Ruboiylari. Turkiy ruboiy taraqqiyotida Boburning muhim hissasi bor. Bobur ruboiylari soni ko'p bo'lmasa-da, uning o'zbek ruboiychiligida alohida o'rni bor. U ijtimoiy-falsafiy tabiatga ega ruboiy janriga maishiy mazmun kiritdi. Uning ko'pgina ruboiylari sarson-sargardon kechgan hayotining iqrornomalariday taassurot qoldiradi. Bobur ruboiylari tili, ifodasining soddaligi, samimiyati kitobxonni o'ziga bog’lab oladi:
Ko'ngli tilagan murodig'a yetsa kishi,
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikkisi muyassar bo'lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig'a ketsa kishi.
Bu ruboiyda shoirning tanti shaxsiyati bo'rtib ko'rinib turibdi. U hayot haqida falsafiy o'y surmaydi, balki ko'ngil istaklarini samimiy izhor etadi. Ko'nglining mayllari shu qadar yuksakki, u boshqa ko'ngillarga ham o'tib qoladi. Chindan ham inson umri yillarning uzunligi bilan emas, balki erishilgan maqsadlar bilan o’lchanadi. Maqsadi bo'lsa-yu unga erisholmasa, inson hayotining mazmuni xiralashadi.
Shoir ruboiylari orasida an'anaviy mavzu va ohanglarda yozilganlari ham talaygina. Masalan, quyidagi asarda muhabbat tuyg'ulari aks etgan:
Raftori-yu qaddig'a ravonim sadqa,
Bir boqishig'a ikki jahonim sadqa,
Og'zi-yu belig'a bud-u nobudim sarf,
Ko'zi-yu labig'a jism-u jonim sadqa.
Ruboiy hazajning axrab shoxchasida bitilgan, „sadqa" so'zi radif bo'lib kelyapti. Misralarda ifodalangan tuyg'uni anglashga, mazmjjnni tushunib olishga harakat qilinganda, „raftor" — yurish, „ravon" so'zida ham yurish ma'nosi bor. Lekin u holda she'rdan ma'no chiqmaydi. „Ravon" so'zining yana bir ma'nosi jondir. Endi o’rniga qo’yib ko’ramiz: Yurishi va qaddi-qomatiga jonim fido bo'isin. Bunda ma’no bor. Ikkinchi misradagi ayrim so'zlarga diqqat qilaylik. „Bir" bilan „ikki" so'zlari orasida bor, oz-ko'p ma'nolari singdirilgan. Nega „ikki jahon"? Chunki islomiy tushunchaga ko'ra o'tkinchi va chin yoki bu va narigi singari ikki dunyo bor. „Boqish" va Jahon" so'zlarida ham ma’lum bog'lanish bor (jahonga boqiladi). Demak, misrada so'zlar shu qadar tanlab, hamma ma'no ohanglari ko'zda tutib ishlatilganki, bu yuksak san'atkorlikdan nishonadir.
Ruboiydagi „bud-u nobud" birikmasi bor-yo'q degan ma tashiydi. Nega shoir ma'shuqaning og'zi va beliga bor-yo bag'ishlamoqchi? Go'zalligi uchun, albatta. Ma'no shugir Matndan bir oz chetga chiqamiz. Belning go'zalligi ilga shakllangan did va o'lchovlar bo'yicha ingichkaligida, og' kichikligida. Mubolag'a — ta'rif-tavsifda o'xshatishni haddan oshirib yuborish she'rda keng tarqalgan usullardan. E ma'shuqaning beli va og'ziga „bud-u nobudim sarf" deganida shu mazmunga ham ishora qiladi. Tabiiyki, „bud-u nobud" so’zlari o'z ma'nolarida (bor-yo'q davlatim fido bo'lsin) ham ishlatilmoqda. To'rtinchi misraga ham shunday keng ma'no joylangan: „ko'z „jism"ga, „lab"ning „jon"ga bog'lanishlarida teran mantiq bor. Masalan, ko'z tanada joylashgani uchun ham go'zal qomatga tushganda yashnaydi, lab nafas olishda ishtirok etadi, bo'sa bersa, oshiqqa jon bag'ishlaydi.
Shoirning muhabbat yo'nalishidagi ruboiylaridan biri „Ey gul, ne uchun qoshingda men xor o'ldim" deb boshlanadi. Oshiq ma'shuqaning azoblarini, o'zini ko'p balolarga duchor qilganini zorlanish bilan bildiradi. Sanam — o'ta beqaror. Shuning uchun ham „avval vasli bila" sevintirib, „hajri bila oqibat" o'ldiradi. esa, ma'shuqadan qaror istaydi, sevilishni xohlaydi. Boburning ruboiychilik mahorati, ayniqsa, uning „Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur" deb boshlanadigan she'rida yaqqol namoyon bo'lgan. Ruboiyning birinchi misrasida xitobdan boshqa birgina so'z —„tuz" to'g'rila, yaxshiia ma'nolarini bildirsa, ikkinchi m sanoqni bildiruvchi yana birgina so'z — „yuz" yangilanadi, „Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur". Ammo butun yangicha ma'no kasb etgan. Uchinchi misrada ma'noni aniqlaydigan va kuchaytiradigan „Sarrishtai ayshdin ko'ngulni zinhor" so’zlari keladi va to'rtinchi misra ana shu mazmunning davomi bo'lib uni bo'rttiradigan, kuchaytiradigan „Uz, oh, Zahiriddin Muha Bobur" shaklini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |