1-mavzu: Bojxona ishi fanining predmeti va vazifalari
1-mavzu: Bojxona ishi fanining predmeti va vazifalari Reja: 1.1. Fanning predmeti, vazifalari, boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi 1.2. Bojxona munosabatlarining rivojlanish tarixi 1.3. Bojxona munosabatlarida qo’llaniladigan asosiy atama va tushunchalar 1.1. Fanning predmeti, vazifalari, boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorligi
Davlat bojxona siyosati vositalari - tarifli va notarif boshqarish vositalari orqali ularning tovarlar, ishlar va xizmatlar eksporti va importi bo’yicha faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, «Davlat bojxona xizmati to’g’risida» va «Boj tarifi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari bojxona haqidagi qonun hujjatlari tizimi asosini tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida
O’zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida
(2-modda) bojxona ishiga quyidagicha ta’rif beriladi: «Bojxona ishi O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o’tish, boj to’lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvchi, bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi va shartlaridan hamda bojxona siyosatini amalga oshirishning boshqa vositalaridan iboratdir».
Bojxona ishining Bojxona kodeksida ko’rsatilganlardan tashqari tarkibiy qismlari ro’yxatiga boj tariflari vositasida tartibga solish, valyuta nazorati, bojxona ta’minoti, bojxona statistikasi va Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish, kontrabandaga va bojxona ishi sohasidagi boshqa jinoyatlarga qarshi kurash, bojxona haqidagi qonun xujjatlari buzilganligi haqidagi ishlarni ko’rib chiqish kiritilishi kerak.
Shunday qilib, bojxona ishi tuzilmasi bojxona siyosatini amalga oshirishning quyidagi vositalari bilan ifodalanishi mumkin: Shunday qilib, bojxona ishi tuzilmasi bojxona siyosatini amalga oshirishning quyidagi vositalari bilan ifodalanishi mumkin:
tovarlar va tansport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o’tish tartibi va shartlari;
bojxona rejimlari;
boj tariflari vositasida tartibga solish;
bojxona rasmiylashtirilishi;
bojxona ta’minoti;
bojxona nazorati;
bojxona statistikasi va tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomanklaturasi;
bojxona ekpertizasi;
kontrabandaga va bojxona ishi sohasidagi boshqa jinoyatlarga qarshi kurash;
bojxona haqidagi qonun xujjatlarini buzganlik to’g’risidagi ishlarni yuritish va ko’rib chiqish.
Bojxona ishi» fanining predmeti bojxona siyosati, bojxona bojlari va tariflari, bojxona munosabatlarining nazariy va amaliy jihatlarini o’rganish hisoblanadi.
«Bojxona ishi» fanini o’rganish jarayonida analiz, sintez, tahlil etish, amaliy hujjatlar nusxalarini qiyosiy tahlil etish metodlaridan foydalaniladi.
«Bojxona ishi» fanining vazifalari quyidagilardan iborat:
O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan bojxona siyosati turlari, printsiplari va vazifalarini o’rganish;
Bojxona qonunchiligi hujjatlarini o’rganish va tahlil etish;
Bojxona faoliyatini davlat tomonidan tartibga solinishini o’rganish;
Bojxona bojlari, tariflari va imtiyozlarni o’rganish;
O’zbekiston Respublikasida qo’llaniladigan bojxona rejimlarini o’rganish;
Bojxona qiymati va uni aniqlash usullarini o’rganish.
«Bojxona ishi asoslari» fani «Moliya», «Soliq nazariyasi», «Soliqlar va soliqqa tortish», «Soliq qonunchiligi asoslari» va shu kabi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |