1-mavzu: Birinchi jahon urushidan keying davrda Xitoy. Reja


Mo`tadillashuv yillarida AQSH



Download 152,09 Kb.
bet58/65
Sana20.06.2022
Hajmi152,09 Kb.
#683989
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65
Bog'liq
Jahon tarixi ma\'ruzalar

2. Mo`tadillashuv yillarida AQSH.
1922-1929 yillarda AQSHda vaqtincha, qisman mo`tadillashuv yillari bo‘ldi. AQSHdagi mo`tadillashuv Yevropa mamlakatlaridagi mo`tadillashuvdan ilgariroq (1922 yil oxirida) boshlandi, hamda Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiyadan oldinda bordi. 1923-1929 yillarda AQSHdagi sanoat mahsulotining umumiy hajmi 20% oshdi, yollanma ishchilar soni esa 7,6% kamaydi. 1926-1929 yillarda AQSH sanoat mahsuloti yuqoridagi 5 ta mamlakat mahsulotidan 9% ortiq bo‘ldi. 1928-1929 yillarda AQSH iqtisodiyotining juda yuksalgan yillari bo‘ldi.
Iqtisodiyotdagi jadal o‘sish o‘z qo‘llarida katta iqtisodiy va siyosiy hokimiyatni jamlagan ulkan ishlab chiqarish va moliya birlashmalarining tashkil topishiga olib keldi. Avtomobilsozlikda uch yirik kompaniya - «Ford», «Jeneral Motors» va «Kraysler» butun avtomobil sanoatini o‘ziga buysundirdi. Kimyo sanoatida «Dyupon» firmasi, po‘lat qo‘yish sanoatida «Po‘lat tresti» hukmronlik qildi. Banklarning hukmronligi ayniqsa beqiyos bo‘ldi. Morgan va Rokfeller nazorati ostidagi olti yirik bank mamlakatdagi jami sarmoyaning yarmidan ortig‘ini nazorat qildi. Amerikaning barcha yirik moliya va sanoat kompaniyalari birgalikda mamlakat ichki va tashqi siyosatini, Amerikadagi butun siyosiy tizimni nazorat qildilar. Ular Amerika davlat siyosatining shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdilar.
20-yillarda mamlakat siyosiy hayotida yangi sharoitga moslashishga erishgan Respublikachilar partiyasi muhim rol o‘ynadi. 1920 yildagi prezidentlikka saylovlarda Demokratlar partiyasi mag‘lubiyatga uchradi va Oq uyni respublikachilar egalladilar. Ular Oq uy va Kongressda 1932 yilgacha hukmronlik qildilar. Bu davrda prezidentlik kursida U.Garding (1921-1923), K.Kulij (1923-1924 va 1925-1929) va G.Guver (1929-1932) o‘tirdi. Bu davr Amerika iqtisodiyotining gullab-yashnash (prosperiti) davri bo‘ldi.
1924 yilda Amerikalik bankir Charliz Daues tashabbusi bilan Germaniyadan olinadigan reparatsiya bahonasi bilan «Daues rejasi» degan maxsus reja tuzildi. Bundan maqsad Germaniya iqtisodiyotida AQSHning moliyaviy pozitsiyasini kuchaytirish, katta foyda olish, Germaniya og‘ir sanoatini rivojlantirish edi.
Shimoliy Amerika zo‘ravonlari «katta tayoq» siyosatiga amal qilib, butun Amerika qit’asida hukmron bo‘lib olish uchun kurashdilar. Markaziy Amerika mamlakatlariga (masalan, Gaiti, Gonduras, Kuba va boshqalarga) qarshi qurolli intrvensiya uyushtirildi. Panamadagi askarlar soni oshirildi. Panama AQSHning harbiy strategik platsdormiga aylantirildi. Meksika neft boyligining 73 % AQSH monopolistlari qo‘liga o‘tdi. 1928 yilga kelib Lotin Amerikasidagi 20 ta mamlakatdan 14 tasi AQSHga qaram bo‘lib qoldi. AQSH 1929 yilda Filippindagi milliy ozodlik harakatini qurol kuchi bilan yovuzlarcha bostirdi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘arbiy Yevropadagi moliya tizimlarida ham yetakchi marralarni qo‘lga kiritib, bundan qit’a ustidan o‘z siyosiy hukmronligini o‘rnatish yo‘lida foydalandi.


Download 152,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish