Lotin Amerikasida davlatning iqtisodidagi rolini faollashuvi, asosan kapitalistik taraqqiyot yo‘ldan ilgarilab ketgan mintaqadagi mamlakatlarga (Argentina, Meksika, Braziliya, Chili, Urugvay) ta’lluqli edi.
XX asr 30- yillar Lotin Amerika respublikalarida importga yuqori poshlinani kiritishda va iqtisodiyotni rivojlantirishda davlat tomonidan turli shakldagi (mahalliy tadbirkorlarga kreditlar, subsidiya, moliyaviy va solig‘ imtiyozlar berish, davlat sektorini rivojlantirish) qo‘llab quvvatlashda iqtisodiyotdagi davlatning boshqaruvi namoyish bo‘ldi.
Bunday tadbirlar vaqt jihatidan aynan shunday tadbirlar rivojlangan G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan davirga to‘g‘ri keldi hamda ularning bevosita ta`siri ostida sodir bo‘ldi. Ammo Lotin Amerikasida iqtisodiyotni davlat boshqaruvi mahalliy kapitalizm rivojini jadallashtirishga qaratilgan edi.
Lotin Amerikasida iqtisodiyotni davlat boshqaruvi turli variant va masshtabga ega edi. Argentinada Avgustin Xusto (1932 – 1938 yillar) hukumati davrida iqtisodiyotga davlatning aralashuvi xazina daromadini va agroeksport oligarxiyasini qo‘llab quvvatlash maxsadini qaratilgan edi.
Braziliyada Jetulio Vargas (1930 – 1945 yillar) boshchiligidagi millatchilik diktaturasi davrida davlat boshqaruvi milliy burjua doiralarining ma’nfaatlari qo‘llab quvatlanishida namoyish bo‘ldi. Bu yerda davlatning siyosati asosan milliy kapitalni qo‘llab quvvatlanishga va davlat sektorini tashkil etishga qaratilganlgandi. Ushbu siyosat mehnatkashlarga ijtimoiy yon bosish yo‘li bilan olib borilgandi.
Chili va Meksikada davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, keng milliy-vatanparvar, demokratik va so‘l kuchlarni shu jumlada o‘rta va mayda tadbirkorlarni, dehqonlar tabaqalari va shahar mehnatkashlarining manfaatlarini o‘zida aks etdi. Ushbu mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi oligarxiyaga va imperializmga qarshi qaratilgan jiddiy voqealar, shu jumladan bir qator sanoat sohalarini milliylashtirish va ijtimoiy islohotlar bilan amalga oshirildi.
Chilida Xalq fronti (1938 – 1941 yillar) hukumati demokratik erkinliklarni va mehnatkashlar huquqlarini kengaytirdi hamda keskin o‘ng tashkilotlarga nisbatan chora ko‘rdi. 1939 yil ishlab chiqarishni rivojlantirish Korporatsiyasining tashkil etilishi obro`li davlat iqtisodiy sektorini tashkil etilishiga olib keldi. Mayda va O‘rta Yer egalariga yordam ko‘rsatildi, bir qisim bo‘sh yotgan yerlar yersiz dehqonlarga berildi.
XX asr 30- yillar Lotin Amerika mamlakatlardagi hukumatlarning iqtisodiy siyosatidagi o‘zgarishlar, mahalliy ishlab chiqarishni va milliy kapitalni kuchayishiga olib keldi.
Ammo shu bilan birga, ikki jahon urushi oraligida Lotin Amerika mamlakatlari uchun AQSH bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlari jiddiy muammoga aylandi. Birinchi jahon urushi davrida Yevropa davlatlarining Lotin Amerikasiga bo‘lgan etibori susayishidan foydalanib, Markaziy va Janubiy Amerikaga AQSH o‘zining suqilib kirishini jadallashtirdi. 1913 -1929 yillarda mintaqada Shimoliy Amerkaning kapitali 4,5 martaga ko‘paydi.
Lotin Amerikada AQSHga qaratilgan kayfiyatning kuchayib ketishidan qo‘rqib va bu mintaqada AQSHning ta’sirini saqlab qolish va kuchaytirish maqsadida prezident V.Ruzvelt boshchiligidagi hukumat boshqacha yo‘l tutishni ma`qul ko‘rdi. 1933 yil AQSH prezidenti F.Ruzvelt Lotin Amerika davlatlariga nisbatan intervensiyadan va ularning ishlariga turli shakldagi aralashuvdan voz kechishni hamda “muloyim qo‘shnichilik”, yoki “muloyim qo‘shnichilik hamkorlgi” siyosatiga o‘tish to‘g‘risida e’lon qildi. Bu esa o‘z navbatida Vashingtonni nisbatan egiluvchan shakldagi eksploatatsiya yo‘liga o‘tishni bildirardi va shu bilan birga xalqaro munosabatlarda jiddiy ijobiy o‘zgarish bo‘lib hisoblandi.