Mashg’ulotning borishi: I. Tashkiliy qism.
Mashg’ulotga hozirlik ko'rish.Mashg’ulotning maqsadi aytib o'tiladi.
II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifani tekshirib baholayman.
Uyga vazifani tekshiraman.
1) O'chirilgan raqamni aytish.
Xohlagan ko'p xonali son o'ylang. Uni raqamlar, yig'indisini toping. Yig'indini o'ylagan soningizdan ayiring. Ayirmadan xohlagan raqamni o'chiring. Qolgan raqamlarni menga ayting. Men Siz o'chirgan raqamni aytib beraman.
(Javob: 9 ga bo'linadigan songa yetmagan raqam bo'ladi)
2) Hech narsa so'ramay natijani aytish. Xohlagan 3 xonali son o'ylang. (Izoh: o'ylagan 3 xonali sonni 2 chekkasidagi raqamlar ayirmasi 2 dan kichik bo'lmasin). Keyin o'ylagan sonni teskari yozing. Kattasidan kichigini ayirib tashlang. Ayirmani teskari yozing va bu sonni ayirma bilan qo'shing. Sizni qo'shgan soningiz 1089 bo'ladi.
(Javob: 1089 soni)
Do'stlaringiz bilan baham: |