Yigitlik yillari



Download 477,5 Kb.
bet39/58
Sana20.01.2017
Hajmi477,5 Kb.
#720
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
Tanbal bilan yuzma-yuz. Boburga eskidan dushrnanlik qilib kelgan beklaridan Ahmad Tanbal O'ratepaga qo'shin tortib keladi. O'ratepa Toshkentga tobe' edi. Shu sabab Boburning tog'asi Sulton Mahmudxon askarlari bilan himoyaga keladi. Tog'a-jiyan O'ratepani mudofaa qiladilar. 1502- yilning bahorida Tanbalning Toshkentga yurishga tayyorgarlik ko'rayotgani xabari keladi. Boburning tog'alari: Sulton Mahmudxon va Sulton Ahmadxon o'ttiz ming askar to'plab, undan oldinroq Andijonga otlanadilar Boburga bir qism yigitlardan berib, yovning orqa tomoniga o'tib, O'sh va O'zgand orqali kelishni maslahat qiladilar. Bobur O'shni osonlik bilan qo'lga oladi. Atrofning ulug'-kichiklari uni shod-u xurramlik bilan qarshi oladilar, O'zgand ahli vakil yuborib, Bobur ixtiyoriga o'tadi. Marg'ilonliklar shahar dorug'asini haydab yuborib, unga tobe bo'ladilar. Nihoyat, tog'alar Andijonga yetib kelishadi. Tanbal qochadi, shahar olinadi. Lekin Boburga o'zi zabt etgan shaharlarni ham bermaydilar. Bu shaharlar Sulton Ahmadxonga topshiriladi. Aka-ukalar Samarqandni egallagach, Boburni Temurning poytaxtiga hokim qilmoqchi ekanliklarini aytishadi. Shu orada Ahmad Tanbalning Shayboniyxonga itoat izhor qilib odam yuborgani, xon qo'shin bilan yo'lga chiqqani haqida xabar keladi. Aka-uka xonlar orqaga qaytishga qaror qiladilar. O'sh, Marg'ilon aholisi ular tomonidan qo'yilgan amaldorlarni haydab chiqara boshlaydi. Tanbal shunday kunlarning birida erta tongda uch ming yigitini olib, yuztagina odami bilan Axsida qolgan Bobur ustiga keladi. Tengsiz jangda Bobur urusha-urusha qal'adan qochib chiqadr. Bobur so'ngsiz irodasi, g'ayrat va shijoati bilan yolg'iz o'zi ikki kecha-kunduz davom etgan dushman ta'qibidan omon qoladi.

Kobul azimati Temuriylarning bu davrdagi eng mashhur hukmdori Husayn Boyqaro ham kuchlarini to'plab, Shay qarshi yurishga jur'at qilmaydi. Aksincha, har birlari o'z sh mudofaasini mustahkamlash bilan band bo'ladilar. Taxt eg? bunday sustkashligi, loqaydlik va jur'atsizligidan Bobu iztirob chekadi.

1503- yilning sentabri oxirlarida Bobur shiddat bila Kobul va G'aznani jangsiz oladi. Kobuldagi dastlabki yil og’ir keldi. 1505- yilning mayida Boburning onasi Qutlug' Nigorxonim vafot etdi. Uni Bog'i Navro'ziyga dafn etdilar. 1506- yanvarida yosh sarkarda og'ir dardga chalinib, qirq kun qo'zg'ola olmay yotdi.

Shayboniyxon esa yana otining jilovini Xurosonga Husayn Boyqaro barcha temuriy beklarni to'plab, ung jangga chiqishga ahd qildi. Biroq mo'ljallangan ish amalga qoldi. Husayn Boyqaro o'z qo'shini bilan otlangan chog'd yilning mayida yo'lda vafot etdi. Temuriylarning kuchlari olmay qoldi. Shayboniy Balxni bosib, Badaxshonga tal boshladi. Nihoyat, temuriy beklar 1506-yilning 27-oktyabrida Murg'obda to'planadilar. Shayboniyga qarshi yurish ko’klamga qoldiriladi. Beklar o'z joylariga qaytib ketadilar. Husayn Boyqarodan keyin Hirot taxtini sherikchilik bilan idora etayotgan Badiuzzamon va Muzaffar Mirzoning taklifi bilan Bobur poytaxtiga boradi. Sulton Husayn Boyqaro madrasasiga kir qabrini ziyorat qiladi. Navoiyni dunyoga bergan shs muhtasham obidalari bilan tanishadi. Bir muddat buyuk s uyida istiqomat qiladi.


Download 477,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish