1-mavzu: Avtomobil transport harakat tarkibi



Download 1,41 Mb.
bet46/51
Sana17.07.2022
Hajmi1,41 Mb.
#816102
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
1-mavzu Avtomobil transport harakat tarkibi

39-mavzu: Rul yuritmasi


Reja

1. Rul yuritmasining vazifasi


2. Rul yuritmasining tuzilishi
3. Rul yuritmasining ishlash uslubi
Rul yuritmasi rul mexanizmidan beriladigan kuchni soshka orqali boshqariluvchi g’ildiraklarning tsapfalariga uzatadi. U tortqi va richaglardan tashkil topgan bo’lib, rul trapetsiyasi shaklini hosil qiladi. Yuritma detallari bamisoli shunday ulanganki, ular boshqariluvchi g’ildiraklarni burganda richag va tortqilar bir-biriga nisbatan birikkan tuzilmalarda turli tomongayengil burila olishi va shuningdek, ular o’z birikmalaridan ma’lum qiymatdagi kuchni uzata olishi kerak. Buning uchun rul yuritmasining tortqilari bir-biri bilan sharnirli ravishda, dumaloq kallakli barmoqlar vositasida biriktiriladi.
40-mavzu: Rul yuritmasi kuchaytirgichlari


Reja

1. Rul yuritmasi kuchaytirgichlarining vazifasi


2. Rul yuritmasi kuchaytirgichlarining tuzilishi
3. Rul yuritmasi kuchaytirgichlarining ishlash uslubi
Odatda, oz va o’rtacha vaznli o’tag’on hamda barcha og’ir vaznli yuk avtomobillari, shuningdek ko’pincha avtobuslarning rul yuritmasiga kuchaytirgichlar o’rnatiladi. Bunday kuchaytirgichlar avtomobilni boshqarishni osonlashtirib,yengil va qulay burilishini ta’minlaydi. Shuningdek, kuchaytirgichlar avtomobil notekis yo’lda yurganda boshqariluvchi g’ildiraklarning tebranishi natijasida vujudga keladigan turtkilarni rul chambaragiga yumshatiyu o’tkazish vazifasini ham o’taydi. Bundan tashqari, kuchaytirgichlar avtomobilning katta tezligida uning harakat xavfsizligini ham yaxshilaydi. Chunonchi, shinalardan birortasi tasodifan shikastlansa, avtomobilning to’g’ri yo’nalishini va turg’un xolatini saqlab qolishga imkon yaratadi. Shunga ko’ra tezyurar yuqori turkum tasnifiga kiruvchiyengil avtomobillarning rul boshqarmasi ham kuchaytirgich bilan ta’minlangan. Kuchaytirgichlarni harakatga keltiradigan yuritma har xil: gidravlik va pnevmatik bo’ladi.

Gidrokuchaytirgichli rul mexanizmi barcha detallari asosan karter 11 da yaxlit qilib joylashgan bo’lib, vint 12 ning rezbalariga sharchalar 13 joylashtirilgan. Vint bilan gayka 14 porshen - reyka 10 bir-biri bilan tutashgan bo’lib, rul soshkasi 24 ning valida tishli sektor 23 bor. SHarchali gayka 14 porshen - reyka 10 ning ichida qo’zg’almaydigan qilib qotirilgan bo’lib, porshen reyka 10 ning pstki qismidagi tishlari bilan sektor 23 ning tishlari uzunasiga konus shaklida ishlangan. Tishlarning bunday shaklda qilib ishlanishi ularning ilashuvini rostlashga qulaylik yaratadi, chunki reyka bilan sektorning ilashuvidagi konusli tishlari bir-biriga sozlovchi vint yordamida surilsa, tishlar orasidagi tirqish o’zgaradi. Porshen reyka karterining tsilindri ichidagi jips harakatlanishi uchun unga kesik elastik cho’yan xalqalar 22 kiygiziladi. Sharikli gayka 8 vint bo’ylab surilganda rul valining aylanma harakati porshen reykaning ilgarilama harakatiga o’zgaradi. Shunga ko’ra, porshen reykaning konusli tishlari sektor 23 ning tishlariga ta’sir qilib, u bilan birga soshka valini hamda u bilan birikkan soshka 24 ni buradi. Karter 11 ning yuqori qismida joylashgan oraliq qopqoqqa gidrokuchaytirgichning boshqarish klapani korpusi 16 jips qilib birlashgan. Boshqarish klapanining zolotnigi 18 vintning tirak podshipniklari 15 o’rtasida o’rnatilgan. Tirak podshipniklari gayka 19 yordamida, tagiga konusimon prujinalanuvchi shayba 20 qo’yilgan xolda qotirilgan. Boshqarish klapani korpus 16 ichida o’q bo’yicha har ikki tomonga 1 mm suriladigan qilib o’rnatilgan. Rul chambaragi burilganda zolotnikning o’rta vaziyatida turishini ta’minlash uchun oltita reaktiv plunjerlar 21 prujinalar bilan birga o’rnatilgan. Gidrokuchaytirgichda moy bosimi dvigatelning chap yonidagi parrak 29 li nasos 2 yordamida hosil qilinadi. Nasos 2 gidrokuchaytirgichning oshqarish klapaniga ikta shlang bilan ulangan: bulardan biri yuqori bosimli shlang bo’lib, moy bu shlang orqali nasosga qaytadi.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish