1. Maktabda boshqaruv tizimini takomillashtirishning ta’lim sifatini ko’tarishga o’zaro ta’siri



Download 0,62 Mb.
Sana30.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#91659
Bog'liq
slayd


Reja:

1.Maktabda boshqaruv tizimini takomillashtirishning ta’lim sifatini ko’tarishga o’zaro ta’siri

2.Prezidentimiz tomonidan ta’limda boshqaruv tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora - tadbirlar

3.Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Ta‘limning roli faqat daromadlar darajasini oshishida emas, balki insonning imkoniyatlarining kengayishi, ne‘matlarning unga yetishi, uning hayotini ancha qiziqarli, mazmunli va baxtli qilishda ham namoyon bo‘ladi. Ta‘lim inson sog`ligini mustahkamlash va faol uzoq umrli hayot kechirish uchun zaruriy ne‘mat sanaladi. Inson ma‘lumoti, ta‘lim olganligi sog`lom va sifatli nasl-avlodni tarbiyalashda, yaxshi atrof-muhitni saqlash, asrashda, ham yordam beradi

“Umumiy o‘rta ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish kerak. Har bir sinfda bolalarning nimalarni bilishi zarurligidan kelib chiqib, davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarini qayta ko‘rib chiqish lozim. Darsliklarni eng zamonaviy metodikalar asosida yaratish va chop etish, maktablarda texnologiya, muhandislik fanlari, matematika, san’at, chet tillari yo‘nalishlarini kuchaytirish, bu boradagi laboratoriyalarni qayta jihozlash talab etiladi. Maktabgacha ta’lim va oliy ta’lim tizimlari bilan uzviylikni ta’minlashga ham e’tibor berish kerak”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro

standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga

oshirilmoqda.

Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorl

ashning zamonaviy ta’lim

yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga

qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi

Shu bilan birga oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan

keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol

ishtirokini ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda, xususan:

birinchidan, oliy ta’lim tizimida o‘qitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim olayotgan talabalar bilimini baholash

tizimi bugungi kun talablariga javob bermayapti;

ikkinchidan, professor-o‘qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik ko‘nikmasini baholashning

zamonaviy tizimi mavjud emasligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;

uchinchidan, oliy ta’lim muassasalariga kirish test savollari abiturientning mantiqiy fikrlash qobiliyatini

aniqlash imkonini bermayotganligi iqtidorli yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda muammolar

keltirib chiqarmoqda;

to‘rtinchidan, oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining

o‘rnatilmaganligi ushbu sohada ko‘plab muammolarning, eng avvalo, korrupsiya holatlarining saqlanib

qolishiga sabab bo‘lmoqda;

beshinchidan, oliy ta’lim muassasalarining mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli va tizimli

o‘zgarishlardagi ishtiroki hamda tashabbuskorligi sezilmayapti, ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati

hanuzgacha qoniqarsiz bo‘lib qolmoqda;

oltinchidan, respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini ommaviy axborot

vositalari orqali xalqimizga, keng jamoatchilikka tushuntirishda oliy ta’lim muassasalarining faol ishtiroki

yo‘lga qo‘yilmagan;

ettinchidan, oliy ta’lim muassasalari innovatsion va texnologik g‘oyalar bilan fikr almashadigan muloqot

markazlariga aylanmagan, tegishli sohalarda mavjud muammo va kamchiliklarni tizimli o‘rganish, tahlil

qilish va ularning yechimi bo‘yicha taklif kiritish borasida professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va

talabalarning tashabbus ko‘rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan.

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning mamlakatda amalga

oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida

belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:

2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida oliy ta’lim

muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning viza talabnomalariga asosan o‘qishga kirish istagini bildirgan

xorijiy fuqarolarning kirish vizalarini o‘rnatilgan tartibda konsullik va boshqa to‘lovlarni undirmagan holda

rasmiylashtirsin.

3. 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab tayanch (etakchi) oliy ta’lim muassasalari tomonidan tegishli ta’lim

yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarini kadrlar buyurtmachilarining

ehtiyojlaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta

maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlash tartibi joriy etilsin.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ―Ta‘lim to‘g‘risida gi qonunlarni amalga oshirish, talim tizimi oily o‘quv yurti hamda maktab isloxotida belgilangan ulkan vazifalarni bajarish ta‘lim tarbiya sifatini yaxshilash pedagogik jarayonni boshqarish va idora qilish, o`quvchilar jamoasi faoliyatini yo‘lga qoyish va rahbarlik qilish shu kundagi tarbiya texnologiyasini amalga oshirish ota-onalar va jamoatchilikni tarbiya ishlariga jalb etish va ular bilan yaqin hamkorlik o`rnata olish o‘qituvchi oldiga qo`yilgan asosiy vazifalardir. Bu vazifalarni muvoffaqiyatli hal etish o`qituvchi kadrlar tayyorlashning g`oyaviy, siyosiy, professional darajasini yuqori ko`tarishni talab qiladi. Talim tizimi sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma‘naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta‘lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy konstitutstiyaviy huquqlaridan biri bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo‘yicha mehnat qilish huquqi ro‘yobga chiqariladi.

Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi standartlari orqali sifatli ta‘lim olish, shuningdek ta‘lim va kasb-hunar jihatdan tayyorgarlikning shakllari va turlarini tanlashni, uzluksiz malaka oshirib borish, zarurat taqozo etsa, tegishli qayta tayyorgarlikdan o‘tish huquqini va keng imkoniyatlarini nazarda tutadi.Ta‘lim xizmatlarining iste‘molchisi sifatida shaxsga davlat ta‘lim olish va kasb-hunar tayyorgarligi ko‘rish kafolatlanadi. Ta‘lim olish jarayonida shaxs davlat ta‘lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.Shaxs ta‘lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini olgach, ta‘lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatadi va o‘z bilimi va tajribasini o‘rgatishda ishtirok etadi.

Ta‘lim tizimining faoliyat olib borishi davlat ta‘lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta‘lim dasturlarining izchilligi asosida ta‘minlanadi.

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi bo`lib, ta‘lim inson hayotining ajralmas bir bo`lagi va unga o`zining jamiyat hayotida muhim o`rin tutishini anglab yetishida muhim omil sifatida namoyon bo`lishini anglatadi. Ta‘lim olish insonning asosiy huquqi sifatida inson shaxsini har tomonlama rivojlantirish, insonning barcha huquq va asosiy erkinliklarini hurmat qilishni mustahkamlash, shuningdek, barcha xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, bag‘rikenglik va do‘stlikni mustahkamlashga yordam berishga qaratilgandir .

Bitiruv malakaviy ishining vazifalari. Qo‘yilgan maqsadga erishish quyidagi vazifalar yechimi bilan bog`liq.

Ta‘limning inson hayotida tutgan o‘rnini belgiash ;

Ta‘lim tizimining asosiy tushunchalari va atamalarini mohiyatini yoritish ;

Ta‘limning jamiyat taraqqiyotida tutgan o`rnini haqida aytib o‘tish ;

O‘zbekistondagi ta‘lim tizimining asosiy turlariga oid sharxlari tavfsilotini berish;

―O‘zbekistonda ta‘lim : talab va taklif mutanosibligi ‖ mavzusini o`qitishning texnologik modelini yaratish ;



―O‘zbekistonda ta‘lim : talab va taklif mutanosibligi ‖mavzusining ko‘rgazmali elektron taqdimoti (Power Point Presentation) dasturi asosida tuzish.

Tadqiqot predmeti – Ta‘lim tizimining mohiyati.
Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish