1.2. Bojxona munosabatlarining rivojlanish tarixi
Akademik B.Ahmedovning fikriga ko’ra bojxona organlari bunday tizimning bir qismi sifatida Markaziy Osiyoda qadim zamonlardan boshlab mavjud bo’lgan. Chunki ko’p ming yillab Sharqni G’arb bilan bog’lagan Buyuk Ipak yo’li Markaziy Osiyo hududidan o’tgan. O’rta dengizdagi Suriyaning Antioxiya (yoki Antaliya) porti uzoq vaqt Ispaniya, Portugaliya, Venetsiyadan tovarlarni tashuvchi kemalarga xizmat qilgan. Bu kemalar Buyuk Ipak yo’li orqali Xitoy va Yaponiyaga yo’l olganlar.
Buyuk Ipak yo’lidagi boj yig’imlari haqidagi dastlabki yozma eslatmalar VIII asrdagi arab manbalaridan ma’lum. Ko’p asrlar davomida boj miqdori o’zgarishsiz bo’lib, u tovar qiymatining 2 foizini tashkil etgan (Bunday boj XIX asrgacha saqlanib qoldi. Buxoro, Qo’qon va Xivadan Rossiyaga qatnovchi karvonlardan 2,5 foiz miqdorida boj olinardi). Bu barchani qoniqtiruvchi maqbul variant deyish mumkin. Karvonlar yo’lida ko’plab davlatlar joylashgani hisobga olinsa, katta miqdordagi boj savdogarlarni xonavayron qilishi, bu bilan ushbu davlatlarni kafolatli daromaddan mahrum qilishi mumkin edi.

Akademik B.Ahmedov bu davrda karvonlarni qo’riqlash zimmasiga kiradigan bojxona puxta ishlaganligini qayd qilar ekan, quyidagi misolni keltiradi. Bu voqea Boburning otasi temuriyzoda Umarshayx Andijonda hukmronlik qilgan davrda yuz beradi. Besh yuz kishilik ot ulovli katta karvon ko’p yuk bilan Xitoydan qaytar edi. Tog’da yo’lovchilar qor bo’roniga yo’liqib, qalin qor ostida qolishadi. Faqat ikki kishi tirik qoladi va Andijonga kelib yuz bergan falokatdan xabar beradi. Umarshayhning amri bilan karvon ortgan yuklar qor ostidan kavlab olinadi va merosxo’rlar topilmaguncha ishonchli qo’riqlanadi. Merosxo’rlarni esa faqat Andijondan emas, balki butun Xuroson, Eron va Iroqdan izlashga to’g’ri keladi. Amir Temur davrida ehtimolki undan ham ilgari ayrim boj imtiyozlari mavjud bo’lgan. Masalan, «qizil mol» bojdan ozod qilingan edi. Bunday tovarlar ularga ilova qilingan xujjatlar, ya’ni rahnomolar oddiy muhr bilan emas, balki shohona qizil muhr bilan tasdiqlanganligi bois «qizil mol» deb atalgan. Bu esa mollar xukmdorga in’om qilishga mo’ljallanganligini anglatardi. O’sha davr qoidalariga ko’ra, sovg’alardan boj undirilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |