2.Internetda axborot qidirish tizimlari
Internet ma’lumotlari tubsiz va cheksizdir.Tarmoqdan istalgan mavzu va masala bo‘yicha ma’lumot topishmumkin. Ammo Internetdan biror narsani topish uchun ma’lum vositalar kerak. Internetning izlash tizimlari ana shunday xizmatlardan biri sanaladi.Qidiruv tizimi keng Internet fazosida ma’lumotlarni qidirish, to ‘plash, tartiblash, foydalanuvchilarni kerakli ma’lumot bilan tez va qulay ravishda ta’minlash vazifasini bajaradi.H ar bir mijozni faqat o ‘ziga kerakli b o ‘lgan m a’lumot qiziqtiradi. Qidiruv tizimlari bilan ishlaganda kerakli so‘zni aniq tanlay bilish kerak. Bu qanday amalga oshiriladi? Google, Yandex, Rambler va boshqa xizmatlarning «Poisk» (qidiruv) katakchasiga kalit so‘z, masalan, «Internet yaratilish tarixi» deb yozasiz, so‘ng Enterni bosasiz. Natijada qidiruv tizimi turli xil manbalardan bir nechta ma’lumotlar ro‘yxatini taqdim etadi. Siz savolni bergach, qidiruv tizimi o‘zining m a’lumot jam g‘armasidan unga mos natijani, topilgan web-sahifalarni ro‘yxat tarzida taqdim etadi. Ro‘yxatning birinchi bandlarida so‘rovga eng mos kelgan websahifalar joylashadi. Lekin shuni aytib o‘tish kerakki, turli qidiruv tizimlari har xil tartiblash qoidalarini ishlatadi, shuning uchun bitta so‘rov bo‘yicha turli qidiruv tizimlaridan har xil natijalar olish mumkin. Internet tarmog‘idagi qidiruv tushunchasi shuni anglatadiki, bunda har bir foydalanuvchi o‘ziga kerakli bo‘lgan biror ma’lumot yoki materialni maxsus qidiruv tizimlari orqali topish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Internet tarmog‘i foydalanuvchilari qidiruvni Internet muhitida joylashgan web-saytlar, ularning manzili va ichki m a’lumotlari bo‘yicha olib borishi mumkin. Bu esa foydalanuvchiga kerakli bo‘lgan axborotni samarali qidirish va tez topish imkoniyatini beradi.
Axborotlarni qidirish.
So‘rovlarni tuzish paytida agar o‘ylanmay,tezda savol bermoqchi bo‘lsangiz, qidiruv tizimining satriga fikrlarni so‘zma-so‘z tushirish mumkin. Masalan, «Qanday qilib a’lochi bo‘lish mumkin?», «Marsda hayot bormi?» kabi savol berilsa, uning natijasi samarali bo‘lmasligi aniq.Afsuski, o‘zbek tilida Internet fazosi keng emas, shuning uchun savolni rus yoki ingliz tilida berish kerak. Ammo www.google.uz ga kirib, o‘zbek tilida ham sizni qiziqtirgan savol yoki so‘zni satrga kiritib, kerakli ma’lumotni olish mumkin. Aniq bo‘lmagan umumiy savollarga qidiruv tizimi kerak bo‘lgan va bo‘lmagan ma’lumotlarni topib beradi. Donolar: «To‘g‘ri berilgan savolda javobning yarmi bor» deyishi bejiz emas. Bu gap qidiruv mashinalariga ham taalluqli. Shuning uchun savol tuzayotganda, ko‘proq kalitli, aniqlashtiruvchi so‘zlarni qo‘shish kerak. Natija qoniqarli bo‘lmasa, kalitli so‘zlarni boshqa sinonim so‘zlarga almashtirish mumkin. Internet tarmog‘i shunday bir muhitki, u o‘zida turli ko‘rinishdagi va turli tillardagi ko‘plab axborotlarni jamlagan. Bunda ushbu axborotlar ichidan kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni qidirib topish muammosi paydo bo‘ladi. Internet tarmog‘ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun o‘zbek, rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha so‘zdan tashkil topgan so‘rovlardan foydalanadi. Ya’ni m a’lumotlarni uning sarlavhasi yoki tarkibida ishtirok etgan so‘zlar va jumlalar bo‘yicha qidirib topish mumkin. Bunda foydalanuvchi tomonidan Internet qidiruv tizimi qidiruv maydoniga kerakli ma’lumotga doir so‘z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan so‘ng, qidiruv tizimi foydalanuvchiga kiritilgan so‘z yoki jumlaga mos keluvchi ma’lumotlarni qidirib topadi va kompyuter ekranida ularning ro‘yxatini hosil qiladi. R o‘yxatdagi m a’lumotlar ketma-ket ko‘rib chiqilib, kerakli bo‘lganlari saqlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |