2. Tadbirkorlikning asosiy tamoyillari.
O`zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»gi Qonunida tadbirkorlik faoliyati tushunchasiga quyidagicha ta`rif berilgan: «Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o`zi tavakkal qilib va o`z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyatidir»1.
Tadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali yanada oydinlashadi:
• Birinchidan, tadbirkorlikning sub’yekti kim bo`lishi mumkin? Qonunchilikka muvofiq, balog`at yoshiga yetgan har bir fuqaro o`z mulki asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o`zi ixtiyor etgan qonunga zid bo`lmagan faoliyat turi bilan shug`ullanishi mumkin.
Ikkinchidan, yuqoridagi ta`rifda tadbirkorlikning bir tomoni — mazmuni ifoda etilgan bo`lib, u mazmunan boy, xilma-xil ko`rinishga ega. Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyat jihatidan davlat, jamiyat ahamiyatiga molik ish bo`lmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning uch guruhini alohida ko`rsatish mumkin:
tovarni sotish, qayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar;
tovar ishlab chiqarishni tashkil etish bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlar;
yangi tovar yoki xizmat loyihasini tashkil etish. Tadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari — innovatsiya tadbirkorlar shug`ullanadi.
Uchinchidan, maqsad jihatidan tadbirkorlikning ikki turini:
foyda olishni, iqtisodiy samaraga erishishni maqsad qilgan;
ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, sog`liqni saqlash) erishishni maqsad qilgan turlarini ajratish mumkin.
Tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish uchun quyidagi shart-sharoitlar talab etiladi:
Mulk munosabatlarining uyg`unlashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkiy munosabatlar uch jihat bilan belgilanadi:
egalik qilish, ya`ni mulk egasi sifatida mulkka to`la hukmronlik qilish: sotish, ijaraga berish, hadya etish;
foydalanib turish, ya`ni mulk egasining nazorati asosida ma`lum shart va to`lov evaziga mulkdan vaqtincha foydalanish;
tezkor boshqarishni, ya`ni mulk egasining nazorati ostida resurslami taqsimlash va ishlab chiqarishni tashkil etish bo`yicha mulkni boshqarish huquqini joriy etish.
Tadbirkorlarga o`z qobiliyatini to`la namoyon etish uchun quyidagi iqtisodiy erkinliklarning berilishi:
mahsulot turlarini va ishlab chiqarish usulini tanlash erkinligi;
hamkorlarni mustaqil tanlash;
mablag`larni qonunga zid bolmagan sohalarga mustaqil sarflash erkinligi va h.k.
Bozoming ochiqligi, ya`ni tovarlar, sarmoyalar, ma`lumotlar, ish kuchi, xomashyo harakati uchun sun`iy to`siqlaming yo`qligi.
Bozor infratuzilmasining mavjudligi. Bunga quyidagilar kiradi:
tijorat banklari;
tovar, fond, mehnat, valyuta birjalari;
tijorat tavakkalchiligi va mulk sug`urtasi;
ma`lumot va reklama manbalari, ommaviy axborot vositalari, aloqa vositalari;
ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojxonalar, soliq nazorati, baholash tashkilotlari, arbitrajlar va h.k.
Tadbirkorlik uchun huquqiy kafolatning mavjudligi, ya`ni tadbirkorlikni himoyalovchi qonunchilikning mavjudligi.
Yangi korxonalarga kadrlar tayyorlash, kredit olish, soliq to`lash, tabiiy boyliklardan foydalanish bo`yicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va h.k.
Tadbirkor nimalarni bihshi va qilishi kerak? U, eng avvalo, tadbirkorlik faohyatini qanday amalga oshirishni, qanday sharoitda amaliy harakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to`siqlarni hal qilish yo`llarini va qanday yutuqlaiga erishishni bilishi kerak. Tadbirkor — ishlab chiqarishni tashkil etishni hamda mahsulotni sotishni bilishi lozim. U bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq sharoitlarni baholashi va to`g`ri yo`l tanlay olishi zarur. Hech kim, hech qachon tadbirkorga nima qilishni o`rgatmaydi va og`ir paytda yordamga kelmaydi. Har bir tadbirkor faqat o`z kuchiga, bilimiga va zakovatiga ishonishi va suyanishi lozim.
Biznesni muvaffaqiyatli olib borishga ко `maklashuvchi tadbirkorlikning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |