“ZIG-ZAG” TEXNOLOGIYASI
2-KICHIK GURUH
VAZIFA
Biotexnologiya kelajagi
Hujayra injeneriyasini qo’llanishi natijasida hayvonlarning klonini olish biotexnologiyasi yaratildi.
Klon iborasi, asosan bir bakteriya hujayrasi bo’linishi natijasida hosil bo’lgan, irsiyati miqdor va sifat
jihatidan bir xil teng bo’lgan bakteriya koloniyasini yoki aynan bir gendan ko’chirib olingan gen nusxalari
yig’indisini ifodalash uchun ishlatiladi. Yuksak o’simliklarning klonlarini sun’iy sharoitda hujayradan
yetishtiriladi yoki qalamchani payvandlash yo’li bilan olinadi. Yuksak hayvonlar vegetativ yo’l bilan
ko’paymasligi sababli ularning klonlarini olish yaqin yillargacha muammo bo’lib kelar edi. 1977 yilda
ingliz olimi J.Gerdon tomonidan hujayra injeneriyasi usulini qo’llanishi natijasida yuksak hayvonlar
klonlarini yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi.
Molekulyar genetika, hujayra injeneriyasi hamda gen injeneriyasi fanlarining rivojlanishi
biotexnologiya fanining istiqbolini yana ham oshirdi. Natijada tadqiqotchilar hujayra genotipini qayta
tuzish va genotipga maqsadga muvofiq yot genlar kiritish evaziga hujayra irsiyatini o’zgartirish
imkoniyatiga ega bo’ldilar. Irsiyati o’zgartirilgan hayvon tuxum hujayrasidan va o’simliklarning har
qanday hujayrasidan sun’iy sharoitda yetuk organism biotexnologiyasi ishlab chiqildi.
Transformatsiya, transduksiya jarayonlari, DNK qo’sh zanjir strukturasining kashf etilishi, genlar
faoliyatini molekulyar idora qilish, genlarni elektroforez vositasida ajratib olish, restriktaza va ligaza
fermentlarining kashf etilishi, vektor konstruksiyalar tuzish, genlarni klonlash, o’simlik hujayralarini
sun’iy sharoitda o’stirish va yetuk o’simlik yetishtirish, har xil hujayralarni sun’iy sharoitda o’stirish, har
xil hujayralarni qo’shib gibridoma olish va shu kabi juda ko’p kashfiyot va ixtirolar gen va hujayra
injeneriyasiga asoslangan biotexnologiyani vujudga keltirdi.
Genetika yunoncha genesis, ya’ni tug’ilish, kelib chiqish so’zidan olingan. Irsiyat va o’zgaruvchanlik
qonuniyatlarini o’rganadigan fandir.
Irsiyat – tirik organizmlarning belgi va xususiyatlarini o’z nasliga o’tkazish xossasidir. Irsiyat
tufayli bolalar ota-onasiga, aka-ukalar esa o’zaro bir-birlariga o’xshash bo’lishdilar. Odamlarda tana, yuz
tuzilishi, soch rangi, tashqi muhit omillarining ta’siriga qaramasdan nasldan-naslga o’tadi. Odamlarda juda
ko’p irsiy belgilar nasldan-naslga o’tib keladi. Masalan, Angliyada graf Shryusberning 14 avlodida irsiy
belgi bo’lgan sindaktiliya (ikki va undan ortiq barmoqning qo’shilib o’sishi) kuzatilgan. Avstraliyalik
imperator Gabsburglar avlodining ko’pchiligining jag’I oldinga turtib chiqqan bo’lgan.
Irsiy o’zgarishlar Darvinga yaxshi ma’lum edi, u evolyutsiyada bu o’zgarishlar katta rol o’ynaydi,
deb hisoblagan. Lekin bu o’zgaruvchanlikning sabablari Darvin davrida kam tekshirilgan edi. Chunonchi,
irsiy o’zgaruvchanlikning bir turi mutasiyalar genlarning o’zgarishiga bog’liq bo’ladi, boshqa bir turi –
kombinatsion o’zgaruvchanlik naslda genlarning yangicha kombinasiyalanishidan kelib chiqadi, uchinchi
xili – nisbiy o’zgaruvchanlik bitta genning o’zi bir emas, balki ikki va undan ortiq belgilarning
shakllanishiga ta’sir etishiga bog’liqdir. Shunday qilib, irsiy o’zgaruvchanlikning barcha turlari gen yoki
genlar yig’indisining o’zgarishiga asoslangan.
Shuning uchun bu o’zgaruvchanlik genotipik o’zgaruvchanlik deb ataladi. Irsiy bo’lmagan
o’zgaruvchanlikda faqat fenotip o’zgaradi. Shuning uchun fenotipik o’zgaruvchanlik deyiladi.
Modifikatsion o’zgaruvchanlik. Organism fenotipining qanday bo’lishi, undagi belgilarning
rivojlanish darajasi, uning genotipiga hamda irsiy axborotning yuzaga chiqishi muhit sharoitiga bog’liq.
O’zgaruvchanlikning genotip o’zgarishiga bog’liq bo’lmay, balki tashqi sharoit o’zgarishi oqibati fenitipda
yuzaga keladigan xili modifikatsion o’zgaruvchanlik deb ataladi. Bu turdagi o’zgaruvchanlik bir xil
genotipga ega bo’lgan organizmlarda ularning har xil sharoitda yashashlari oqibatida namoyon bo’ladi.
Modifikatsion o’zgaruvchanlik chegarasi organizmning genotipiga, irsiy xususiyatlariga
bog’liq organizmdagi belgilarining tashqi muhit omillarining ta’sirida muayan doirada genotipga bog’liq
holda o’zgarish qobiliyatiga reaksiya normasi deb ataladi. Organizmdagi belgilar modifikatsion
o’zgaruvchanlikka moyillik darajasi o’zaro farq qiladi.
Son jihatidan o’rganilayotgan o’zgaruvchanlik ikkiga ajratiladi: uzlukli, uzluksiz. Uzluksiz
o’zgaruvchanlikda har bir olingan son bir-biridan juda kam farq qiladi. Agar ularni kichigidan boshlab bir
qatorga joylashtirib chiqilsa, uzluksiz qator hosil bo’ladi. shuning uchun bu o’zgaruvchasnlik uzluksiz deb
ataladi. Uzlukli o’zgaruvchanlikda esa variatsion qatorda joylashtirilgan o’zgaruvchanlikning kattaligi
butun bir son bilan ifodalanadi. Shuning uchun bu o’zgaruvchanlik uzlukli yoki diskret deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |