4 - mavzu: Krivoship – shatunli mexanizmning vazifasi,
umumiy tuzilishi, ishlashi
Reja
1. Krivoship - shatunli mexanizmning vazifasi
2. Krivoship - shatunli mexanizmning tuzilish
3. Krivoship - shatunli mexanizmning ishlash uslubi
Krivoship - shatunli mexanizmi silindrlarda bo’lgan gaz bosimini qabul qilib, porshenning ilgarilama - qaytma harakatini tirsali valning aylanma harakatiga aylantirib beradi. Ko’p silindrli dvigatellarning krivoship - shatunli mexanizmi silindrlar bloki, silindrlar blokining kallagi, silindr gilzalari, porshen bilan porshen halqalari, porshen barmoqlari, shatunlar, tirsakli val, podshipniklar, maxovik hamda dvigatel moy tagligidan iborat. Odatda, bunday dvigatellar krivoship - shatunli mexanizmlarning joylashuv tartibi bo’yicha bir yoki ikki qatorli bo’ladi.
Ko’pchilik bir qatorli dvigatellarning silindrlaritik (GAZ-52, GAZ-24 «Volga») joylashgan
|
(21 rasm, a).
Ba’zi bir dvigatellarda silindrlar tik holatdan
20…45° burchak ostida
|
|
(21 rasm, b),
masalan: Moskvich-412 yoki yotiq joylashishi mumkin
|
(21 rasm, v, d).
silindrlarni bu xolatda joylashtirish natijasida dvigatelning balandlik o’lchami qisqartiriladi. Silindrlari ikki qator joylashgan dvigatellarning silindrlari ma’lum burchak ostida yotiq xolatda o’rnatiladi. Agar silindrlari ikki qator joylashgan dvigatellarda ularning silindrlari orasidagi burchak 180° dan kam bo’lsa, bu xolda ular V- simon dvigatellar deyiladi
|
(21 rasm, g).
Ko’pchilik V- simon dvigatellarning silindrlari 90° burchak ostida joylashadi (ZIL-130, GAZ-53, YAMZ-236 va hokozo). Bunday dvigatellarning uzunligi va vazni bir qatorli dvigatellarnikiga nisbatan ancha kichik bo’ladi.
|
Dvigatelning silindrlar blokiga ho’l gilzalarni o’rnatish uchun 90° burchak ostida silindrlar ishlangan. Blok karterning quyi qismi tirsakli val va taqsimlashvali uchun tayanch vazifasini o’taydi. Uning ko’ndalang yasalgan to’siqlariga tirsikli valning podshipniklari va gaz taqsimlash valining tayanch bo’yinlari uyalari joylashtiriladi. O’zak podshipniklarining qopqoqlari ajraladigan bo’lib, bu podshipniklarda sirpanishvkladishlari ishlatiladi.
Blok karter dvigatelning tayanch qismi (bazis) bo’lib, uning mustahkamligi boshqa detallarni deformatsiyalanishini kamaytiradi. Buning natijasida dvigatelning ishlash muddati va ishonchli ishlash darajasi ortadi. Blok karterning tirsakli val o’qidan pastroqda yotuvchi ostki qismiga moy tagligi (poddoni) shpilka yoki boltlar yordamida mahkamlanadi. Moy tagligi shtamplash usulida 1..2 mm qalinlikda varaqali po’latdan tayyorlanadi va u ioy tagligi vazifasini o’taydi. Moy tagligi bilan blok-karterning tutashish sirtlari moy o’tkazib yubormasligi uchun ularning orasiga qog’oz yoki po’kak qistirma qo’yiladi. Blok-karterning old qismiga gaz taqsimlash shesternyasining qopqog’i va orqa qismiga maxovik karterini zichlovchi qistirmalar qo’yib maxkamlanadi.
Silindrlar blokining kallagi murakkab shaklga ega bo’lib, porshen yu. ch. n.yetganda siqish bo’linmasini hosil qiladi. Silindrlari bir qator joylashgan dvigatellarga silindrlar bloki bilan yaxlit qilib qo’yib tayyorlangan silindrlar kallagi o’rnatiladi. Silindrlari V- simon joylashgan bloklarda esa har bir qator silindrlar o’zining kallagiga ega. Deyarli hamma karbyuratorli dvigatellarining silindrlar bloki va KamAZ-740 dizeli kallagi mexanik xossasi yaxshilangan AL 9 belgili alyuminii qotishmasidan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |