fyuchers shartnomasini qayta sotib oladi va uning real tovar bozorida to'liq olmagan tushumini
kompensatsiyalashi lozim bo'lgan foydani oladi.
Naqd tovar sotuvchisi tovar narxining o'sishidan zarar ko'rmaslikdan manfaatdor. Shu
sababli narxning o'sishni taxmin qilib, u ushbu tovarga fyuchers shartnomasini sotib oladi.
Tendentsiya to'g'ri topilgan holatda xaridor real tovar bozoridagi narxning o'sishi bilan aloqada
uning ham narxi o'sgan o'z fyuchers shartnomasini sotib yuboradi va shu tariqa naqd tovarni xarid
qilish bo'yicha qo'shimcha xarajatlarini qoplaydi.
Fyuchers savdosi mexanizmidan foydalanish, yuqorida keltirilgan misollardan ko'rinib
turganidek, sotuvchilarga o'z tushumini, demak, foydasini, xaridorlarga esa – xarajatlarini
rejalashtirish imkonini beradi.
Amaliyotda uzoq muddatli narx o'zgarishlarini oldindan aytib berish qiyin. Real tovar bozori
va fyuchers bozorining narx dinamikasi bir-biriga mos kelmaydi, shuning uchun, qoidaga ko'ra,
xedjlash ishlab chiqarilgan birja tovarlari butun massasini qamrab olmaydi.
Qatnashchilar tarkibi va qay maqsadda amalga oshirilishiga qarab xedjlashning turli shaklari
mavjud bo'ladi. Xedjlash fyuchers shartnomasi tuzilgan paytda yo'q bo'lgan barcha naqd tovarga,
real tovarni etkazib berish va fyuchers shartnomasini bajarish turli sanalari kombinatsiyasiga va
hokazolarga qo'llanishi mumkin.
Xedjlash qo'shimcha foyda olishga ham imkon beradi. Naqd tovar narxi va fyuchers
shartnomasi o'rtasida mos keluvchi etkazib berish oyidagi narxlar o'rtasida o'rtacha farq «bazis»
hisoblanadi va tovarni saqlash xarajatlari va boshqa bashorat qilish qiyin bo'lgan omillarga bog'liq
bo'ladi.
Xedjlashda qo'shimcha foyda olish istagida bo'lgan tovar sotuvchisi o'z tovariga fyuchers
shartnomasini real tovarning amaldagi bozor narxidan bazis miqdoriga katta bo'lgan narxda
sotishga harakat qilishi lozim. Agar keyinchalik bazis kamayadilagn bo'lsa, xedjer yutadi, chunki
fyuchers bozorida narxning o'sishi real bozorda narxning pasayishidan oldi keladi. Bazis oshgan
taqdirda esa xedjer - sotuvchi yutqazadi.
Qo'shimcha foyda olish istagida bo'lgan tovar xaridori o'z bashoratlarida bazisning
boshqacha o'zgarishiga asoslanadi, ya'ni bazis o'sganda xedjer yutadi, kamayganda esa - yutqazadi.
Agar xedjer sotuvchi bo'lsa, yakuniy narx maqsadli narxdan yuqori bo'lgan hollarda uning
qo'shimcha foyda olish imkoniyati bo'ladi. Bunga bazisning pasayishida erishish mumkin. Agar
xedjer xaridorni ifodalaydigan bo'lsa, u qo'shimcha foydani yakuniy narx maqsadli narxdan past
bo'lganda, ya'ni bazisning o'sshida oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: