1-mavzu : Psixologik xizmatning maqsadi. Psixologik xizmatning tashkil etishning umumiy mezonlari



Download 13,59 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi13,59 Kb.
#823811
Bog'liq
referat



1-MAVZU : Psixologik xizmatning maqsadi. Psixologik xizmatning tashkil etishning umumiy mezonlari

 Psixologik xizmat ko’rsatish yo’nalishlari: 1) psixoprofilaktika 2) psixologik maorif va ma`rifat 3) psixodiagnostika 4) psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya 5) psixologik konsultatsiya 1) Psixoprofilaktika - psixologik xizmat faoliyatining maxsus turi bo’lib, talaba va professor-o’qituvchilar uchun sog’lom psixologik muhit va shaxs rivojlanishi uchun optimal shart-sharoitlarni yaratishdan iborat. Psixologik profilaktika ishning asosiy vazifalari quyidagilar: - insonning shaxs sifatida shakllanishi, aqlan barkamollikni ta`minlashning oqilona shart-sharoitlarini yaratish; - shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo’sag’asida vujudga kelishi mumkin bo’lgan psixologik nuqsonlar va buzilishlarni o’z vaqtida oldini olish. 2) Psixologik maorif va ma`rifat - talaba va pedagoglar jamoalarida eng qulay psixologik muhitni yuzaga keltirish uchun maxsus ish olib borish, pedagogik jamoada muomala shaklini takomillashtirish, talabalar bilan professor-o’qituvchilar muomala jarayonini yaxshilashga yordam berish, shaxsga oid, ixtisoslikka doir muammolar yuzasidan o’qituvchilararo keng ko’lamda maslahatlar berish. Pedagogik jamoa a`zolaridagi psixologik zo’riqish va toliqishni yo’qotish, kamaytirish, ularning oldini olish uchun chora- tadbirlarni tarkib toptirishga o’qishi davomida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o’rganishga yo’naltirilgan bo’lib, ularning individual xususiyatlarini, ta`lim tarbiyadagi nuqsonlar sabablarini aniqlashga mo’ljallangandir. Diagnostik ishlar guruhiy yoki individual tarzda o’tkaziladi. Ushbu yo’nalish bo’yicha amaliy psixolog quyidagi vazifalarni bajaradi: yosh davr taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida psixolog oliy o’quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan o’tkazadi, ularning darajalarini belgilaydi. Talabalarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi, ularning shaxs xislatlar, irodaviy sifatlari, his-tuyg’ulari, o’zini o’zi boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi. 4) Psixik rivojlantirish va psixokorrektsiya ishlari - amaliy psixologik xizmat doirasida talabalarning psixik taraqqiyotidagi, xulq-atvor, muomalasidagi nuqsonlar hamda kamchiliklarni asta-sekin tuzatish, korrektsiya qilish dasturi ishlab chiqiladi va amaliyotga tatbiq etiladi. Buning uchun ular bilan maxsus mashg’ulotlar o’tkazadi, ijodiy qobiliyatlarni o’stirish maqsadida treninglar olib boradi. Korrektsion faoliyatning psixologik qismi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Rivojlantiruvchi va korrektsion ishlar psixolog tomonidan har xil shakllarda, vaziyatlarda hal qilinadi: - amaliy psixologning maxsus individual ishi; - talabalar guruhiga tarbiyaviy ta`sir o’tkazishga yo’naltirilgan mashg’ulotlar; - ota-onalar, pedagogik jamoa ishtirokida tarbiyaviy tadbirlar tarzida mashg’ulotlar olib borish. 5Psixologik konsultatsiya - talabalar ta`lim va tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi barcha shaxslarga, jumladan ma`muriyat, o’qituvchilar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga aniq maslahatlar berish; - ta`lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, o’zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish. 3.2. Psixologik xizmat metodlari turlicha bo’lishi mumkin: a) psixologik madaniyatni o’stirish va targ’ib qilish maqsadida universitet professor-o’qituvchilari, talabalar bilan ma`ruzalar turkumi va trening mashg’ulotlari o’tkazish, ularni tarqatish; b) ilmiy-ommabop adabiyotlarni yaratish; v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar; g) psixodiagnostik tadqiqotlar o’tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test, savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar); d) psixologik maslahat berish; ye) pcixologik konsiliumlar o’tkazish. Uning ish rejasi prorektor tomonidan tasdiqlanadi va nazorat qilinadi
Download 13,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish