Darsdan tashqari Angliya muzeylaridagi ingliz xalqining Xalq amaliy san’atini o’rgatish
Navoiy davlat pedagogika instituti
2-kurs magistranti
Amirqulova Dilnoza
Dotsent Pirmanova G.N
Annotatsiya
Ingliz tili o’rganuvchilarga Angliya badiiy merosi bo’lmish muzeylaridagi Xalq amaliy san’ati orqali til o’rganishga bo’lgan qiziqishini oshirishdan hamda Angliya muzeylari haqida ma’lumotlar berib, ularni Angliya tarixi bilan tanishtirish va lug’at boyligini oshirishdan iborat bo’ladi.
Kalit so'zlar: Ingliz xalqi amaliy san’ati, Angliyaning badiiy merosi, Britaniya muzeylari, Til o'rganuvchilar, o‘qitish ko‘nikmasi, lug'at boyligi.
Аннотации
Цель состоит в том, чтобы повысить интерес изучающих английский язык к изучению языка с помощью народного творчества в музеях, которые являются частью художественного наследия Великобритании, а также информировать их об английских музеях, познакомить их с историей английского языка и увеличить благосостояние. .
Ключевые слова: Aнглийское народное искусство, британское художественное наследие, британские музеи, изучающие язык, навыки преподавания, словарный запас.
Annotation
The aim is to increase English language learners' interest in language learning through folk arts in museums that are part of the UK's artistic heritage, as well as to inform them about English museums, introduce them to English history and 'is to increase one's wealth.
Key words: Английское прикладное искусство, британское художественное наследие, британские музеи, изучающие язык, навыки преподавания, словарный запас.
Angliya amaliy san’at turlarining estetik xususiyati shundaki, ular bir vaqtning o‘zida ham badiiy, ham amaliy vazifani bajaradi. Shu bois, ingliz xalq madaniyatini, tarixini, uning amaliy san’atisiz tasavvur qilish qiyin. Ingliz va unga yaqin xalqlarning ko‘p asrlik tarixida xalq amaliy san’ati turlari boy va rang-barang madaniy merosning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. Hozirgi kunda ingliz xalq amaliy san’ati yodgorliklari o‘tmish ajdodlarining yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho asarlarining namunalari bo‘lib, jahon madaniyatining durdonalaridan bo‘lgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi. Ingliz xalq amaliy san’ati til o’rganayotgan o’zga millat vakillarini ma’naviy olamini boyitadi, badiiy-estetik didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi shu bilan birga ingliz madaniyati bilan tanishishga ko’maklashadi. SHuning uchun ham ham ingliz xalqi amaliy san’ati kishilarning badiiy, axloqiy, umuminsoniy jihatdan tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ham madaniy darajasini yuksaltirishda zarur manbalardan biri hisoblanadi. Bu manbalardan bugungi kunda ham ingliz usta va hunarmandlari ham samarali foydalanib kelishmoqda. Angliya xalq amaliy san’atining estetik mazmuni naqqoshlik, haykaltaroshlik, ingliz amaliy bezak san’atida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Naqqoshlik san’ati g‘oyat boy va mazmundor bo‘lib, angliyada o’rta asr dvoryanlari maishiy turmushida ishlatgan oddiy qoshiq, lagan, ingliz milliy cholg‘u asboblaridan tortib turar joy va jamoat binolarining devoriga solingan naqshlar insonni hayratga soladi, zavqlantiradi. Bino yoki saroy xonadon devoridagi naqshlar turli xil bo‘lib, ya’ni to‘g‘ri to‘rtburchak, romb, kvadrat, aylana hamda boshqa ko’plab ingliz madaniyatini aks ettituvchi turli yaxlit kompozitsiyalarni tashkil qilgan naqshlardan iborat bo‘lgan. Ular faqat foydali-amaliy ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, balki ingliz xonadon egalarining orzu-umidlari, badiiy-estetik didi va estetik idealining ko‘rsatkichi sifatida ham namoyon bo‘lgan. Bugun ham zamonaviy turar joylar va saroy binolarni bu naqshlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bugungi zamonaviy inshootlar kabi turar joylarda amaliy san’atning bir qancha turlarini ko‘rish mumkin. Turar-joy binolarining turli-tuman badiiy-texnologik usullarda namoyon etilgan badiiy bezak turlari Angliya me’morchiligida muhim o‘rin tutadi. CHunonchi, saroylardagi turar-joylar dizayni bu ingliz an’analarga tayangan noyob ijodiy faoliyat bo‘lib, ularning mahorati va badiiy bezatilishning ko‘pgina qirralarini ifodalaydi. Masalan, binoning tashqi ko‘rinishiga qaraganda saroylarning interyeri ko‘p hollarda ko‘rkam bezakli bo‘ladi. Devorlarning barcha sathi naqshinkor bezatiladi, bezakni bajarishda simmetriya, ritm, mutanosiblik qonunlariga rioya qilinishi unga tartiblilik, uyg‘unlikni namoyon qiladi. O‘yma bezaklar bilan oro berilgan gohida shift ustidan ko‘prangli naqshlar, shuningdek naqqoshlik bilan devor sathining barcha qismlarining bezatilishi, deraza darchalari va eshik tabaqalari, ustunlari devor va interyerga berilgan naqshu bezaklar imoratga badiiy tantanavorlik va estetik qiyofa baxsh etadi.
Interyerlarning badiiy bezatilishda asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan bo‘lib bu ingliz xonadonlarini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Devorda ketma-ket joylashgan naqshinkor va pardozlangan naqshlar yordamida juda ham rang-barang, jozibador kompozitsiyalar yaratiladi. Interyer dizaynida devoriy naqqoshlikning bir necha kompozitsion yechimlarini kuzatish mumkin. Bu yalpi naqqoshlik bilan bezatilgan devor sathi va naqshinkor va o‘ymali naqshlar ketma-ket joylashgan, rang-barang naqshinkor kompozitsiyadir. Bu amaliy san’at turining gullashi va rivojlanishi, hozirgi davrda shaharda shakllangan qulay iqtisodiy sharoit, innovatsion ta’sir va amaliy-bezak san’atining ko‘p asrlik an’analari bilan bog‘liqdir.
Ingliz xalq amaliy san’atining eng rivojlangan ganchkorlik, naqqoshlik kabi bir qancha turlarining o‘ziga xos bajarish texnologiyasi, haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san’atlarga xos maktablar anchagina. Barcha asrlarda ham ingliz milliy san’ati sohalariga bo‘lgan e’tibor kuchli bo’lgan. Bu esa hozirgi kunda san’atkorlar, xalq ustalari, ingliz hunarmand muallimlar amaliy bezak sirlarini shogirdlariga o‘rgatib qolmay bu san’at asarlarini keng targ‘ib etib jamoatchilikning estetik didini, madaniy darajasini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Estetik tarbiyani shakllantiruvchi, yo‘naltiruvchi hamda tartibga soluvchi vositalar mavjud bo‘lib, ular yillar davomida ingliz xalqimiz tajribasidan o‘tgan, xalq turmush tarzining asosiy mezoniga aylangan. San’at, mehnat, sport, matbuot, muhit kabi an’anaviy vositalar shular jumlasidandir. Ular orasida san’at eng ta’sirchan estetik tarbiya vositasi hisoblanadi. San’at mohiyatan shaxsning his-tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan muhim jarayon hisoblanadi. Shuning barobarida, u insonni doimo o‘ziga jalb etib kelgan. San’at insonning ehtiroslar va tuyg‘ular olamiga singib borib ularni yig‘latadi, kuldiradi, o‘ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak san’at barcha davrlarda insonga hamroh bo‘lib kelgan. Shu yo‘lda boshqalarni o‘z tuyg‘ulari bilan tuyg‘ulantirishga tirishadir”.
San’atning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati shu bilan belgilanadiki, estetik tarbiya faqat va faqat insonga xos bo‘lib, u inson orqali voqelikka aylanadi. San’at tasvir vositalari orqali insonning ideallari va orzu-umidlarini ranglarda, ohanglarda, badiiy obrazlarda aks ettiradi, insoniyatning fazilat va illatlarini chiroyli qiyofalar bilan uning o‘ziga namoyish qiladi. Bu bilan san’at o‘ziga insonni jalb etadi, uning qiziqishini orttiradi. Natijada inson san’atning muxlisiga, tomoshabiniga aylanadi. Agar inson o‘zining estetik tuyg‘ularini maqsadli, ijobiy tomonga yo‘naltira olgan bo‘lsa, chinakam san’at uning kelajakdagi buyuk ishlariga rahnamolik qiladi. Aksincha, estetik tuyg‘usi va estetik didi tarbiyalanmagan kishi san’atning buyuk imkoniyatlaridan mosuvo bo‘lib qolaveradi. Biroq, san’at u yoki bu ko‘rinishda tobora insonga yaqinlashib boraveradi. Zero, haqiqiy san’at asarlari insonni doimo yuksaklikka, bunyodkorlikka undab kelgan estetik tarbiya vositasidir.
Shaxsning estetik tarbiyasini san’at vositasida amalga oshirishning afzal tomonini ikki xususiyatga ko‘ra ifodalash mumkin. Birinchidan, san’at ijtimoiy anglashning boshqa shakllariga qaraganda insonga birmuncha yaqinroq hamda tezroq ta’sir ko‘rsata olish imkoniga ega. Ikkinchidan, san’at insonni estetik jihatdan kamolotga etkazish jarayoniga muayyan mafkuraviy mazmun bag‘ishlashi bilan birga inson ma’naviy qadriyatlarini ro‘yobga chiqarishda yaqindan yordam ko‘rsatadi.
San’at o‘zining estetik bisotini to‘laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog‘lanadi. Ma’naviy jarayonlarni inson tomonidan anglanishi shaxs estetik didining qay tariqa shakllanganligi bilan belgilanadi. CHunki, inson estetik didi uning go‘zallikdan xunuklikni, ulug‘vorlikdan tubanlikni, fojeaviylikdan kulgulilikni ajrata olish qobiliyatlariga qarab baholanadi. Estetik tarbiyaning barcha vositalari shaxsning voqelikka estetik munosabatini ravnaq toptirishga xizmat qiladigan tarbiyaviy faoliyat bo‘lib, u o‘ziga xos ta’sirchanlik, tug‘yoniylik kuchiga ega. Busiz inson bilish ko‘lamining vujudga kelishi mumkin emas. SHuningdek, inson badiiy tafakkur qilish qobiliyatini o‘stirish ayni paytda estetik tarbiya vositalarining muhim vazifasi sanaladi. SHunga ko‘ra, estetik tarbiya vositalari ikki xil xususiyati bilan ajralib turadi. Birinchidan, ular voqelikda sodir bo‘layotgan hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni insonga tushunarli tarzda etkazib beradi. Ikkinchidan, zamonaviy fanlarning estetik xususiyatlarni hissiy idrok qilishning faol, tajribalar asosida etkazib berishi bilan diqqatga sazovordir. Insonni estetik jihatdan tarbiyalash favqulodda murakkab va serqirra jarayon bo‘lib, amalga oshiriladigan islohotlar ham mazkur jarayonni takomillashtirishni nazarda tutadi. Estetik tarbiyani takomillashtirish va uni zamon talablariga moslashtirish estetik madaniyat shaxs – jamiyat – shaxs tizimida mavjud bo‘lib, bunda shaxs madaniyati ustuvor ahamiyatga ega. ya’ni, estetiklashgan shaxs jamiyatni estetiklashtiradi, estetiklashgan jamiyat esa, o‘z navbatida yangi darajadagi estetiklashgan shaxsni yaratadi va shu tartibdagi o‘zaro ta’sir millatning qadam-baqadam komillik darajasiga ko‘tarilishi uchun xizmat qiladi. Hozirgi paytda milliy ma’naviyatga ta’sir o‘tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-ma’naviy munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo‘naltirishni taqazo etadi.
Shaxsni estetik tarbiyalashda fan ta’lim va madaniyatning o’zaro bog’liqligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |