Gaz taqsimlash mexanizmining fazalari
|
Odatda, klapanlarning ochilish va yopilish xolati tirsakli valning aylanish burchagi bo’yicha qaralib, porshenning cheka nuqtalariga nisbatan graduslarda ifodalanadi. Shunday qilib kiritish va chiqarish klapanlarining porshen cheka nuqtalariga nisbatan ochiq turish davrini tirsakli valning aylanish burchaklari orqali ifodalanishi gaz taqsimlash fazalari deb ataladi. Ko’pincha gaz taqsimlash fazalari doiraviy tasviriy chiziq shaklida ifodalanadi va u gaz taqsimlash diagrammasi deb ataladi. Misol tariqasida YAMZ-238E dvigatelning gaz taqsimlashning tasviriy chizig’i 41 rasmda keltirilgan.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |