“LOYIHA” TEXNOLOGIYASI
1-KICHIK GURUH
VAZIFA
Biosfera chegaralari. Biosfera tarkibi
Biоsfеrа - (grеkchа biоs-hаyot, sphaira-shаr) tirik mаvjudоtlаr tаrqаlgаn еr qоbig’idir.
Uning tаrkibi, tuzilishi vа enеrgеtikаsi tirik оrgаnizmlаr fаоliyati mаjmuаsi bilаn bеlgilаnаdi.
Biоsfеrа o’zidа tirik vа nоtirik kоmpоnеntlаrni birlаshtirаdi hаmdа bir butunlikni tаshkil etаdi.
U litоsfеrаning yuqоri qismini, butun gidrоsfеrаni, trоpоsfеrа vа strаtоsfеrаning quyi qismini
o’zidа qаmrаb оlgаn. Biоsfеrа to’g’risidаgi tа’limоtni аkаdеmik V.I.Vеrnаdskiy yanаdа
rivоjlаntirgаn.
Ekоlоgiya uchun biоsfеrа tа’limоtining аhаmiyati judа kаttаdir. CHunki, biоsfеrа tirik
vа nоtirik tаbiаtning оliy dаrаjаdаgi o’zаrо tа’siri vа ekоsistеmаlаr mаjmuidаn ibоrаtdir.
Biosfera chegaralari. Tirik organizmlar Yerning gazsimon (atmosfera), suyuq
(gidrosfera), qattiq (litosfera) qismlarida joylashgan. Biosferaning yuqori chegarasi dengiz
sathidan 15-25km balandlikda, atmosferaning quyi qatlami troposferada joylashgan. Bu
chegarada quyosh nurlari energiyasi ta’sirida kislorod ozonga aylanadi va ozon ekrani hosil
bo’ladi. Ozon ekrani tirik organizmga ko’p miqdorda zararli ta’sir ko’rsatuvchi kosmik va
ultrabinafsha nurlarining asosiy qismini yer yuzasiga o’tkazmaydi.
Biosferaning eng yuqori chegarasida noqulay sharoitga o’ta chidamli bakteriyalar,
zamburug’lar, moxlar va paportniklarning sporalari uchraydi. Ular aeroplankton deyiladi.
gidrosferani okeanlar, dengizlar, ko’llar va daryolarning suvlari hosil qiladi. Gidrosfera yer
kurrasining 70 foizga yaqin qismini egallaydi. Hayot gidrosferaning hamma qismida, hatto
eng chuqur 11 km gacha bo’lgan joylarida uchraydi.
Litosferada hayot uning yuqori qatlamlarida, 3-4 km chuqurlikkacha masofada
tarqalgan.
Shunday qilib, biosfera – Yerning tirik organizmlar yashaydigan geologik qobiqlarining
bir qismidir. Sayyoramizdagi hayot chegaralari biosferaning chegaralarini aniqlaydi.
Biosferaning tarkibi. Biosferaning tarkibi xilma-xil bo’lib, uni 4 qismga ajratish
mumkin:
1.Tirik moddalar
2.Biogen moddalar
3.Qattiq jismlar
4.Biogen va abiogen hosil bo’luvchi moddalar.
Sayyoramizda yashaydigan hamma tirik organizmlarning yig’indisi biosferaning tirik
moddasini tashkil qiladi.
Biogen moddalar – tirik organizmlar faoliyatining mahsulotlaridir. Ularga neft,
toshko’mir, ohaktosh va atmosfera gazlarini kiritish mumkin.
Qattiq jismlar – tirik organizmlar faoliyatiga bog’liq bo’lmasdan tabiiy jarayonlar,
masalan, vulqonlar otilishidan hosil bo’lgan tog’ jinslari.
Biogen va abiogen hosil bo’luvchi moddalarga tirik organizmlar ta’sirida, hamda
noorganik tabiat jarayonlari ta’sirida hosil bo’ladigan tuproq misol bo’la oladi.
Shuningdek, biosferaning tarkibida kam miqdorda radioaktiv moddalar, tarqoq atomlar,
meteoritlar, kosmik chang zarrachalari ham uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |