(ii) Belgili O‘zgarmaslar
Belgili o‘zgarmaslar bittalik qo‘shtirnoq bilan yozilgan bitta belgini ifodalaydi.
Masalan, 'A', ' ', '\n' va hk. C++ da belgili o‘zgarmaslarni ifodalash qoidalari quyidagicha:
C++ da belgili o‘zgarmaslar bitta simvolga ega bo‘lishi va bittalik qo‘shtirnoqqa olib yozilishi lozim.20
C++ da belgilar uchun ma’lumotlar turida belgili o‘zgarmaslar char ma’lumotlar turiga ega. Yagona belgili o‘zgarmas qiymati kompyuter simvollar to‘plami bo‘yicha simvol nomeriga ega. Masalan, 'A' ning qiymati 65 (ASCII dagi 'A' ning qiymati), 'a' ning qiymati 97 va '0' ning qiymati 48 ga teng.
C++ da butun qiymatlar turida ko‘p belgili o‘zgarmaslar int turiga ega bo‘ladi. Ko‘p belgili o‘zgarmaslar qiymati amalga oshiriladigan-bog’langan hisoblanadi.
Teskari kursiv chiziqli o‘zgarmaslar. Bular bajarilish vaqtida izohlanadi. Bu simvollar qiymatlari amalga oshiriladigan-aniqlanadigan hisoblanadi.
C++ da chop qilinmaydigan yoki ekranga chiqmaydigan ba’zi simvollarni, masalan, chiziq, shakl belgilar, tab va hk.lar ishlatadi. Bu belgilarning har biri yaona belgini bildiruvchi ma’lum unikal qiymatga ega. Har bir Escape belgilar ketma-ketligi teskari kursiv chiziq (backslash) (\) belgisi bilan boshlanadi, ammo ular bitta belgi hisoblanadi.
6.1-jadvalda ba’zi Escape belgilar ketma-ketligi keltirilgan:
6.1-jadval. Escape belgilar ketma-ketligi
Escape
|
Ma’nosi
|
Natijaning bajarilish vaqti
|
\0
|
String qatorining oxiri
|
Null
|
\ n
|
Qator oxiri
|
Boshqaruv keyingi qatorgacha olinadi
|
\r
|
Qatorgaqaytish
|
Boshqaruv keyingi paragrafgacha olinadi
|
\ f
|
Sahifaga o‘tish
|
Boshqaruv keyingi mantiqiy sahifagacha olinadi
|
\t
|
gorizontal tabulyatsiya
|
Boshqaruv keyingi gorizontal tabulyatsiya o‘rnigacha olinadi
|
\v
|
vertikal tabulyatsiya
|
Boshqaruv keyingi vertikal tabulyatsiya pozitsiyasigacha olinadi
|
\b
|
Backspace
|
Boshqaruv joriy qatorning oldingi pozitsiyasigacha olinadi
|
\ \
|
Backslash
|
Backslash belgisini qaytaradi
|
\a
|
Ovoz
|
Ovoz signalini ta’minlaydi
|
\'
|
Bittalik qo‘shtirnoq (apostrof)
|
' - bittalik qo‘shtirnoq (apostrof) ni chiqarish
|
\"
|
Qo‘shtirnoq
|
" - qo‘shtirnoq belgisini ni chiqarish
|
\?
|
So‘roq belgisi
|
? - so‘roq belgisini chiqarish
|
\On
|
Sakkizlik son
|
Sonni sakkizlik sistemasida tasvirlash
|
\xHn
|
O‘n oltilik son
|
Sonni o‘n oltilik sistemasida tasvirlash
|
Shuningdek, agar chiqarish ifodasida belgi backslash (\) belgisidan keyin kelsa, biz hosil bo‘ladigan natijada ham huddi shu belgini ko‘rishimiz mumkin.
Masalan, cout <<'\ J'; ifodasi natijasida ekranda J belgisi hosil bo‘ladi.21
Bu yerda cout ('see-out' kabi talaffuz qilinadi) identifikatori C++ da standart chiquvchi oqim (ekran) uchun ishlatiladi. <qo‘yish yoki jo‘natish (yoki qo‘shish) operatori o‘ngdagi tashkil etuvchini o‘zining chap tomoniga o‘rnatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |