montaj qilishdagi ishlab chiqarish quvvatini ko‘tarish uchun katta yuk ko‘tarish
kobiliyatiga va uzaytirilgan strelaga ega bo‘lgan kranlarni qo‘llash maqsadga
muvofiq, ular bitta to‘xtagan joyida ikki-uchta ko‘ndalang katorlarga plitalarni
yotqizish imkoniyatiga ega.
Plitalarni yotqizish sifati va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun
kranlar maxsus ushlagichlar
bilan jixozlantiriladi, ularning yordamida asosga
tushirilayotgan vaqtda plitani gorizontal holatda bo‘lishi ta’minlanadi.
Plitalarni kran bilan armatura pulatidan kilingan maxsus xalkadan ushlab
ko‘tarish sezilarli texnologik va konstruktiv kamchiliqka ega: xalkani o‘rnatishga
qo‘shimcha metall sarfi; plitalarni koplamada yotkizgandan keyin ushbu xalkalarni
egish va kesib tashlashga ketadigan qo‘shimcha ish;
kran stropalariga xalkani
maxkamlash uchun vaqt va kul mehnati sarfi va yotkizgandan keyin ularni
bushatishga ketgan vaqt sarfi. Bu kamchiliqlar plitalarni yotqizish uchun vakuum -
ushlovchi qurilmalarni qo‘llashda bartaraf etiladi. Bunday qurilmalarning asosiy
afzalligi- qo‘shimcha kul mehnatini sarflamasdan plitalarni
tez ushlashi va kuyib
yuborishi(bir necha sekund davomida). Ba’zan plitalarni yotqizish uchun rels-
formalarda yuradigan portal kranlar ko‘llaniladi.
Sementobeton qoplamalaridan foydalanish davrida qoplamani ravonligini
yaxshilash uchun kuchaytirish qatlamlari quriladi.
Sementobaton qoplamalarida
kuchaytirish qatlamlari 5 cm dan kam bo‘lmagan bir yoki ikki qatlamli quriladi. Bir
qatlamli kuchaytirishda mayda donali asfaltobeton ishlatiladi.
Ikki qatlamli kuchaytirishda 7 cm yirik donali asfaltobeton va 5 cm mayda
donali asfaltobeton qorishmasi ishlatiladi. Sementobeton qoplamasi yuzasiga
bog‘liq holda tekislovchi qatlamga aralashtiruvchi qurilmada tayyorlangan organik
bog‘lovchilar bilan ishlov berilgan (qora chaqiq tosh)
qorishmasidan foydalanish
mumkin. YUzaga ishlov berish uchun mo‘ljallangan qora chaqiq toshni
tayyorlashda bog‘lovchilar sarfi mineral material og‘irligini 1
1,5% ni tashqil
qiladi. Kuchaytirish qatlamini qurishdan oldin deformatsion choklarni to‘lg‘izilishi
lozim.
Deformatsion choklarni to‘lg‘izishdan oldin
quyidagi ishlar amalga
oshiriladi:
yuzalarni tozalash va quritish;
siqilgan havo yordamida choklarni tozalash;
chok mintaqasidagi qum va chaqiq toshlarni olib tashlash.
Deformatsion choklarni bitum asosida tayyorlangan mum bilan to‘lg‘izish
quyidagi ketma
ketlikda amalga oshiriladi:
chok ostiga paxta qog‘ozdan tayyorlangan arqon yotqizish;
chok devorlariga qizdirilgan bitum surkash;
choklarni qoplamadan 2
3 mm dan baland bo‘lmagan holda to‘ldirish;
chokdan chiqib qolgan mumni o‘tkir pichoq bilan kesib tashlash.
Mastikani ortiqcha qismini olib tashlash mum qayta qizdirilgandan so‘ng
amalga oshiriladi.
CHoklarni germetiklar bilan to‘lg‘izish mumni tayyorlagandan so‘ng
bajariladi.
CHoklarni to‘ldirish uchun tavsiya etiladigan mum tarkibi 32
jadvalda
keltirilgan
32
jadval
Komponentlar
Komponentlar miqdori, og‘irlikka nisbatan %
hisobida
A
B
V
Bitum
88
88
88
Rezina kukuni
5
7
6
Qayta ishlangan mator moyi
7
5
6
Asfaltobeton qorishmani yotqizish ushbu SHNQ ning 10.19
10.39
bo‘limlriga asosan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: