1. Matematik paketlar haqida umumiy ma’lumot



Download 163,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana27.04.2023
Hajmi163,47 Kb.
#932627
  1   2   3
Bog'liq
3-maruza



Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar va ularning tasnifi. Ixtisoslashtirilgan 
dasturiy vositalarning qo`llanilish. 
 
1.
 
Matematik paketlar haqida umumiy ma’lumot 
 
Ma’lumki, matematika fani tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayonlarni 
o`rganish va tahlil etishda asosiy vositalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Ushbu 
vositalarning imkoniyatlaridan samarali va tez suratlar bilan foydalanishni 
kompyuter texnologiyalari yutuqlarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Masalan, ko`p 
holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal 
etish uchun professional matematikdan o`z kasbi bilan bir vaqtda ma’lum bir 
algoritmik tilni bilishi talab qilinar edi. Lekin muammo shundaki, matematiklar 
ichida dasturlash muhitlarining imkoniyatlaridan yaxshi voqif bo`lmaganlari ham 
yo`q emas. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun XX asrning 90-yillari 
boshiga kelib matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo`lgan matematik 
sistemalar yaratila boshladi. 
Professional 
matematik 
paketlar 
deganda, 
odatda 
hozirgi 
zamon 
kompyuterlarida qo’llanilayotgan Mathematica, Maple, Matlab, Derive, Mathcad 
kabi tizimlar va qiymatlarni statistik taxlil qilishga mo`ljallangan SSPS, Statistica, 
Statgraphics, Stadia va shunga o`xshash tizimlar oilalari nazarda tutiladi. Bu 
paketlar yordamida turli sonli va analitik (simvolli) matematik hisoblarni, oddiy 
arifmetik hisoblashlardan tortib, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni 
yechish, optimallash masalalarini hal etish, statistik gipotezalarni tekshirish hamda 
matematik modellarni yaratishga qadar turli zarur texnik hisoblashlarni amalga 
oshirish mumkin. Ularning barchasi takomillashgan ilmiy grafika vositalariga, 
qulay yordamchi axborot tizimiga va hisobotlarni rasmiylashtirish vositalariga ega. 
«Professional paket» atamasi «o`quv paketi» atamasiga muqobil ravishda 
tanlangan.
Hozirgi davrda bu paketlardan nafaqat oliy malakali mutaxassislar, 
professional o`qituvchilar, balki oliy maktab talabalari, hattoki, litseylar, kasb-


hunar kollejlari va maktablar o`quvchilari ham foydalanayotganligini kuzatish 
mumkin. 
Bizning fikrimizcha, professional matematik paketlardan foydalanishning 
ommalashishiga asosiy ob’ektiv sabablar quyidagilar: 
-
kompyuterlar odatdagi uy jixozlari qatoridan o`rin olib bormoqda; 
-
kompyuter programmalari interfeysini tashkil etishda maxsus standartlar 
ishlab chiqilib, ulardan ommaviy ravishda foydalanlmoqda; 
-
hozirgi zamon talabasi, ilmiy xodimi va mutaxassisi xayotida Internet 
turidan foydalanish kundalik extiyojga aylanmoqda; 
-
talabalarga bilim berishda professional matematik paketlardan o`quv 
vositasi sifatida foydalanish darajasi oshmoqda; 
-
fundamental 
va 
amaliy 
xarakterdagi 
ilmiy 
tadqiqotlar 
bilan 
shugullanuvchilar uchun mos universal matematik paketlar yaratilmoqda 
va bu paketlar ilmiy tadqiqot natijalariga ijobiy ta’sir ko`rsatmoqda; 
-
Professional 
matematik 
paketlar 
bo`yicha 
maxsus 
adabiyotlar 
ko`paymoqda. 
Ushbu sistemalar quyidagi ko`rsatkichlar bo`yicha doimo raqobat qilib 
keladi: 

Nazariy materialni chuqur va har tomonlama o`rganish uchun o`quvchiga 
qulay imkoniyatlar yaratish

Kuchli analitik va grafik imkoniyatlarga tayangan holda matematik 
muammolarni tez va oson yechishda o`quvchiga samarali yordam 
ko`rsatish; 
Nostandart matematik muammolarni hal etish uchun o`zining maxsus 
algoritmik tiliga ega bo`lishi va h.k. 
Hozirgi kunda o`rta ta’lim muassalarini zamonaviy kompyuter 
texnologiyalari va dastur ta’minotlari bilan ta’minlash tez suratlar bilan 
kechmoqda. Bu holda EHMning apparat va dastur ta’minotlarining o`zaro 
uyg`unligi katta axamiyatga ega. Shu sababli, o`rta ta’lim muassasalarida 
matematika o`qitishning zamonaviy usuli sifatida Mathcad imkoniyatlaridan 


foydalanishni qisqacha bayon etamiz. Ushbu imkoniyatlardan to`liq voqif qiluvchi 
saytlardan biri sifatida 
www.exponenta.ru
 ni taklif etamiz.
Mathcad (Excel ning ham) ning boshqa hisoblash paketlaridan afzalligi 
shundan iboratki, Mathcad o`rta murakkablikdagi masalalarni yechishda maxsus 
kompyuter va matematik tayyorgarlikni talab qilmaydi. Agar Mathcad paketida 
uzoq vaqt ishlanmasada, u bilan ishlash saboqlari unutilib ketmaydi va zarur 
xolatlarda yuzaga kelgan masalalarni yechishga darxol kirishib ketiladi. 
Mathcadning “raqobatchi”larida esa, aniq va noaniqlarida uzluksiz shug`ullanishni 
talab etiladi, aks holda ishlash savodini qayta tiklash yetarli darajada qiyinchiliklar 
tug`diradi.

Download 163,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish