1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


Yosh afg‘onlar hukumatining islohotlari



Download 152,09 Kb.
bet23/65
Sana20.06.2022
Hajmi152,09 Kb.
#683989
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixi ma\'ruzalar

Yosh afg‘onlar hukumatining islohotlari.

Uchinchi ingliz-afg‘on urushi tugagandan keyin Omonullaxon markaziy hokimiyatni kuchaytirish, feodal tarqoqlikka barham berish, qulchilikni tugatish, dunyoviy maktablar ochish, armiyani mustahkamlashga va boshqa islohotlar o‘tkazishga kirishdi.
Markaziy va mahalliy davlat apparati mustahkamlandi. Mamlakatda konstitutsiyaviy boshqaruvning kurtaklari paydo bo‘ldi. 1923 yili birinchi konstitutsiya qabul qilindi, unda mulk va turar joy daxlsizligi, qonun oldida fuqarolar tengligi va boshqa inson huquqlari e’lon qilindi. Hukumat qabila boshliqlari hokimiyatini chekladi, ularni davlat soliqlarini yig‘ish huquqidan mahrum etdi. Shuningdek ruhoniylarni sud ishlarini yuritish va maorif sohasidagi vakolatlari cheklandi. Dunyoviy o‘quv muassasalarining soni oshdi.
1921 yilda qabul qilingan “Sanoatni rag‘batlantirish haqida”gi qonun milliy tadbirkorlarga katta imtiyozlar berishni ko‘zda tutardi.Hukumat savdo aksionerlik jamiyatlari (shirkat)ni tuzishda yordam berdi. 1923 yili “Yerga cheklanmagan mulkdorlik huquqi, uning oldi-sottisi haqida” qonun chiqdi. Bu qonun yerga xususiy mulkchilikni mustahkamladi va zamindorlarni yer solig‘i to‘lashdan tashqari davlat oldida har qanday majburiyatlardan ozod qildi. Natural soliqlarni pul solig‘i bilan almashtirilishi haqida e’lon qilindi.
Islohotlar Afg‘onistonda kapitalizm rivojlanishiga yo‘l ochdi. Soliqlarning o‘sishi, qishloqlarda savdo sudxo‘rlik sarmoyasi faoliyatini o‘sishi dehqonlarni tabaqalanishini, dehqonlar yerlarini zamindorlar, savdogarlar, sudxo‘rlar, amaldorlar qo‘liga o‘tishini tezlashtirdi. Bu esa aholining katta qatlamlari noroziliklarini keltirib chiqardi. Yangicha tartib qoidalarni joriy qilinishidan manfaatlari siqib qo‘yilgan xonlar, ruhoniylar ingliz mustamlakachilarini qo‘llab-quvvatlashidan foydalanib, bu noroziliklardan yosh afg‘onlar hukumatiga qarshi kurashda foydalanmoqchi bo‘ldilar.
1927-1928 yillarda amir Omonullaxon Hindiston, Misr, Turkiya, Eron va Yevropa mamlakatlariga, shuningdek sobiq SSSRga safar qiladi va o‘zining islohotchilik faoliyatini kengaytirishga intiladi. Biroq 1928 yil kuzida ko‘tarilgan ingliz agenturasini bevosita ishtirokida tashkil qilingan qo‘zg‘olon yosh afg‘onlar hukumatini qulashiga olib keldi. Taxt uchun boshlangan o‘zaro ichki kurashlar natijasida 1929 yil yanvarida hokimiyatga Bachayi Saqo keldi. Qo‘zg‘olon boshlangan vaqtda mamlakat shimolida yashovchi tojiklar Bachayi Saqo (suv tashuvchini o‘g‘li) boshchiligida Qobulga yurish boshlagan edilar. Qo‘zg‘olonchilar Bachayi Saqoni Xabibullaxon nomi bilan amir qilib ko‘tardilar.
1929 yil kuzida Afg‘onistonda amirlik o‘zgaradi. Omonullaxon islohotlariga qarshi chiqqan general Nodirxon (Omonullaxon hukumatida sobiq harbiy vazir) Fransiyadan qaytib kelib, qo‘shin to‘playdi. Afg‘on qabilalari boshliqlari, oliy martabali ruhoniylar, savdogarlar Nodirxonni qo‘llab-quvvatladilar. Ular past tabaqadan chiqqan Bachayi Saqodan ko‘ra amirlikda Nodirxon o‘tirishini istar edilar. Ko‘p o‘tmay Nodirxon otryadlari Qobulni egalladilar. Bachayi Saqo qatl etiladi. 1929 yil oktabrida Nodirxon Afg‘onistonning amiri deb e’lon qilindi.


Download 152,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish