasi ma’lum bir joy yoki tushuncha bilan chegaralangan lokal tasavvurdir. Bu bog‘liqlik boshqa bilimlardan nisbatan ajralgan, shuning uchun eng oddiy aqliy faoliyatni ta’minlaydi. Bu kichik maktab yoshiga xos. Biror bir tizimga tegishli bo‘lgan tasavvurlar eng sodda tizimli tasavvurlardir. Ular biror bir mavzu, predmet yoki hodisani o‘rganishi asosida hosil bo‘ladi. Biror bir predmetni bilish yangi fakt va tushunchalarning tanlanishi ularni bir bilimlar bilan taqqoslanishi orqali amalga oshiriladi.
Bunda o‘quvchilarning tahlil qilish va umumlashtirish faoliyatlari vujudga keladi. Tizim ichidagi tasavvurlar o‘quvchilarning butun bir fanlartizimining bilishini ta’minlaydi (fizikaviy, kimyoviy,biologik, bilimlar tizimi), o‘rganilayottan fan doirasida bilimlardankeng foydalanish kuzatiladi. Tizim ichidagi tasavvurlar, vaqt, muhit, son bog‘lanishlarni aks ettiradi. Fanlararo tasavvurlar aqliy faoliyatning eng yuqori pog‘onasi hisoblanadi. Ular bilimlarning turli tizimlarini birlashtiradi, hodisa yoki jarayonning xilma-xilligini bilishiga imkoniyat beradi. SHu bilimlar asosida umumiy tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo tasavvurlarning shakllanishi, ularni bilimlardan foydalanishga, ularni bir-biriga bo‘ysundirishga, bilimlar chegarasida bo‘shliqliklarni aniqlashga imkon beradi.
Bayon qilingan psixologik dalillar boshlang‘ich, to‘liqsiz o‘rta va o‘rta maktab ta’limini integratsiyalashning asosiy xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.
S.P.Baranov,L.R.Bolotin,V.A.Slasteninning«Pedagogika» kitobida darslarda qo‘llaniladigan fanlararo bog‘lanish ko‘rsatiladi, lekin integratsiyalashgan ta’lim muammolari aks etmagan.
«Boshlang‘ichta’lim»jurnalaridamaktabta’liminiintegratsiyalash muammosiga katta ahamiyat beriladi. L.N.Baxareva o‘zining «Boshlang‘ich maktab o‘quv mashg‘ulotlarinio‘lkashunoslik asosida integratsiyalash» maqolasida integratsiya - differensiatsiya jarayonlari bilan birgalikda amalga oshayotgan fanlarni yaqinlashtirish va bog‘lash jarayoni bo‘lib, yangi, butun, y axlit bo‘limlar yaratishga yordam beruvchi, fanlararo aloqalarni amalga oshiruvchi yuqori ko‘rinishdir.
O‘quv fanlari orasida integratsiya predmetlar tizimini inkor etmaydi integratsiya tizimini takomillashtirishning, kamchiliklarni bartaraf etishning yo‘li bo‘lib, fanlar orasidagialoqalar va bog‘liqliklarni chuqurlashtirishgaqaratilgan bunday yondashuv- differensiatsiya va integratsiya orasidagi munosabatlarni tushunishga tayanadi.
Pedagogikaning maqsadi bir xil maqsad vazifalarga ega bo‘lgan turli fanlarning element vaqismlarni bir butunga birlashtirishga yo‘naltirilgan intergratsiyani amalga oshirishda o‘qituvchilarga yordam berishdir. Ko‘p yillik kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari u yoki bu fanlarni o‘rganib, shu bilim ko‘nikmalarni boshqa fanlarni o‘rgatishda qo‘llashga qiynaladilar, ularga mustaqil fikrlash, olingan bilimlarni o‘xshash yoki yangi vaziyatlarga ko‘chira bilish ko‘nikmalari etishmaydi.
L.P.Elinko o‘zining «Boshlang‘ich sinflarda ta’limni integratsiyalash tajribasi» ichida maktab ta’limini intgratsiyalashning muhimligiga e’tiboriniqaratib, integratsiya darsini samarali qilish vositasi, fanlar aloqalarini yangi pog‘onalarga ko‘tarish shakli deb hisoblaydi. Integratsiya o‘qituvchilarning turli fanlar bo‘yicha kuzatishlari va xulosalarini tasdiqlab yoki chuqurlashtirib beruvchi yangi dalillarni topib berish manbaidir.
Ular faoliyat turli shakllarining almashib turishi orqali o‘quvchilarning charchashi va asabiylashishining oldini oladi.

Adabiyotlar.


1. Lutfillaev M.X. Oliyta’limdaaxborottexnologiyalariintegratsiyasi.Monografiya. – Samarqand: SamDU, 2005. –133 b.
2. Mavlonova R.A. Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005. -104 b.
Download 97,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish