1-Mavzu: Analitik kimyo fani, tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifasi Ma’ruza rejasi


Analitik kimyoning kelib chiqish tarixi



Download 0,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana29.12.2021
Hajmi0,61 Mb.
#80680
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Маъруза. Аналитик кимѐ фани, тадқиқот доираси, мақсади ва вазифалари (1)

 

Analitik kimyoning kelib chiqish tarixi 

Kimyoviy  o`lchovlar  va  ularni  amalga  oshirish  uchun  kerakli  vositalar  eng 

qadimiy  qo`lyozmalarda  uchraydi.  Oltinni  olov  orqali  tekshirish,  sinash  Zakariyo 

payg`ambarning  injil  kitobida bayon  etiladi  (13:9),  Qadimgi  Bobil podshoxi Misr 

fir`avni Ammenofis IV ga bildirgan shikoyatida (e.a. 1375-1350 y.y) u tomonidan 

yuborilgan oltin pechda qizdirilganda o`z og`irligini yuqotgani haqida habar qiladi. 

Oltinning  haqiqiy  bahosini  o`rnatish  zaruriyati  analitik  tahlil  to`g`risidagi 

bilimlarni yuzaga kelishiga turtki bo`lgan bo`lishi mumkin. 

Arximed  (e.a.  287-212  y.y)  shox  Geronning  oltin  tojini  buzmaydigan 

tarzdagi  tahlilni  bajardi.  U  oltin  tojni,  va  uning  og`irlilgiga  teng  bo`lgan  oltin  va 

kumush  bo`laklarini  suvli  idishga  solib,  mana  shu  uch  jismlar  tomonidan  siqib 

chiqarilgan  suv  hajmini  o`lchash  amalini  bajardi.  Toj  siqib  chiqargan  suvning 

hajmi oltin va kumush bo`laklari tomonidan siqib chiqarilagn suv hajmlari orasida 

ekanligi  ma`lum  bo`ldi.  Bu  esa  oltin  tojni  sof  oltindan  yasalmaganligining  isboti 

edi. 

Tarozi  shunday  qadim  zamonlarda  paydo  bo`lganki,  ilk  bor  topilgan 




hujjatlarda  buni  hudolarga  bog`lanadi.  Bobilliklar  e.a.  2600  y.  atrofida  standart 

tarozilarni yaratganlar. Ular tarozini shunchalik muhim asbob deb hisoblaganlarki, 

ulardan foydalanishi ustidan kohinlar nazorat olib borganlar. 

Alkimyo  bilan  shug`ullanuvchilar  kimyoviy  bilimlarni  bir  yerga 

to`plaganlarki,  ular  sifat  tahliliga  asos  bo`lib  xizmat  qildi.  Robert  Boyl  o`zining 

“Ximik  -  spektik”  (1661  y)  kitobida  analitik”  atamasidan  foydalangan.  Antuana 

Lavuaze  massalarni  saqlanish  qonunini  isboti  uchun  (analitik  tarozilardan 

foydalangan holda) diqqat bilan puxta bajargan miqdoriy eksperementlarni amalga 

oshirganligi  uchun  uni  “analitik  kimyoning  otasi”  deb  hisoblaydilar.  Asosiy 

faoliyati  bo`yicha  Lavuaze  soliq  yig`uvchi  bo`lgan,  ilm  bilan  shug`ullanishni  esa 

uning sevgan mashg`uloti (xobbisi) hisoblangan. Aynan mana shu asosiy faoliyati 

bo`lmish soliq yig`ish ishlari tufayli u Ulug` fransuz inqilobi paytida 1793 yilning 

8 may kuni (gil`otinada) bosh oladigan joyida qatl etilgan. 

Gravimetriya  XVII  asrda,  titrimetriya  esa  XVIII  va  XIX  asrlarda 

rivojlangan. 1829 yilda G.Lyussak kumushni titrometrik aniqlashda 0,05 % nisbiy 

xatolikka erishgan. 

Analitik kimyo bo`yicha darsliklar 1800 yillarda chiqarila boshlangan. 1845 

yilda Germaniyada Karl Frezenius tomonidan “Miqdoriy kimyoviy tahlil bo`yicha 

qo`llanma”  chop  ettirib  chiqarildi,  1894  yilda  esa  Vilgelm  Ostvaldning  “Analitik 

kimyoning  ilmiy  asoslari”  kitobi  chiqarildi.  Ushbu  kitob  kimyoviy  muvozanatlar 

konstantalari  yordamida  analitik  kimyodagi  ko`pgina  hodisalarni  nazariy  jihatdan 

tushuntirishlarni  o`z  ichiga  olgan  bo`lib, kimyo  fanining  rivojlanishida  kata  ta`sir 

ko`rsatdi. 

XX  asrda  tahlilning  asbob-anjomlarga  oid  vositalarining  rivoji  kuzatildi. 

1927  yilda  Stiven  Popovning  “Miqdoriy  tahlil”  kitobining  ikkinchi  nashri 

chiqarilgan  bo`lib,  u  tahlilning  elektro-kimyoviy  uslublarini,  konduktometrik 

titrlash,  kaloriometrik  uslublarni  o`z  ichiga  oladi.  Hozirgi  zamonga  kelib, 

kimyoviy  tahlil  texnologiyalarini  rivojlanishida  katta  yuksalish  sodir  bo`lib,  u 

kompyuterlar 

orqali 


boshqariluvchi 

va 


moddalarning 

juda 


kichik 

konsentratsiyalarida ham juda murakkab tahlil va o`lchashlar o`tkazilishiga imkon 

beruvchi  murakkab  va  yuqori  unumdorlikka  ega  bo`lgan  asbob-abjomlarni  o`z 

ichiga oladi. 

Ushbu  kitob,  o`quvchiga  analitik  kimyo  asoslarini  o`rgatadi  va  ko`plab  analitik 

masalalarni yechish uchun uni kerakli vositalar bilan qurollantiradi. Analitik kimyo 

tarixini  rivojlanishi  tog`risida  yanada  kengroq  ma`lumotlar  ish  orqali  olinishi 

mumkin. 



 

Sifat  tahlili  selektiv  kimyoviy  reaksiyalar  yordamida  yoki  apparaturadan 

foydalanilgan  holda  o`tkazilishi  mumkin.  Namuna  eritmaga  kumush  nitrati 

eritmasini  qo`shish  chog`ida  oq  rangli  cho`kmaning  hosil  bo`lishi  xlorid-ionlar 

mavjudligidan  guvohlik  beradi.  Ba`zi  kimyoviy  reaksiyalar  natijasida  organik 

birikmalarning  u  yoki  bu  sinflarining,  masalan  ketonlar  mavjudligidan  guvohlik 

beruvchi o`ziga hos ranglanishlar paydo bo`ladi.  



Infraqizil  spektrlar  ma`lum  organik  birikmalar  yoki  ularning  funksional  guruhlari 

uchun noyob bo`lgan “barmoq izlari”ni hosil qilish imkonini beradi. 

 selektiv va spetsifik atamalarni bir-biridan farqlash zarur. 

  Selektiv reaksiya yoki test bir necha yoki ko`plab moddalar bilan kechadi, ammo 



bulardan afzali – ma`lum bir modda bilan kechishidir. 

  Spetsifik reaksiya yoki test faqat bir modda bilan kechadi. 



Baxtga  qarshi,  juda  ozchilik  reaksiyalar  spetsifik  reaksiyalardir,  ammo 

ulardan  ko`plari  selektivlik  xususiyatiga  ega.  Selektivlikka  turli-tuman  amallar 

yordamida erishilishi mumkin, masalan: 

  Maxsus namuna tayyorlash (xususan, ekstraksiya, cho`ktirish). 



  O`lchov asboblarida selektiv detektorlardan foydalanish. 

  Aniqlanadigan 



komponentni 

yo`naltirilgan 

tarzda 

kimyoviy 

aylantirish 

(derivatizatsiya)  –  masalan,  detektorlovchi  reagentlar  yordamida  ma`lum 

funksional guruhlarni derivatizatsiyalash. 

  Yuqori unumdor ajratish uslubi bo`lmish – xromatografiyadan foydalanish. 



Shunday qilib, tahlil uslublarining juda kam qismi o`z-o`zicha selektivdir.  Odatda 

namunani  lozim  tarzda  tayyorlash  yordamida  va  o`lchov shartlarini tanlash  orqali 

selektivlikka erishiladi. 

 

Miqdoriy  tahlil  uchun  namunaning  sifat  tarkibi  to`g`risidagi  ma`lumotlar 



ko`pincha  avvaldan  ma`lum  bo`ladi(masalan,  ma`lumki  qon  tarkibida  glyukoza 

mavjud  bo`ladi).  Aks  holda  analitikaga  yanada  qiyinroq  bo`lgan  miqdoriy  tahlil 

bilan shug`ullanishdan, avval sifatga oid sinovlarni bajarish zarur bo`ladi. 

 

Hozirgi  zamon  kimyoviy  o`lchov  sistemalari  ko`pincha  yetarli  ravishda 



yuqori  selektivlikka  ega,  shuning  uchun  miqdoriy  o`lchovlarning  natijalari  bir 

vaqtning  o`zida  namunaning  sifat  tarkibining  isboti  bo`ladi.  Shunday  bo`lsada 

oddiy  sifatga  oid  testlar  miqdoriy  tahlil  muolajalariga  nisbatan  ancha  tezroq 

bajariladi.  Sifat  tahlili  ikkita  sohaga  bo`linadi:  noorganik  va  organik.  Noorganik 

tahlil odatda kimyoviy predmetlarning kirish kurslarida o`qitiladi, organik tahlilni 

esa,  talaba  organik  kimyoni  o`zlashtirganidan  keyin  o`rgatilgani  ma`qul 

hisoblanadi. 

 

 



 Tahlil jarayonini boshlaymiz. 

Tahlil jarayonining umumiy sxemasi 1.1 rasmda keltirilgan. Kimyogar-analitik 

uning barcha bosqichlarini amalga oshirishi lozim, u ishchi guruxning bosh bog`ini 

bo`lib,  nima  uchun  va  qanday  amalga  oshirish  kerakligini  aniqlaydi.  Quyida 

tahlillarning ko`pchilik turlari uchun umumiy bo`lgan kimyoviy tahlilning standart 

operatsiyalari batafsil ko`rib chiqiladi. 

Analitik  kimyo  fanining  vazifalari,  yoki  kimyogar-analitiklar  nima  bilan 

shug`ullanadilar  

Vazifaning qo`yilishi 

Quyidagilar hisobga olinishi zarur: 

  Vazifa nimadan iborat: nimani bilish zarur? Sifat tahlilimi yoki miqdoriy tahlilmi? 



  Olingan axborotdan nima maqsadda foydalaniladi? undan kim foydalanadi? 

  U qachon kerak bo`ladi? 



  Qanchalik aniqlikdagi natijalar bo`lishi lozim? 

  Tahlilga qancha mablag` ajratilgan? 




 

Tahlilning chuqur o`ylangan va samarali, namunani olishni o`z ichiga olgan holdagi reja tuzish 



uchun analitik buyurtmachi bilan maslahatlashib olishi lozim.

 

 



Uslub va uslubiyatni tanlash 

Quyidagilar hisobga olinishi zarur: 

 

Namunaning turi 



 

Namunaning o`lchami 



 

Zarur tarzda namuna tayyorlash 



 

Talab etiluvchi sezuvchanlik (aniqlanuvchi moddaning konsentratsiyalari diapazoniga bog`liq ravishda). 



 

Talab etiluvchi selektivlik, bo`lishi mumkin bo`lgan halaqit beruvchi ta`sirlar 



 

Talab etiluvchi to`g`rilik va takror  ishlab chiqarish mumkinligi 



 

Apparaturaning qulayligi 



 

Ish tajribasi, boshqa mutahassislarni jalb etilish zaruriyati 



 

Tahlilning narhi 



 

Tahlilning bajarilish tezligi  



 

Tahlil avtomatlashtirilishi lozimmi? 



 

Kimyoviy kitoblarda kerakli uslubiyatlar mavjudmi? 



 

Standart uslubiyatlar mavjudmi?



 

Taqdim etiluvchi namunani olish 

Quyidagilar hisobga olinishi zarur: 

  Namunaning turi, o`lchami,gomogenlik darajasi. 



 

Namuna olish xatolik darajalari



 

Namunani tahlilga tayyorlash 

Quyidagilar hisobga olinishi zarur: 

  Namunaning agregat holati (qattiq, suyuq, gazsimon). 



  Eritish talab etiladimi? 

  Qo`llash minerallash? 



  Xalaqit beruvchi komponentlarniajratish yoki berkitish? 

  Konsentrlash? 



  Kimyoviy o`zgartirish (derivatizatsiya)? 

  Muhitni ma`lum sharoitlarini yaratish (pH, reagentlarni qo`shish)? 



 

Kimyoviy ajratib olishning zaruriy operatsiyalarini bajarish 

  Haydash 



  Cho`ktirish 

  Ekstratsiyalash 



  Sorbsiyalash 

 

Xromatografik ajratish(o`lchov jarayonida bajarilishi mumkin)



 

Analitik signalni o`lchash 

Quyidagilarni hisobga olish zarur: 

  Graduirovkani bajarish 



  O`lchovni to`g`ri ekanligini tekshirish (taqqoslov namunalari bo`yicha, nazorat tajribasi o`tkazish 

yordamida) 

 



Takroriy o`lchovlarni o`tkazish zarurati

 


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish