Optsionlarning ikki xil turi mavjud: sotib olish huquqi bilan optsion va sotish huquqi bilan
optsion. Ko'rsatilgan ikki turning kombinatsiyasini ifodalaydigan boshqa bir tur – ikki yoqlama
optsion ham bo'lishi mumkin, lekin u kamdan-kam qo'llanadi.
Xarid optsionida uning xaridolri optsion sotuvchisidan mukofot pulini oldindan to'lagan
holda shartnomaning amal qilish muddati tugamasdan avval istalgan payt optsionda ko'rsatilgan
narxda fyuchers shartnomasi optsionini sotib olishi mumkin. Sotuv optsionida uning xaridori
optsiona fyuchers shartnomasi optsionini xuddi shu shartlarda sotishi mumkin.
Xuddi fyuchers shartnomasida bo'lgani kabi, birja optsioni bo'yicha majburiyatlar ham
qatnashchilarning biri tomonidan optsion amal qilish muddati tugamasdan avval qarama-qarshi
bitim bilan tugatishi mumkin. Masalan, agar xarid optsioni sotib olingan bo'lsa, majburiyatlarni
tugatish sanasini bitim tuzish sanasida narxlardagi birja farqlarini tartibga solish va xuddi shunday
optsion sotish zarur.
Optsion xaridori to'laydigan mukofot, ya'ni uning narxini asosan fyuchers shartnomasi joriy
birja narxi va uning optsionda belgilangan narxi o'rtasidagi farqqa, ushbu optsionning talab va
taklifi, optsionga egalik huquqi qolgan vaqt, bank loyihasi hajmiga bog'liq.
Fyuchers shartnomali optsionlar bir vaqtning o'zida noqulay narx o'zgarishlarini
sug'urtalash funktsiyasi va birja faoliyatidan qo'shimcha foyda olish funktsiyasini ham bajaradi.
Xarid optsioni va sotuv optsionida sug'urtachi sifatida optsion xaridori ishtirok etadi, chunki u o'z
yo'qotishlarini minimallashtiradi. Biroq agar xaridor narx o'zgarishi tendentsiyasini to'g'ri
topadigan bo'lsa, u sezilarli qo'shimcha foyda olishi ham mumkin. Optsion sotuvchisi, qoidaga
ko'ra, faqat mukofot miqdori bilan cheklanadigan optsionlar savdosidan foyda olishga intiladi.
Optsionlar savdosidan zarar cheklanmasligi mumkin.
Shartnoma hajmi, RP notis olish vaqti va uni birja shartnomasi xaridoriga berish vaqti.
Notis RPga taqdim etilgandan so'ng uni xaridorning roziligi yoki arbitraj qo'mitasining qarorisiz
na olib qo'yish, na almashtirish mumkin emas. Rpdan o'tgan barcha notislar majburiy tartibda
xaridorlar tomonidan ijro etishga qabul qilinadi. So'ngra oluvchi belgilangan vaqt davomida
tovarga naqd pul bilan to'liq hajmda to'lashi zarur. To'lovni amalga oshirishda xaridor varrant yoki
ombor guvohnomasi – belgilangan omborda tovarga egallik huquqi beradigan hujjat oladi.
Sotuvchi notis chiqarilgan sanadan boshlab belgilangan vaqt davomida etkazib berish shartlariga
mos keladigan barcha xarajatlarni to'lashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: