1-Mavzu: Biznesni tashkil etish va yuritish fanining mazmuni. Biznes nima va odamlar nima uchun biznes bilan shug`ullanadilar? Reja



Download 31,62 Kb.
bet4/5
Sana08.02.2022
Hajmi31,62 Kb.
#434632
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

Mulk sohibi bo`lish. Bu yerda tadbirkorlar cheklangan resurslar yoki mahsulotlaming egasi bo`lishi kerak. Ular o`z mulkiga tayanib yoki o`zga mulkini ijaraga olib ishlaydi.

  • Foyda olishga intilish. Tadbirkoming boyishdan iborat iqtisodiy manfaati bo`lib, unga foyda olish orqali erishiladi.

  • Iqtisodiy erkinlik. Tadbirkor bozorga qarab nimani, qancha, qanday texnologiya asosida ishlab chiqarishni, yaratilgan tovarni kimga, qachon va necha pulga sotishni, qaysi bank bilan aloqa qilishni, o`ziga sherik topishni, xullas, har qanday iqtisodiy faoliyatni hech bir toifasiz, o`z bilganicha amalga oshiradi.

  • Iqtisodiy mas`uliyat. Tadbirkor mas`uliyatni o`z zimmasiga olib, ko`rgan foyda-zarariga o`zi javob beradi.

  • Iqtisodiy tavakkalchilik. Tadbirkor tavakkal qilib, «yo ustidan, yo ostidan» qabilida ish tutadi, iqtisodiy xavf-xatarni zimmasiga olib, chuv tushib qolishdan qo`rqmaydi.

  • Qonun-qoidalarga rioya qilish. Tadbirkor sa`y-harakatlarining o`z qoidalari bor, ularga itoat qilish ham qarz, ham farz hisoblanadi.

  • Raqobat kurashida qatnashish. Tadbirkor har doim boshqalar bilan «kim o`zadi» qoidasiga ko`ra bellashishi shart.

  • Tadbirkorlik siri. Biznes ishida texnologiya, yangi tovar yaratish, bozor topish, narx belgilash, kontrakt tuzish va boshqalar sir saqlanadi.

  • Halollik bilan ish yuritish. Tadbirkorlik halol yo`l bilan pul topishga asoslanishi zarur, qalloblik, g`irromlik va aldamchilik uning tabiatiga zid. Masalan, hazrati Muhammad (s.a.v.) odamlarga «halol yo`l bilan nafaqa topinglar», deb marhamat qilganlar. Shu sababli «halol top» degan qoida tadbirkorlikka ham xos bo`lgan.

    O`zbekiston qonunlariga ko`ra, tovar ishlab chiqaruvchilar iste`molchilaming tovar sifatiga bo`lgan talabini qondirishi, tovar sifatini kafolatlashi shart. Davlat shu qonunlar ijrosini nazorat qiladi.
    O`zbekiston Respublikasining «Iste`molchilaming huquqlarini himoya qilish to`g`risida»gi Qonunida: «Davlat iste`molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydalanish chog`idagi huquqlari hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi», deb ta`kidlab o`tilgan.

    1. Nufuz (imij)ga ega bo`lish. Nufuz xalq orasida, tadbirkorlar doirasida obro`-e`tiborli bo`lishni bildiradi. Tadbirkor o`z sha`nini avaylashi, firma nomini e`zozlab, unga dog` tushirmasligi, yaxshi nom chiqarishi shart.

    2. Tadbirkorlikda o`z-o`zini boshqarish tartibi bor. Davlat firma ishiga aralashmaydi, balki iqtisodiy siyosati bilan tadbirkorlarga ko`maklashadi, qonunlar orqali tadbirkorlik uchun sharoit yaratadi. Masalan, O`zbekiston Respublikasining qonunlariga ko`ra, davlat tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlaydi, tadbirkorlar mulkining daxlsizhgini ta`minlaydi.

    Bozor iqtisodiyotining turli mulk shakllariga asoslanishini tadbirkorlikda yaqqol ko`rish mumkin. Insonga naf keltiruvchi har qanday ne`matlar, albatta, kimningdir mulki. Faqat hech kimga kerak bo`lmagan narsaning egasi yo`q. Bozor iqtisodiyoti kerakli narsani yaratib, uni bozor orqali iste`mol etishga asoslanar ekan, u albatta, mulkchilikni talab qiladi.
    Mulk moddiy va maishiy boyliklarni qonuniy ravishda va belgilangan tartibda kishilar tomonidan o`zlashtirish shaklidir.
    0`zlashtirish tartibini mulkiy huquq belgilaydi, u kimning mulkdor bo`lishi, mulkdan foydalanish qoidalari, mulkni davlat tomonidan kafolatlash kabilarni belgilab qo`yadi. Mamlakatimizda mulkiy huquq va mulkiy munosabatlar O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi va «O`zbekiston Respublikasida mulkchilik to`g`risida»gi Qonun asosida tartibga solinadi.
    Tadbirkorlar mulkiy munosabatning subyekti, ya`ni ishtirokchisi bo`lishadi. Ular mulk qilib o`zlashtiradigan narsalar yer, bino, inshoot, asbob-uskunalar, mashina-mexanizmlar, yaratilgan tovarlar, ilmiy g`oyalar, loyihalar, tovar belgilari va boshqalardan iborat. Bular mulkiy munosabatlaming obyektidir. Mulkning uch bosqichi bor:

    1. egalik qilish;

    2. foydalanish (ishlatish);

    d) tasarruf etish.
    Ulaming yaxlitligi mulkchilikni yaratadi. Tadbirkorlarning mulkiy maqomi ikki yoqlama bo`lib, birinchidan, ular o`z mulkiga tayanib ish yuritishadi, ya`ni moddiy resurslar va yaratilgan tovarlar ulaming o`ziniki. Ikkinchidan, ular o`zgalar mulkini ijaraga olib ham faoliyat yuritishadi, bunda mulkka vaqtinchalik egalik qilishadi va mulkdan foydalanishadi, ammo uni tasarruf etib xo`jayinlik qila ohshmaydi. Baribir, har ikki holatda ham yaratilgan tovarlaming egasi tadbirkor bo`lib qolaveradi. Tadbirkor o`z mulkidan naf ko`rishi shart, shundagina uning iqtisodiy manfaati yuzaga chiqadi. Tadbirkor o`z mulkini ishlatib foyda topadi, o`z mulkini qimmatga sotib, daromad ko`radi, o`z mulkiga tayanib mehnat qiladi va shu yo`l bilan pul topadi va nihoyat, u o`z mulkini merosga qoldiradi yoki xayr-ehson yo`lida hadya qiladi. Mulkni qanday ishlatishni tadbirkor o`zi hal qiladi, ya`ni buning eng maqbul yo`lini o`zi tanlab oladi. Tadbirkor o`z mulkidan naf ko`rgani uchun mulkiy mas`uliyatni, ya`ni mulkni oqilona ishlatish javobgarligini zimmasiga oladi.
    Tadbirkorlik turli mulk shakllari doirasida yuz beradi va qonunga qarab, uning turlari yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyotida xususiy mulk yetakchi mavqeda turadi. Xususiy mulk ayrim kishilaiga tegishh va ularga naf keltiruvchi mulkdir.
    Xususiy mulkka qarab, xususiy tadbirkorlik mavjud bo`ladi. Xususiy mulkning o`zi ikki ko`rinishga ega:


    1. Download 31,62 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish