1-mavzu. Amaliyot obyektining faoliyati va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishish



Download 49,56 Kb.
bet7/9
Sana17.09.2021
Hajmi49,56 Kb.
#177130
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
psb

Bank kengashining burchlari quyidagilardan iborat:

  • omonatchilar va aktsiyadorlarni himoya qilish maqsadida bank faoliyatini, shu jumladan, kreditlash va mablag’larni investitsiyalashning to’g’riligini nazorat qilish;

  • bank rahbarlarini ishga tayinlash va ishdan bo’shatish;

  • bank kapitalining bir tekis o’sib borishini ta’minlab turish;

  • bank siyosatini ishlab chiqish;

  • qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash.

Bank kengashi a’zolari kamida besh kishidan iborat bo’lishi lozim. Aktsiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham bank kengashi a’zosi bo’lishlari mumkin.

Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi oldida hisobdordir deb belgilangan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 2 oktyabrdagi «Aktsiyadorlik-tijorat banklarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2084-sonli Farmoni hamda 2000 yil 21 martdagi «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-2564-sonli Farmoni asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini isloh qilishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 2000 yil 24 martdagi 104-sonli Qarorining qabul qilinishi bank sektorini yanada isloh qilish borasida korporativ boshqaruvni takomillashtirish, banklarining faoliyati ustidan nazoratni oshirish, ular tomonidan operatorlik vazifalarini amalga oshirish bo’yicha talablarni kuchaytirish uchun asosiy turtki bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 2 oktyabrdagi «Aktsiyadorlik tijorat banklarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2084-sonli Farmonida tijorat banklari faoliyatini boshqarishda aktsiyadorlarning rolini oshirish, bank xodimlarini ishga yollashning shartnoma tizimiga o’tkazish, kreditlar berish hamda ularning qaytarilishini ta’minlash uchun bankning rahbar va ijroiya organlari javobgarligini oshirish, banki Kengashi bank filiallarining Boshqaruvi va rahbarlari bilan birgalikda bankni samarali boshqarishni tashkil etish, qonunchilik hujjatlarining talablariga muvofiq kreditlar berilishi va ularning o’z vaqtida qaytarilishi uchun javobgar bo’lishi belgilangan. Aynan ushbu Farmonda bank Kengashi bank Boshqaruvi raisi va a’zolarini tayinlashi, bank Boshqaruvi raisi bilan mehnat shartnomasi tuzishi, Boshqaruv raisining va bank ichki audit xizmati rahbarining har chorakdagi ma’ruzalarini Kengash huzurida muntazam tinglab borishni amaliyotga joriy qilinishi ham ko’rsatib o’tilgan.

Bundan tashqari, bankning ustav kapitalida davlatga tegishli aktsiyalar paketi 25 foizdan oshgan hollarda bank Kengashi tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan ishonchli vakil kiritilishi, uning zimmasiga mazkur aktsiyalar paketini boshqarish vazifasi yuklanishi belgilangan.

Mazkur PF-2084-sonli Farmon bilan Aktsiyadorlik tijorat banki to’g’risidagi nizom hamda Aktsiyadorlik tijorat banki Kengashi to’g’risidagi Namunaviy nizomlari tasdiqlangan.



O’zbekiston Respblikasi Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini isloh qilishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 2000 yil 24 martdagi 104-sonli Qarorida tijorat banklarining Kengashlari va boshqaruvlariga:

- korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish, aktsiyadorlarning manfaatlarini himoya qilish uchun ta’sirchan shart-sharoitlar yaratish va banklarning kapitallashuvini mustahkamlash uchun banklarning ijro etuvchi organlari va ichki audit xizmatlari rahbarlarining kredit, investitsiya va operatsiya siyosatini amalga oshirishga doir hisobotlarini yilning har choragida eshitish;

- iqtisodiyotning real sektoriga kredit qo’yilmalari o’sishini, tavakkalchiliklarning oqilona diversifikatsiyasini, qisqa muddatli kredit resurslari bozorida operatsiyalardan yuqori daromadlar olinishini rag’batlantiruvchi bank kredit siyosatining asosiy yo’nalishlarini har yili ishlab chiqish va tasdiqlash;

Banklarda korporativ boshqaruv tashkil etish va uning asoslarini belgilab bergan alohida hujjat sifatida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000 yil 5 iyulda 943-son bilan ro’yxatga olingan «Tijorat banklarida korporativ boshqaruvi to’g’risida»gi Nizomi hisoblanadi. Ushbu nizomda «Korporativ boshqaruv» tushunchasiga ta’rif berilgan bo’lib, unga ko’ra tijorat banklarda korporativ boshqaruv deb, tijorat banki faoliyatini boshqarishda Kengash a’zolari va boshqa rahbar xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy faoliyat hamda qoidalar majmuasi tushuniladi.



Jahon moliyaviy inqiroz yuz berishi natijasida xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan banklarda korporativ boshqaruvida tavakkalchiliklarni adekvat boshqarish va ichki nazorat tizimini kuchaytirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu tavsiyalardan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida» 2010 yil 26 noyabrdagi 1438-sonli Qarori qabul qilingan. Ushbu Qarorga muvofiq, banklarda korporativ boshqaruvning takomillashtirish borasidagi muhim yo’nalishlardan biri sifatida bank Kengashiga bo’ysinuvchi bank tavakkalchiliklarini nazorat qilish qo’mitasini tijorat banklari korporativ boshqaruv tuzilmasiga majburiy tadbiq etish belgilangan.

Yuqoridagi Prezidentning qaroridan kelib chiqib, tijorat banklarida bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga qo’yiladigan talablar belgilash maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 25 mayda 2229-son bilan ro’yxatga olingan «Tijorat banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qo’yiladigan talablar to’g’risida Nizomi qabul qilingan. Mazkur nizomga ko’ra, bank faoliyatidagi tavakkalchiliklarni boshqarish quyidagi asosiy maqsadlarda tashkil etiladi: - bank omonatchilari va kreditorlari, aktsiyadorlari manfaatlarini himoya qilish; - bank tavakkalchiliklarini kamaytirish, bartaraf etish va oldini olish; - bank faoliyatining etarli darajadagi barqarorligini ta’minlash.

Banklarda korporativ boshqaruvga oid muhim hujjatlaridan biri, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 25 mayda 2014-son bilan ro’yxatga olingan «Banklarni ro’yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida»gi Nizom hisoblanadi. Unga ko’ra, ovoz beruvchi aktsiyalarning egasi bo’lgan aktsiyadorlar soni o’ttiz kishidan kam bo’lgan aktsiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan banklarda kuzatuv kengashi vazifasi bank ustavi bilan aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi zimmasiga yuklanishi mumkin.



Tijorat banklari aktsiyadorlari umumiy yig’ilishi va kengashlari tomonidan o’zini-o’zi nazorat qilish tamoyillari asosida ishlab chiqadigan ichki siyosatlari, taotib va taomillar ham har bir bank faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga soluvchi hujjatlardir.


Download 49,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish