Bog'liq Biologiyadan yangi ped texnol. ishlanmalarnkji
MAVZU№ 3. “VENN DIAGRAMMASI” USULI Irsiyatda Mendel qonunlari Chex
tabiyotshunosi
G.Mendel duragaylash metodidan
foydalanib
irsiyat
qonunlarini
ochishga muvaffaq bo’ldi. U o’z
tajribalarida no’xot o’simligining
muqobil belgilari bilan farq qiluvchi
navlarini
chatishtirish
va
duragaylarning bir necha avlodlarda
ularning irsiylanishini o’rgandi.
Mendel
tajribalarini
birida no’xotning guli qizil va oq
navlarini chatishtirib, birinchi avlod
duragayini olganda, ularning guli
qizil ekanligini aniqlandi. U birinchi
avlod
duragaylarda
muqobil
belgilardan
rivojlanganligini
dominant, namyon bo’lmaganini esa
retsessiv deb nomladi. Olingan
tajriba natijalariga asoslanib Mendel
irsiyatning birinchi qonunini ixtiro
etdi.
Bu
birinchi
avlod
duragaylarning bir xilligini yoki
dominantlik qonuni deb ataladi.
Mendel birinchi avlod duragaylarni,
chatishtirib
ikkinchi
avlodda
muqobil
belgilar
qanday
rivojlanishini tekshirdi. Ma’lum
bo’lishicha
ikkinchi
avlod
duragaylar
orasida
muqobil
belgilarning
dominant
belgili
o’simliklar, bilan bir qatorda
retsessiv belgili o’simliklar ham
rivojlanishi ma’lum bo’ladi. Lekin
qizil gulli o’simliklar oq gullilarga
nisbatan uch hissa ko’p ekanligi
aniqlandi. Boshqacha aytganda
ikkinchi avlod duragaylarda birinchi
avlod duragaylardan farqli ravishda
belgilarning ajralishi kuzatildi va
ularning nisbatan 3:1 sxemada
bo’ldi. Yuqoridagilarga asoslanib
Mendel irsiyatning ya’ni ikkinchi
belgilarning ajralish qonunini kashf
etdi.
Nima
sababdan
duragaylarning ikkinchi avlodidan
belgilar bo’yicha xilma-xillik beradi
degan muammoni hal etish uchun
Mendel
gametalarining
soflik
farazini ilgari surdi. Mazkur farazga
binoan har bir organizmda ko’zga
ko’rinadigan tashqi, ichki belgi,
xossalardan
tashqari,
ularni
avloddan-avlodga tashib yuruvchi
irsiy omillar bo’ladi. Bunday irsiy
omillarni Mendel lotin alifbosini
harflari bilan ifodalashni maqbul
ko’rdi. U dominant belgilarning
irsiy
omillarini
bosh
harflar,
retsessiv
belgilarning
irsiy
omillarini kichik harflar bilan
atashni lozim topdi. Mendel qayd
etishicha
duragaylar
urug’chi,
changchi
o’simliklarining
chatishtirish natijasida olinganligi
sababli, ularda ham urug’chi ham
changchi
o’simliklarning
irsiy
omillari
bo’ladi.
Duragaylar
urchayotganda jinsiy hujayralar -
gametalarda ikki muqobil omildan
faqat biri o’rin oladi. Binobarin
gametalar sof holda bo’ladilar. Endi
Mendelning
gametalar
soflik
farazidan
foydalanib,
no’xot
o’simligining
muqobil
belgili
shakllarini chatishtirishdan olingan
duragaylarning birinchi, ikkinchi
avlodida natijalarning tahlil qilib
chiqamiz.
Mendel tadqiqotlardan
ancha keyin 1902 yili germaniyalik
olim
Boveri
va
amerikalik
tadqiqotchi
Setton Mendelning
gametalar soflik farazi, bilan
meyozda
gomologik
xromosomalarning
jinsiy
hujayralarga tarqalishi orasida to’liq
uyg’unlik bor ekanligini e’lon
qildilar va Mendelning gametalar
soflik farazi to’g’ri ekanligini
sitologik jihatdan isbotlab berdilar.
Shunga ko’ra hozirgi vaqtda u
gametalar soflik nazariyasi deb
yuritiladi.