III. Yangi mavzu bayoni. Sonni yig'indiga ko'paytirish qoidasi o'quvchilarga tushuntiriladi. O'quvchilarning diqqati eslatmalarga qaratiladi.Darslikdagi misol va masalalarni yechish ho'yicha sharhlar:
O'quvchilar misol va masalalarni sonni yig'indiga ko'paytirish qoidasidan foydalanib navbat bilan doskada bajaradilar. Ko'paytirishning ikki usuli tushuntiriladi. 6, 7-topshiriqlar mustaqil yechish uchun beriladi.
332. Hisoblash usulini tushuntiring:
6 348 • 4 = (6 000 + 300 + 40 + 8) • 4 = 6 000 • 4 + 300•4 + 40•4 + 8•4 = 24 000 + 1 200 + 160 + + 32 = 25 392
Istalgan ko'p xonali sonni bir xonali songa ko'paytirish uch xonali sonni bir xonali songa ko'paytirish kabi bajariladi; awal birliklarni, keyin o'nliklarni, yuzliklarni va h.k. ko'paytiriladi.
333. Hisoblashlar qanday bajarilganligini tushuntiring:
Do'stlaringiz bilan baham: |