MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR: Birinchi jahon urushining Germaniya uchun natijalari qanday bo‘ldi?
Versal sulh shartnomasining Germaniya iqtisodiyotiga ta’siriniayting?
Rur inqirozi qachon yuz berdi?
Daues rejasining mohiyatini tushuntirib bering?
Yung rejasi nega qabul qilindi?
Germaniyada fashizm hokimiyat tepasiga qanday keldi?
German fashizmi tomonidan Versal sulh shartnomasi shartlarining buzilishini nimalarda ko‘ramiz?
8. Birinchi jahon urushi tufayli Germaniya qaysi hudud va mustamlakalaridan ajraldi?
9. Anshlyus qachon amalga oshirildi?
10. Bosqinchilik «Ost» rejasining mohiyatinimada?
11-mavzu: 1918 -1939 yillarda Italiya va Ispaniya
REJA:
Birinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy va siyosiy inqiroz yillarida Italiya.
Fashistik totalitar rejim o‘rnatilishi yillarida Italiya.
Jahon iqtisodiy inqiroz yillarida Italiya.
Ikkinchi jahon urushi arafasida Italiya.
Birinchi jahonurushidan keyingi iqtisodiy va siyosiy inqiroz yillarida Italiya. Birinchi jahon urushi xalq xo‘jaligiga katta zarar keltirdi. Urush harakatlari natijasida Italiyaning shimoliy-sharqiy viloyati vayron bo‘ldi. Qishloq xo‘jaligi juda katta ziyon ko‘rdi. Savdo flotining 60% ishdan chiqdi. 635 ming kishi halok bo‘ldi, 2 mln. kishi yarador bo‘ldi va asir tushdi. Mamlakatning moliyaviy ahvoli yomonlashib ketdi. Italiyaning ko‘proq Angliya va AQSHga qaramligi kuchaydi va ulardan katta qarzdor bo‘lib qoldi. Urush yillarida iqtisodiyotda tengsizlik kuchayib ketdi. Militaristik siyosatning avj oldirilishi va chet eldan olingan zayomlar natijasida mashinasozlik, metallurgiya, ximiya sanoati kabi ayrim sanoat tarmoqlari rivojlanib, mamlakat agrar mamlakatdan sanoat-agrar mamlakatga aylandi. Ishlab chiqarish va kapital konsentratsiyasi kuchaydi. “Onsaldo”, “Fiat”, “Breda” kabi konsernlar o‘sdi.
Italiya iqtisodiyoti katta harbiy harajatlarni ko‘tara olmadi. Ichki davlat qarzlari to‘rt yil ichida uch barobar ko‘paydi. Bundan tashqari, Italiya o‘z ittifoqchilaridan ham anchagina qarzdor bo‘lib qoldi. Natijada soliqlar keskin oshib ketdi, pul qadrsizlandi. Pulning qiymati 1920 yilning oxiriga kelib 1914 yilga nisbatan besh barobar pasaydi. Italiya burjuaziyasining Orlando boshchiligida, 1919 yil iyunida Nitti boshchiligida tuzilgan so‘l liberal hukumati zo‘rlik va senzura yo‘li bilan, shuningdek ayrim yon berish va nayranglar yo‘li bilan inqilobiy harakatni bostirishga urindi.
Italiya davlati 1919 yilgi Parij sulh konferensiyasidan norozi bo‘ldi, chunki hududlar masalasida Antanta 1915 yilgi London shartnomasida bergan va’dalarini bajarmagan edi.
1919 yil may oyida Italiya Turkiyaning janubiy-g‘arbiy qismini va birinchi galda Smirnani bosib olish maqsadida Turkiyaning g‘arbiy qirg‘oqlariga qo‘shin tushirdi. Bu esa Italiyaning xalqaro pozitsiyasiga yanada salbiy ta’sir etdi. Smirna masalasida Italiya va Gretsiya o‘rtasida nizo paydo bo‘ldi. Italiya muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1919 yil sentabrida Antanta bilan Avstriya o‘rtasida imzolangan Sen-Jermen shartnomasiga muvofiq, Italiya faqat Trentino va Janubiy Tirolni oldi, Albaniyani boshqarish mandatiga ega bo‘ldi. Albaniyaning Vlora portidan Sarantada portigacha bo‘lgan dengiz qirg‘oq tumanlarini italyanlar okko`patsiya qilib turdilar. Lekin va’da qilingan bir qancha janubiy slavyan yerlari, masalan Dolmatsiya, Turkiya Smirnasi (Izmir) Italiyaga berilmadi.
Italiya davlati agressiv siyosatni davom ettirdi. Ular Adriatik dengiz bo‘ylarida hukmron bo‘lib olish va alban xalqining okko`pantlariga qarshi kurashini bostirish uchun Albaniyaga qarshi harbiy avantyurani rejalashtirdi. Albanlarga qarshi Tripolitaniyaga qo‘shin yuborishga tayyorlandilar.
Italiya burjuaziyasining eng ilg‘or va zarbdor kuchi siyosiy demogog, avantyurist, sobiq sotsialist, renegat Benito Mussolini boshchiligida 1919 yil boshida tuzila boshlagan fashist ittifoqlari va ularning qurolli fashist otryadlari edi.
Terroristik totalitar tuzum ramziga aylangan “fashizm” atamasi Italiyada tug‘ilgan va u italyanchadan “bog‘lam», «dasta” degan ma’noni anglatadi. Bu atama 1919 yilda, frontdan qaytgan sobiq askarlar o‘z manfaatlari himoyasi uchun “Fashi di kombattimento” (“Quroldoshlar uyushmasi”) deb nomlangan tashkilot tuzgan paytda tug‘ilgan. Mussolinining “milliy sotsializm” dasturiga ko‘ra, davlatning mohiyati o‘zgarishi, u mehnat va sarmoya o‘rtasidagi hamkorlik shakliga, “korporatsiya”ga aylanishi lozim edi.
Fashistlar keng demogogik “dastur” bilan ish boshladilar va fashistik partiya bo‘lib uyushdilar. Ular monarxiya va senatni yo‘qotishni hamda Ta’sis majlisini chaqirishni, yirik kapitalga soliq solishni, harbiy sanoatni natsionalizatsiya qilishni, agrar islohot o‘tkazishni, mehnatkashlarga yaxshi turmushni va’da qildilar.
1919-1921 yillardagi ichki kurash burjuaziyani mamlakatda “tartib” o‘rnata oladigan kuchli hokimiyat qidirishga majbur qildi. Fashistlar bu maqsadga eng mos keladigan kuch edilar. Va 1920 yilning kuzidan boshlab fashist tashkilotlari tez ko‘paya bordi. Fashistlar “Ulug‘ Italiya” shiori ostida keng bosqinchilik g‘oyalarini ashaddiy shovinizmni targ‘ib qildilar.
1920 yil avgustida Antanta bilan Turkiya o‘rtasida tuzilgan Syevr sulh shartnomasiga binoan, Italiya Egey dengizidagi Dodekanes orollariga ega bo‘ldi. Italiyaga Millatlar Ittifoqi sovetidan doimiy o‘rin berildi. 1921-1922 yillardagi Vashington konferensiyasida katta harbiy kemalar bo‘yicha Italiyaning harbiy dengiz floti Fransiya floti bilan tenglashtirildi.
Fashistlar yirik monopoliyalarning qo‘llab-quvvatlanishidan, burjua hukumatlarining keng yo‘l berib qo‘yishi va sotsialist islohotchilarning murosachiligidan foydalandilar. Fashistlar shiddat bilan hokimiyat sari intildilar. 1921 yil may oyidagi saylovlarda ular parlamentda 35 o‘ringa ega bo‘ldilar. 1922 yil kuziga kelib, ko‘pgina munitsipalitetlar ustidan nazorat o‘rnatdilar. Mamlakatning Emiliya, Toskana va Lombardiya kabi eng nufuzli viloyatlari ham fashistlar nazorati ostiga o‘tdi.
1922 yil oktabrida ular o‘z vakillariga bir necha vazirlik lavozimini berish talabi bilan hukumatga murojaat qildilar. Rimga yurish qilish uchun tayyorlanish maqsadida fashist guruhlarining yalpi safarbarligi e’lon qilindi. Qirol fashist isyoniga qarshi armiyani qo‘llash huquqini beradigan farmonni imzolashdan bosh tortdi. Buning o‘rniga 29 oktabr kuni u Milanga telegramma yo‘llab Mussoliniga bosh vazir bo‘lishni taklif qildi.
1922 yil 27-28 oktabr kunlari fashist otryadlari “Rimga yurish” qildilar. Hukumat qo‘shinlari va politsiya ularga hech qanday qarshilik ko‘rsatmadi. Yirik sanoat egalari konfederatsiyasi kirol Viktor Emmanual III ga murojaat qilib, Mussolini boshchiligida yangi hukumat tuzilishini talab etdi. Buning natijasida, Mussolini 1922 yil 30 oktabrda fashistik partiyaning 4 ta, liberal katolik va monarxistlarning 10 ta vakilidan koalitsion hukumat tuzdi. Fashistlar hukumatda asosiy lavozimlarni egallab oldilar.
Shunday qilib, Italiya hukmron doiralarning qo‘llab quvvatlanishi bilan mamlakatda moliya kapitali va er aristokratiyasining eng reaksion, eng shovinistik, eng imperialistik elementlarining diktaturasi - Mussolini boshchiligidagi fashistik diktatura o‘rnatildi.1922 yil 23 noyabrda esa qirol va parlament Mussoliniga cheklanmagan hokimiyat berdi.
1924 yil oxirida Mussolinining tazyiqi ostida parlament saylov qonunini o‘zgartirdi. Yangi qonunga ko‘ra, saylovlarda eng ko‘p ovoz olgan partiya (kamida 25 fozi ovoz) deputatlar palatasida o‘rinlarning uchdan ikki qismini olar edi. 1924 yilgi saylovlarda fashistlar katta g‘alabaga erishdilar va deputatlar palatasini to‘la o‘z nazoratlari ostiga oldilar.