4-mavzu. Amaliyot obyektining istiqboldagi rivojlanish yo`nalishlarini
o’rganish
Bankning strategik maqsadi Respublika moliya bozoridagi etakchilik mavqeini hamda yillar davomida to’plangan boy tajribani saqlab qolishga qaratilgan. 2016 yilda O’zsanoatqurilishbank o’z faoliyatini yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga, xizmatlar sifatini yuksaltirishga, taklif etila yotgan xizmat turlarini bank mijozlari uchun qulay va manfaatli tarzda kengaytirishga, ishlab chiqarishni modernizasya va diversifikasya qilish jara yonlarida faol ishtirok etishga yo’naltiradi.
Bank rivojlanish strategiyasi:
Xalqaro standartlarga muvofiq bankning kapitallashuv, barqarorlik va likvidlilik darajalarini yanada oshirish.
Bank aktivlari, jumladan kredit portfelini yanada o’stirish va sifatini yaxshilash, xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish.
Jozibador omonatlarni joriy qilish va doimiy ravishda yangilab borish orqali aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bo’sh pul mablag’larining bank depozitlariga jalb qilinishini rag’batlantirish.
Yangi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish, korxonalarni modyrnizaciya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo’yicha investiciya loyihalarini uzoq muddatli kreditlash mexanizmlarini, investiciya va kredit siyosatini yanada takomillashtirish.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash orqali “Sog’lom ona va bola yili” Davlat Dasturini amalga oshirishda ishtirok etish.
Strategik investorlarga sotish maqsadida Bank balansiga qabul qilingan iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash.
Aholi va xo’jalik sub’ektlariga ko’rsatilayotgan moliya-bank xizmatlari hajmi va turlarini kengaytirish.
Moliya-bank hisobi va hisobotini yuritish bo’yicha bankda zamonaviy texnologiyalar va uslublarni ishlab chiqish hamda amalga joriy qilish, moliya-bank va kredit axborotlari sifati darajasini oshirish, undan keng ommaning foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.
O’zsanoatqurilishbankning Respublika moliya sohasida eng jadal rivojlanayotgan muassasalardan biri sifatidagi maqomi saqlanib qolayotganligi va tobora mustahkamlanayotganligi, bank faoliyatining universalligi, keng mijozlar bazasi, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, filiallar tarmog’ining rivojlanganligi va kapitallashuv darajasining yuqoriligi – bularning barchasi tayanch tarmoqlar korxonalari va tadbirkorlar moliyaviy faoliyatini yanada yaxshilashga hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini to’liq bajarishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |