39-mavzu: Rul yuritmasi
Reja
1. Rul yuritmasining vazifasi
2. Rul yuritmasining tuzilishi
3. Rul yuritmasining ishlash uslubi
Rul yuritmasi rul mexanizmidan beriladigan kuchni soshka orqali boshqariluvchi g’ildiraklarning tsapfalariga uzatadi. U tortqi va richaglardan tashkil topgan bo’lib, rul trapetsiyasi shaklini hosil qiladi. Yuritma detallari bamisoli shunday ulanganki, ular boshqariluvchi g’ildiraklarni burganda richag va tortqilar bir-biriga nisbatan birikkan tuzilmalarda turli tomongayengil burila olishi va shuningdek, ular o’z birikmalaridan ma’lum qiymatdagi kuchni uzata olishi kerak. Buning uchun rul yuritmasining tortqilari bir-biri bilan sharnirli ravishda, dumaloq kallakli barmoqlar vositasida biriktiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |